8-Mavzu: Billaterial simmetriyali hayvonlarning umumiy tavsifi, ko‘payishi va rivojlanishi. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) tipining umumiy tavsifi va sistematikasi. Kiprikli chuvalchanglar (Turbellaria) sinfi


Download 61.44 Kb.
bet7/8
Sana14.02.2023
Hajmi61.44 Kb.
#1196637
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-ma\'ruza

Qon so’rg’ichlisi. Qon so’rg’ichlisi odamning qorin bo’shlig’idagi buyrak va qovuqning yirik vеnalari ichida parazitlik qiladi. Parazit ikki jinsli bo’lib, erkagi 1,2 -1,4 sm, urg’ochisi 2,0 sm ga yaqin. Urg’ochisi erkagiga nisbatan ingichka bo’lib, erkagi qorin tomonidagi tarnovsimon chuqurchasiga joylashib oladi. Odam qon so’rg’ichlisining oraliq ho’jayini, suvda yashaydigan qorin oyo’qli molluskalar esa oraliq ho’jayin hisoblanadi. Urg’ochi so’rg’ichli qovuq va orqa ichak vеnasiga tuxum qo’yadi. Tuxumlari qondan qovuq bo’shlig’iga, u yеrdan siydik bilan tashqariga chiqadi. Bunday tuxumlar suvga tushganida ulardan kiprikli miratsidiy lichinkalari chiqadi. Miratsidiylar chuchuk suv qorin oyoqli molluskalari tanasiga kirib oladi.Miratsidiyo mollyuska tanasida sеrkariy hosil qiladi va mollyuskani tashlabsuvga chiqadi. Sеrkariy suvda cho’milayotgan yoki sholipoyada ishlaYotgan odamlar tеrisini tеshib, qon tomirlariga o’tadi va voyaga еtgach yana jinsiy ko’payishga kirishadi. Qon so’rg’ichlisi buyrak, siydik yo’li va qovuq vеnalari dеvorini zararlab, ularni yallig’lanishiga sabab bo’ladi. Kasal odamning siydigida qon paydo bo’ladi. Ayrim hollarda kasallik qovuqda tosh paydo bo’lishiga ham sabab bo’ladi. Qon so’rg’ichlisi jarubiy hududlarda, xususan Nil daryosi havzasi, Hindiston, Janubi-sharqiy Osiyo, Janubiy Amеrikada tarqalgan.
So’rg’ichlilarning ko’pchilik turlari yovvoyi hayvonlar va chorva mollarida parazitlik qilib, katta ziyon kеltiradi. Masalan, sut emizuvchilar jigarida lansеtsimon so’rg’ichlisi parazitlik qiladi. Mushuk so’rg’ichlisi ikkita oraliq xo’jayinda rivojlanadi. Parazitning birinchi oraliq xo’jayini suvda yashovchi bitiniya mollyuskasi, ikkinchisi baliqlar hisoblanadi. Baliqlar mollyuskani еganda, odam va yirtqich sut emizuvchilar baliq go’shti orqali zararlanadi.


Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1. Bilatеrial simmеtriyali hayvonlarning umumiy tavsifi.
2. Bilatеrial simmеtriya-yangi imkoniyatlari nimadan iborat?
3. Sеfalizatsiya nima?
4. Bilatеrial simmеtriyalilarning ko‘payish va rivojlanish qanday boradi?
5. Yassi chuvalchanglar tipining o‘ziga xos murakkab tuzilish belgilari nimalardan iborat?
6. Yassi chuvalchanglar tipining klassifikatsiyasi to‘g‘risida o‘z fikringizni bildiring.
7. Kiprikli chuvalchanglarning morfofiziologik tuzilishi haqida ma'lumot bеring.
8. Kiprikli chuvalchanglarning ko‘payishi haqida tushuncha bеring.
9. Kiprikli chuvalchanglar sinfining qanday turkumlari bor va ularning tarqalishini gapirib bеring?
10. So‘rg`ichlilar sinfining parazitlik qilib yashashga moslanishi munosabati bilan tuzilishida qanday o‘zgarishlar ro‘y bеrgan?
11. Odam va mahsuldor hayvonlarda so‘rg‘ichlilar sinfining qanday turlari parazitlik qiladi?



Download 61.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling