8-mavzu. Bozor


Download 278.88 Kb.
bet1/3
Sana22.02.2023
Hajmi278.88 Kb.
#1222918
  1   2   3
Bog'liq
8-mavzu. Bozor va tavakkalchilik-3-3


8-mavzu. Bozor va tavakkalchilik
Masalalar
Minilgan avtomobil yangisiga nisbatan ancha arzon sotila­ di, chunki, uning sifati haqidagi ma’lumotlar asimmetrik-dir: bunday avtomobilni sotuvchi bo’lg’usi xaridordan ko’ra ko’proq biladi. 34Xaridor avtomobilni tekshirib ko’rish uchun tajribali mexanikni yollashi mumkin, lekin bari bir sotuvchi ko’proq biladi. Bundan tashqari, mazkur avtomobil sotilishining o’ziyoq u haqiqatan ham «limon» ekanligini tasdiqlashi mumkin, xush, nega bo’lmasa ishonchli mashinani sotish kerak? Natijada, minilgan mashinaning bo’lg’usi xaridorida hamisha uning sifa-tiga nisbatan shubha bo’ladi va bu hamisha ham asossiz emas
1. Oligapolist bir oyda 3 ming dona tovar ishlab chiqarar edi, ammo kelasi oydan 4 ming dona mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Agar uning mahsulotlariga oylik talab funksiyasi Q=7000-P ko’rinishida bo’lsa, kelgusi oyda uning foydasi qanday o’zgaradi?
Yechimi:
Mahsulotga talab funksiyasi Q=7000-P dan narxni topsak P=7000-Q bo’ladi. Q=3000 dona bo’lganda mahsulot narxi P=7000-3000=4000 bo’ladi daromad
esa TR=P×Q=3000×4000=12 mln ga teng.
Q=4000 dona bo’lganda mahsulot narxi P=7000-4000=3000 bo’ladi, daromad esa TR=P×Q=4000×3000=12 mln ga teng bo’ladi.
Ikkalasada ham bir xil daromad miqdori, lekin mahsulot hajmi ortganda uning harajatlari ham ortadi. Shuning uchun mahsulot hajmi 4000 dona bo’lgandan keyin oligapolist foydasi kamayadi.
2. Monopolist mahsulot ishlab chiqarish hajmini kelasi oydan kamaytirmoqchi. Hozir u oyiga 2 ming dona mahsulot ishlab chiqaradi keyingi oydan esa ishlab chiqarish hajmini 50% ga qisqartirmoqchi. Uning foydasi qanday o’zgaradi, agarda monopolist mahsulotiga bo’lgan bozor talabi funksiyasi 3000-2×P ko’rinishida bo’lsa?
Yechimi:
Mahsulotga talab funksiyasi Q=3000-2×P dan narxni topsak, P=1500-0.5Q teng bo’ladi.
Q=2000 dona bo’lganda mahsulot narxi P=1500-1000=500 bo’ladi, daromad esa TR=P×Q=2000×500=1 mln ga teng.
Kelasi oydan mahsulot hajmi 50 % ga kamaysa 2000×0.5=1000 dona mahsulot ishlab chiqariladi.


Download 278.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling