8-mavzu. Bozor va tavakkalchilik


Asimmetrik  axborotlashgan  bozor


Download 454.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana05.01.2022
Hajmi454.88 Kb.
#215319
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
d9aaa19c46529f379695ad190f055033

Asimmetrik  axborotlashgan  bozor.  Asimmetrik  axborot  -  bu  shunday 

holatki,  bozordagi  bozor  sub′ektlari  o`rtasida  bo`ladigan  savdo-sotiqda  ularning  bir 

qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismi esa ega emas. 

Bozordagi  tovarlarni  taqsimlanishi  optimal  bo`lishi  tovarlar  narxi  va  tovar 

to`g`risida  qanchalik  to`g`ri  axborot  berishi  bilan  bog`liq.  Raqobatlashgan  bozorni 

qaraganimizda  biz  axborotni  simmetrik  ravishda  taqsimlangan,  ya′ni  sotuvchilar  va 

sotib  oluvchilar  axborot  bilan  to`liq  ta′minlangan,  deb  faraz  qilgan  edik.  Bunday 

holatda  narxlar  sotiladigan  ne′matlarning  alternativ  xarajatlari  to`g`risida  to`liq 

axborot  beradi. Aniq  va to`liq  axborotning bo`lishi  bozordagi ne′matlarning optimal 

taqsimlanishiga  yordam  beradi.  Lekin,  bozorda  ahvol  butunlay  boshqacha. 

Sotuvchilar  o`z  tovarlari  sifatini  yaxshi  bilsada,  ushbu  axborotni  xaridordan 

yashiradi.  Xuddi  shunday  xaridorlar  ham  o`zlarining  bozordagi  hatti-harakatlarini 

yashirib,  har  xil  yo`l  bilan  savdo-sotiqda  bir  tomonlama  yutuqqa  erishishga  harakat 

qiladi.  Bozor  narxi  o`zida  juda  ko`p  axbortni  mujassamlashtiradi.  Ushbu  axborotni 

bozor  qatnashchilari  qancha  to`liq  bilsa,  savdo-sotiq  ikki  tomon  uchun  shuncha 

samarali bo`ladi, ya′ni ikki tomon ham maksimal foyda ko`radi. Yuqoridagidan kelib 

chiqib aytish mumkinki, bozorda axborotlar asimmetrik (to`liq) bo`lmaganligi uchun 

bozor mexanizmi ham etarli darajada mukammal emas. 

Bozor  iqtisodiyoti  shakllangan  dastlabki  davrlarda  “iste'molchi  ehtiyot 

chorasini  ko`rsin  (caveat  venditor)”  qoidasi  amalda  bo`lgan.  Ya'ni  sotuvchilar 

tovarning  faqat  sifati  bilan  bog`liq  cheklangan  xarakteristikasiga  javob  bergan. 

Hozirgi  kunda  “sotuvchi  ehtiyot  chorasini  ko`rsin  (caveat  emptor)”  qoidasi  kirib 

keldi,  ya'ni  sotuvchi  tovarning  sifatsizligi  yoki  xaridorga  yetkazgan  moddiy  va 

ma'naviy zarari uchun tovon puli to`lashi kerak 




Download 454.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling