8-Mavzu: Billaterial simmetriyali hayvonlarning umumiy tavsifi, ko‘payishi va rivojlanishi. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Kiprikli chuvalchanglar (Turbellaria) sinfi


Download 61.44 Kb.
bet3/8
Sana14.02.2023
Hajmi61.44 Kb.
#1196637
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-ma\'ruza

Uchinchi savol bayoni:
Yassi chuvalchanglar tipining o‘ziga xos murakkab tuzilish belgilari va klassifikatsiyasi.
Yassi chuvalchanglar-eng tuban tuzilgan bilateral simmetriyali hayvonlar. Ularning tanasi orqali faqat bitta simmetriya chizig‘ini o‘tkazish mumkin. Ko‘pchilik yassi chuvalchanglarning tanasi cho‘ziq bo‘lib, dorzoventral (orqa-qorin) yo‘nalishida yassilashgan.
Yassi chuvalchanglar - uch qavatli hayvonlar. Ontogenezda ularning to‘qima va organlari uchta murtak varaqlaridan, xususan tana qoplagichini hosil qiladigan ektodermadan, ichakni hosil qiladigan endodermadan va ular oralig`ida joylashgan mezodermadan kelib chiqadi.
Yassi chuvalchanglar tanasi to‘qimalari bir necha qavat bo‘lib joylashib, ichki organlarni xaltaga o‘xshash o‘rab turadigan teri-muskul xaltasini hosil qiladi. Teri-muskul xaltasi sirtqi epiteliy va uning ostida yaxlit qavat bo‘lib joylashgan muskul tolalaridan iborat. Odatda muskullar ham halqa va bo‘ylama muskul qavatlarini hosil qiladi. Yassi chuvalchanglarning tana bo‘shlig‘i bo‘lmaydi. Ularning ichki organlari atrofi mezodermadan hosil bo‘ladigan g‘ovak biriktiruvchi to‘qimadan iborat parenxima bilan to‘lgan. Parenxima tayanch, zahira oziq moddalarni to‘plash vazifasini ham bajaradi. Parenxima moddalar almashinuvida ham ahamiyatga ega; unda har xil hujayralar joylashgan.
Yassi chuvalchanglarning ichagi sodda tuzilgan bo‘lib, ektodermal oldingi ichak-halqumdan va endodermal o‘rta ichakdan iborat. Orqa ichak va orqa chiqaruv teshigi bo‘lmaydi. Bir qancha parazit turlarining ichagi yo‘qolib ketadi. Nerv sistemasi bir juft oldingi gangliylardan va ulardan orqaga qarab ketuvchi nerv stvollaridan iborat. Ayirish sistemasi protonefridiy tipida tuzilgan bo‘lib, keng tarmoqlangan naychalar sistemasidan iborat. Naychalarning parenximada joylashgan uchi berk qismi bir tutam kipriklarga ega bo‘lgan yulduzsimon hujayralar bilan tutashgan. Naylar maxsus chiqarish (ekskretor) teshik orqali tashqi muhitga ochiladi. Jinsiy sistemasi germafrodit bo‘lib, jinsiy hujayralar hosil qiladigan jinsiy bezlardan va jinsiy hujayralarni o‘tkazadigan naychalar - jinsiy yo‘llardan iborat. Qon aylanish va nafas olish sistemalari rivojlanmagan.
Yassi chuvalchanglar tipiga 13000 tadan 25 000 tagacha tur kirib, ular 9 ta sinfga ajratiladi, shulardan 3 ta sinfining vakillari erkin holda yashaydi, qolgan 6 ta sinf vakillari esa parazitlardir. Asosiy turlari kiprikli chuvalchanglar (Turbellaria), so‘rg‘ichlilar (Trematoda), monogeneyalar (Monogenea) va tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinflariga kiradi.



Download 61.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling