8-mavzu bo‘yicha topshiriqlar Leksik mavzu bo‘yicha: 1-topshiriq. Matnni o‘qing va tarjima qiling. Kitob mutolaasi
Download 43.37 Kb.
|
8-topshiriq.
8-mavzu bo‘yicha topshiriqlar Leksik mavzu bo‘yicha: 1-topshiriq. Matnni o‘qing va tarjima qiling. Kitob mutolaasi Agar yolg‘iz ersang, hamdam kitobdir, Bilim subhidagi nur ham kitobdir. (Donolar bisotidan) Mutolaa arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, diqqat bilan o‘qish,o‘rganish degan ma’noni bildiradi.Tarixdan ma’lumki, inson taraqqiyoti yo‘lida erishgan darajasidan hech qachon orqaga qaytgan emas. Qadim ajdodlarimiz hatto tasavvur qilolmagan g‘aroyibotlar hozir ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘lyapti. Demak, imkoniyatlarning cheki, orzu-umidlarning adog‘i yo‘q. Kitob mutolaasi haqida Gyote shunday fikr bildiradi: a) nihoyatda mashaqqatli (darhaqiqat, kitob mutolaasi kishidan qunt va sabr, kuchli xotira va yuksak fahm talab etadi); b) beqiyos sharafli (kitob mutolaasi tufayli hayot qonuniyatlarini chuqur anglay borgan, bilim doirasi kengayib, tushunchasi, dunyoqarashi o‘sgan, ma’naviy jihatdan yuksalgan); v) huzurbaxsh (aks holda, kitob mutolaasi bilan muttasil shug‘ullanmagan bo‘lardi). Mutolaa madaniyati esa, o‘z navbatida, kitobga qiziqish, odamlarning adabiyotlar bilan kengroq tanishish rag‘bati, kitob va u bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga ega bo‘lishni, shuningdek, axborot manbalaridan to‘liq foydalanishda ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishni taqozo etadi. Mutolaa madaniyati kishining manbani to‘laqonli tushunishi, undan estetik zavq olishi, muallif fikri va g‘oyasini anglashi hamda uni baholay olishi kabi xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Kitobni tanlash, uni o‘qish, avaylab saqlash, shaxsiy kutubxona tashkil etish, o‘qilgan kitoblarni boshqalarga tavsiya eta olish ham mutolaa madaniyatiga kiradi. Kitob o‘qish madaniyati xalq an’anaviy tarbiya usullariga ko‘ra juda keng tushuncha va bag‘oyat murakkab muammo bo‘lib, quyidagi holatlarni o‘z ichiga oladi. 1) kitob tanlay olish; 2) kitobni qanday o‘qishni bilish; 3) kitob o‘qiganda nimalarga e’tibor berish va nimalarni esda saqlab qolish; 4) kerakli ma’lumotlarni qayerdan, qanday, qaysi vositalardan topish; 5) olingan bilimni yoki xabarni qanday yetkazib berish; 6) qayta o‘qish – kitobxonlik ko‘nikmasiga odatlantirish; 7) kitobni tez va sekin o‘qishni farqlay olish; 8) kitobni mustaqil o‘qiy bilish;
Download 43.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling