8-mavzu: davlat maqsadli jamg’armalari reja: Davlat maqsadli jamg’armalarining ahamiyati va vazifalari
Markazlashtirish darajasiga ko’ra
Download 119.79 Kb.
|
davlat maqsadli jamg’armalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Byudjetdan tashqari fondlarning tasniflanishi.
Markazlashtirish darajasiga ko’ra
Tegishlilik darajasiga ko’ra Maqsad va vazifalariga ko’ra Faoliyat davriga ko’ra Shakllanish usuliga ko’ra Tashkiliy usuliga ko’ra Byudjetdan tashqari fondlarning tasniflanishi
-doimiy -vaqtinchalik -mahsus ajratmalar; -byudjet assignatsiyalari -byudjet mablag‘lari; - fondlarning o‘z mablag‘lari fondi 2-rasm. Byudjetdan tashqari fondlarning tasniflanishi. Davlat byudjetida jamlangan byudjetdan tashqari fondlar davlat maqsadli fondlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimida jamlanadigan davlat maqsadli byudjetdan tashqari fondlar tarkibi keltirilgan. Byudjetdan tashqari fondlar maqsadli ishlatilishga yo‘naltirilgan. Odatda ularning nomida mablag‘larning ishlatilish maqsadi qayd etiladi. Byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirishning manbalari ular tashkil etgan vazifalarning xarakteri va masshtabiga qarab aniqlanadi. Manbalarning turi va xajmiga rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy holati ta‘sir etadi. Byudjetdan tashqari fondlarning mablag‘laridan foydalanish fondlarning maqsadi, aniq iqtisodiy sharoitlar va ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan dasturlardan kelib chiqiladi.Mablag‘larning ma‘lum bir qismi ta‘sischilik faoliyatiga hamda qimmatli qog‘ozlarga quyiladi. Byudjetdan tashqari fondlar investor sifatida hamda moliya bozori ishtirokchisi sifatida ishtirok etishi mumkin. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish bosqichida va islohotlarning chuqurlashuvi sharoitida kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yangicha amaliy va samarali shakllarni qo‘llashni talab etadi. Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, davlatning maqsadli fondlari tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va undan samarali foydalanish kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi. Respublikamizdagi islohotlarning barcha bosqichlarida ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli fondlar shakllantirildi. Albatta, shu kungacha bu fondlarining amal qilishi aholini ijtimoiy himoyalashning jamiyatimiz boyligiga aylangan yutuqlariga hissa bo‘lib qo‘shilmoqda. Endilikda ijtimoiy siyosatning yangi bosqichi talablariga muvofiq, ob‘ektiv ravishda maqsadli fondlar sonini ko‘paytirish va ularning barchasini amal qilish samaradorligini oshirishga tobora ko‘proq e‘tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda mamlakat moliya tizimi oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri Davlatning maqsadli fondlari faoliyatidan samarali foydalanish hisoblanadi.Hozirgi sharoitda davlat maqsadli fondlarining o‘rni va roli juda muhimdir. Chunki, Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini samarali boshqarishda, aholi turmush darajasini oshirishda, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda bevosita Davlat byudjeti bilan birga Davlatning maqsadli fondlarining dan ham foydalaniladi.Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ishlovchilar, korxonalar, davlat va jamiyat manfaatining yangi munosabatiga xos ijtimoiy himoyaning shakl va mexanizmlarini yaratish zarurati kelib chiqdi. Davlat bu fondlarining mablag‘lari bilan ishlab chiqarish jarayoniga aralashadi, tashkilot va muassasalarga kreditlar va subsidiyalar beradi. Ijtimoiy siyosat chora- tadbirlarini moliyaviy ta‘minlaydi, shuningdek, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi. Davlatning maqsadli fondlarning izchil faoliyati natijasida aholi kuchli ijtimoiy himoya qilinishi bilan birga, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ham rivojlantiriladi. Ayni paytda Davlatning maqsadli fondlari nafaqat davlatning daromadlar bazasini ta‘minlashi va kelib tushgan pul mablag‘larini xarajat qilishi lozim, balki jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikni hamda aholining optimal bandligini ham ta‘minlashi zarur. Chunki, O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish maqsadida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan maqsad aholi turmush farovonligini yaxshilashdir. Mablag‘larning moslashishiga ko‘mak beradi. Ammo xarajat moddalari bo‘yicha mablag‘larning ortiqroq yo‘naltirishga erishmaslik lozim, xususan bunda ijtimoiy talablar maxsus e‘tiborni talab etadi, chunki hamma vaqt ushbu maqsadlar uchun xarajatlarni kamaytirishdek xavf mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ham rivojlanishning eng muhim yo‘nalishlarini aniqlash va mablag‘larni maqsadli ishlatilishi va yo‘naltirilishi ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun ikki usuldan foydalanish mumkin:
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida ikkala usuldan ham foydalanilmoqda. Davlatning maqsadli fondlarining byudjet paydo bo‘lishidan ancha avval vujudga kelgan.Ularning paydo bo‘lishi davlat faoliyatining kengayishiga yangi xarajatlar va tegishli ravishda ularni amalga oshirishga zarur bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘lar bilan bog‘liq. Davlat fondlariningsoni doim o‘zgarib turgan, ular asosan vaqtinchalik xususiyatga ega, maxsus fondlar yoki alohida hisob varaqlar ko‘rinishida bo‘lgan va ularni boshqarish uchun qo‘shimcha mablag‘lar talab etilgan. Hozirgi sharoitlarda Davlatning maqsadli fondlari aktualligi saqlanib qolmoqda, ayniqsa o‘tish davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda va iqtisodiy tangliklar davrida. Sababi quyidagicha: mablag‘laridan samarali foydalanishni davlat tomonidan nazorat qilishni yengillashtiradi; taqchilligini qoplash uchun jalb qilinishi mumkin. Davlatning maqsadli fondlarining tashkil etishning maqsadi jamiyat uchun muhim bo‘lgan xarajatlarni byudjet mablag‘laridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta‘minlashdir. Davlatning maqsadli fondlarining davlat moliyasi tarkibining muhim bo‘g‘ini sifatida davlat jamlanma byudjeti tarkibida muhim o‘rinni egallaydi. Moliya tizimining bo‘g‘inlari: umumdavlat moliyasi, moliya bozori, sug‘urta va xo‘jalik sub‘ektlari moliyasi tarkibida asosiy o‘rin umumdavlat moliyasi bo‘lib, uning tarkibi jamlanma byudjet yoki konsolidatsiyalashgan byudjetdan tashkil topadi. Jamlanma byudjet tarkibida davlat byudjeti va davlatning maqsadli fondlari birlashadi.
Download 119.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling