8-mavzu bo‘yicha topshiriqlar Leksik mavzu bo‘yicha: 1-topshiriq. Matnni o‘qing va tarjima qiling. Kitob mutolaasi
Download 43.37 Kb.
|
8-topshiriq.
Ajoyib va g‘aroyib kitoblar
Olimlarning aniqlashicha, Sankt-Peterburgning Saltikov-Shchedrin nomidagi kutubxonasida saqlanayotgan Alisher Navoiyning ilk she’riy to‘plami bundan besh asr ilgari buyuk adibning shaxsiy kutubxonasida bo‘lgan. Kitob oltin suvi bilan ipak qog‘ozda bitilgan va har bir sahifasi naqshlar bilan bezab chiqilgan. Ushbu to‘plam Sharqning mashhur hattoti Sultonali Mashhadiy tomonilan ko‘chirilgan. * * * Dunyodagi eng katta kitob Amsterdamdagi muzeylardan birida saqlanadi. Bu kitob «Dengiz qoidalari to‘plami» deb nomlanadi. Uning eni 1 metr, qalinligi chamasi yarim metr, uzunasiga esa o‘rta bo‘yli kishidan ham balanddir. * * * Dunyoning 12 ta eng kichik kitobi bir oshqoshiqqa joylashadi. Ular orasida: Qur’oni Karimning mitti nashri, 12 so‘zli ingiz tili lug‘ati, Galileo Galiley asarlari to‘plami, Injildan Yanga Ahd, shoir Robert Byorns she’rlari to‘plami, fransuz va nemis ma’lumotnomasi, Muso qonunlari kitobi, hindlarning «Gita» kitobi, irland va shotland qo‘shiqlari to‘plami bor. * * * Dunyodagi eng og‘ir kitob Londonning Britaniya muzeyida saqlanadigan geografik xarita hisoblanadi. Kitobning bo‘yi bir metrdan ortiq va og‘irligi 320 kilogrammdir. * * * Yozuvchi Jyul Vernning 20 ming asar haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga oluvchi shaxsiy kartotekasi bo‘lgan. Yozuvchi kunning katta qismini ilmiy adabiyot bilan tanishib chiqishga sarflar edi. Jyul Vernning o‘z zamonasidagi turli-tuman sohalardan yaxshi xabardorligi uning asarlarida yaqqol ko‘rinib turadi va shu bilan hali-hanuz o‘z o‘quvchilarini hayratga solib keladi. Jyul Vernning kartotekasi sifati va boyligi bilan hozirgacha ilmiy jamiyatlarning havasini keltiradi. Download 43.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling