8-Mavzu: Davlat buyudjeti Reja Davlat budjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati Davlat budjetining funksiyalari


Budjet daromadlarini shakllantirish jarayonining tamoyillari 4.Davlat budjeti daromadlarining turkumlanishi


Download 42.96 Kb.
bet5/12
Sana09.11.2021
Hajmi42.96 Kb.
#172029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-Mavzu- Davlat buyudjeti

Budjet daromadlarini shakllantirish jarayonining tamoyillari 4.Davlat budjeti daromadlarining turkumlanishi Davlat budjetining daromadlari o‘zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to‘lovlarning turi, mablag‘larning tushish shakli va ularni budjetga undirish usullariga muvofiq turkumlanishi mumkin.

Davlat budjeti daromadlarining tarkibi (ularni jamlash shakllari) davlatning moliyaviy siyosati bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunini 11-moddasiga asosan Davlat budjeti daromadlari:

1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar;

2) davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;

3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;

4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;

5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar;

6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi. Eng avvalo, Davlat budjeti daromadlari o‘zlarining manbalariga ko‘ra quyidagi uch guruhga bo‘linadi:

– soliqli daromadlar;

soliqsiz daromadlar;

– qaytarilmaydigan tarzda o‘tkaziladigan pul mablag‘lari.


Download 42.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling