8-mavzu; biznesda bozor konyukturasini o’rganishning asosiy yo’nalishlari
Download 128.03 Kb.
|
8- mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.3- rasm. Ko‘rsatkichlarning qarorga ta’siri sxemasi
- 8.4-rasm. Boshqarib bo‘lmaydigan parametrlarning qisman yoki to‘liq boshqariladigan parametrlarga aylanish sxemasi
- Nazorat savollar
Noaniqliklarni boshqarish
Ichki va tashqi muhit sharoitlarida ish yuritar ekan, rahbar quyidagi uchta guruhga mansub belgilar, ko‘rsatkichlar(parametrlar)ga murojaat etishiga to‘g‘ri keladi: to‘liq boshqarish mumkin bo‘lgan (aniq, ravshan), qisman boshqarish mumkin bo‘lgan (ehtimolli), boshqarib bo‘lmaydigan (bo‘ysunmaydigan, tasodifiy)(8.3-rasm). 126
Natija
8.3- rasm. Ko‘rsatkichlarning qarorga ta’siri sxemasi To‘liq boshqariladigan ko‘rsatkichlar (parametrlar) rahbarga hech ikkilanmay asosli qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Ular aniq ifodalangan maqsadga (tushuntiruvchi matn yoki aniq ko‘rsatilgan vazifa ko‘rinishida) va uni tashkil etuvchi vazifalar to‘plamiga, aniq birliklar, o‘lchovlar (so‘m, tonna, foiz kabi), yaqqol aks ettirilgan qarorni shakllantirishning matematik yoki mantiqiy qurilmasi (tadbirlar rejasi yoki raqamlar ko‘rinishida) ga egaligi bilan xarakterlanadi. Boshqarib bo‘lmaydigan ko‘rsatkichlarga chala ishlangan va to‘liq tushunarli bo‘lmagan, shuningdek muayyan bajaruvchining vakolatidan tashqaridagi ko‘rsatkichlar kiradi. Bu ko‘rsatkichlar qarorga boshqaruvchi ixtiyoriga bo‘ysunmagan holda o‘z-o‘zicha tuzatishlar kiritgani kabi uni bajarish natijalarini ham nazorat qiladi. Bu esa noaniqlik darajasini oshirib, qarorni tanlash va amalga oshirishda rahbarni tavakkal qilishga majbur etadi. Qisman boshqariladigan ko‘rsatkichlar– to‘liq boshqariladigan va boshqarib bo‘lmaydigan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi oraliq ko‘rsatkichlar (8.4-rasm). 127 To’la boshqa Qisman
boshqariladigan
Rahbar
Boshqarilmaydig
an parametrlar Yangi mutahassislar To’la boshqariladigan parametrlar Qisman boshqariladigan parametrlar
natija
8.4-rasm. Boshqarib bo‘lmaydigan parametrlarning qisman yoki to‘liq boshqariladigan parametrlarga aylanish sxemasi Bu ko‘rsatkichlarning sinonimlari sifatida o‘z navbatida: mukammal (yaxshi) tuzilmaga ega, zaif tuzilmaga ega va umuman tuzilmaga ega bo‘lmagan ko‘rsatkichlar yuzaga keladi. Natijalar talab darajasida bo‘lishi, istalgan natijani olish ehtimolini oshirish uchun BQni ishlab chiqishning oddiy usullari bilan bir qatorda tashkiliy usullar ham qo‘llaniladi. Bunday usullarning mohiyati har bir boshqarib bo‘lmaydigan ko‘rsatkich yoki shunday ko‘rsatkichlar guruhi uchun ularni qisman yoki to‘liq qayta ishlash usullarini egallagan hamda ularni asosli ravishda qo‘llab-quvvatlaydigan tegishli mutaxassislarni topishda namoyon bo‘ladi. Bunda boshqarib bo‘lmaydigan ko‘rsatkichlarning bir qismi rahbar uchun to‘liq yoki qisman boshqariladigan ko‘rsatkichlar qatoriga qo‘shiladi, qisman boshqariladiganlari esa to‘liq boshqariladigan holatga o‘tadi (8.4- rasm). Hozirga qadar noaniqliklar sharoitida BQni ishlab chiqishning juda ko‘plab tashkiliy usullari yaratilgan: «breyn-ring», «aqliy hujum», savol-javob usuli, 128
g‘oyalar konferensiyasi, yorib chiqish usuli va boshqalar. Noaniqliklar sharoitida BQni ishlab chiqishda funksional qiymat tahlili (FQT) yaxshi natijalar beradi. Nazorat savollar 1.Kompaniya uchun tashki muhit deganda nima tushuniladi? Kompaniyani o‘rab turgan yaqin va olisdagi halqaga nimalar kiradi? Biznes hamkorlar deganda kimni nazarda tutamiz? Qadriyatlar tizimi va ularning jamiyatdagi ustuvorligi nimalardan iborat? Tashqi muhitning asosiy xossalari nimalardan iborat? Tashqi muhitning harakatchanligi deganda nima tushuniladi? Noaniklikni kamaytirishning qanday tashkiliy usullari mavjud? Download 128.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling