Sug`urtalash bozori. Sug`urtalash bozorida ham avtomobillar bozoridagi
holatni kuzatish mumkin. Sug`urta qilinadigan shaxs o`zining sug`urta ob′ekti
to`g`risida sug`urtalovchiga qaraganda ko`proq axborotga ega. Shuning uchun ham,
bu yerda zaifroq, sog`ligi yaxshi bo`lmagan shaxslar ko`proq sug`urta kompaniyasi
xizmatidan foydalanishga harakat qiladilar. Ushbu holat sug`urta kompaniyalarini
sug`urta narxini oshishiga olib keladi va yuqori sug`urta narxi o`z navbatida sog`ligi
yaxshi bo`lgan shaxslarni sug`urtalashga bormasligini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |