8-Mavzu: Chaqaloqlik va ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlari. Theme 8: Infancy and psychological features of early childhood. Reja


Download 75.41 Kb.
bet8/15
Sana05.11.2023
Hajmi75.41 Kb.
#1749538
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Tarmoqlari.
Yosh psixologiyasi: insonning psixik rivojlanishini davrlarga bo’lib chiqish qoidalariga muvofiq quyidagi tarmoqlarlarga ajraladi:
- bolalar psixologiyasi (maktabgacha)
- kichik yoshdagi o’kuvchilar psixologiyasi
- o’smirlar psixologiyasi
- yigit-qizlar psixologiyasi (o’spirin yoshlar psixologiyasi)
- katta yoshli kishilar psixologiyasi
- geronto psixologiya (qariyalar psixologiyasi)


Pedagogik psixologiyaning asosiy tarmoqlari:
- ta’lim va tarbiya psixologiyasi.
- o‘qituvchi psixologiyasi


Psixologiyada XX asr boshida bolaning psixik taraqqiyotiga qarab 2 ta oqim vujudga keladi.


  • biogenetik oqimlar (irsiyat hal qiluvchi omillar)


  • sosiogenetik oqim (ijtimoiy muxit)

Har bir yosh davrning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiyaviy ta’sir o’tkazish insonda o’z vaqtida o’zini anglashni vujudga keltiradi. Bolada o’zini anglash tuyg’usi qancha erta uyg’onsa shaxsiy nuqtai nazar,o’z huquqini his etish, o’zining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini baholash shunchalik tez paydo bo’ladi. Xuddi shu asnoda injjiqlik, o’jarlik va qaysarlik kabi illatlar tarkib topishiga ruhiy to’siq vujudga keladi. Shaxslararo munosabatdagi qarama-qarshilik, inqiroz rivojlanish qonunlariga loqayd qrashning oqibatidir. Inson psixikasidagi umidsizlik, ijtimoiy adolat uchun kurashish ruhining o’zgarishi–nazariya bilan turmush munosibligining mahsulidir. Odamlarda e’tiqod dunyoqarash, ideal, muomala, muloqot mustaqil xulq-atvor samarali shakllantirish ko’proq yuqoridagi omillarga bog’liqdir.Kishidagi tashabbuskorlik hamda to’siqlarni yengishga intilishni aniqlash va ularni yosh psixologiyasi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ruhiy turtki berish maqsadga muvofiqdir.


Ta’limning barcha bosqichlarida uning samaradorligini oshirish yosh psixologiyasining qonuniyatlariga suyanmog’i zarur. Bolalar jamoasi, oila muhiti, mehnat jamoalarida shaxslararo iliq munosabatni shakllantirish yosh davri xususiyatlarini inobatga olishning mahsuli sanaladi. Xatto kishining uzoq umr ko’rishi va unda ishchanlik qobiliyatining saqlanishi, istiqbol rejasi va maqsadi bilan yashashi ham yosh xususiyatlarini hisobga olib muloqotda bo’lishning mevasidir. Umuman ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida oila, ta’lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonasi va jamoat tashkilotlarida yosh psixologiyasidan foydalanish ta’lim va tarbiyaning shaxslararo ijobiy munosabatlar o’rgatishning, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning garovidir.Bo’lajak ituvchilar uchun mazkur kurs bo’yicha olinadigan bo’limlar juda muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, o‘qituvchi ijtimoiy hayotda o’ziga yuklangan turli vazifa va rollarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yosh psixologiyasi ma’lumotlarini qo’llashi shart.

Download 75.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling