8-Mavzu: Axborot tizimi tushunchasi va uning tarkibiy qismlari Tizim tushunchasi
Download 106.31 Kb.
|
8-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abstrakt tizimlar
- Axborot tizimi tushunchasi
Material tizimlar material obyektlar mosligini ifodalaydi. Bunday tizimlar ichida noorganik (texnik, kimyoviy va h.k.), organik (biologik) hamda aralash (organik va noorganik tabiat elementlarini birlashtirgan) tizimlarni (masalan, inson-kompyuter (ergotexnik)) ajratish mumkin.Abstrakt tizimlar – bu insonlarning mahsuloti: nazariya, bilim, qarashlar va boshqalar.Tizimlarni vaqtga nisbatan statik va dinamik turlarga ajratish mumkin:Tizimlarni vaqtga nisbatan statik va dinamik turlarga ajratish mumkin:
Har qanday tizim katta tizim tarkibiga kiradi. Bu katta tizim uni o’rab turadi va berilgan tizimning tashqi muhiti bo’lib hisoblanadi. Shu sababli, tizim tashqi muhit bilan o’zaro bog’lanishda bo’ladi. Tizim tashqi muhit bilan aloqada bo’lganligi sababli ochiq va yopiq tizimlarni farqlash mumkin. Ochiq tizimlar o’zini o’rab turgan tashqi muhit bilan faol aloqada bo’ladi va bunday aloqa tizimga rivojlanish va murakkablashish imkonini beradi. Yopiq tizimlar tashqi muhit bilan aloqada bo’lmaydi, undagi barcha jarayonlar (energetikadan tashqari) tizim ichida amalga oshiriladi.Axborot tizimi tushunchasiTizim tushunchasi keng tarqalgan va ko’plab ma’noviy qiymatlarga ega. Ko’pincha texnik vosita va dasturlar to’plamiga nisbatan qo’llaniladi. Kompyuterning apparat qismi tizim deb atalishi mumkin. Aniq amaliy masalani yechishga, hujjatlashtirishni yuritishning qo’shimcha jarayonlari va hisoblashlarni boshqarish bilan to’ldirilgan dasturlar to’plami ham tizim deb qaralishi mumkin.«Axborot» so’ziga «tizim» tushunchasini qo’shish uning yaratilishi va bajarilishini aks ettiradi. Axborot tizimlari har qanday sohada masalalar yechimlarini qabul qilish jarayonida axborotlarni qidirish, yig’ish, uzatishni ta’minlaydi. Axborot tizimlari muammolarni tahlil qilish va yangi mahsulotlar yaratishga yordam beradi.Download 106.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling