8-mavzu: davlat maqsadli jamg’armalari reja: Davlat maqsadli jamg’armalarining ahamiyati va vazifalari


Davlatning maqsadli fondlarining afzalliklari


Download 119.79 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi119.79 Kb.
#1540314
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
davlat maqsadli jamg’armalari

Davlatning maqsadli fondlarining afzalliklari

ijtimoiy va iqtisodiy xarajatlarni moliyaviy mablag‘lar bilan ta‘minlashning qoldiq tamoyillarini bartaraf etish imkonini beradi
byudjet xarajatlarining bir qismini o‘z zimmasiga oladi va byudjetdan mablag‘ bilan ta‘minlash muammosini ma‘lum darajada hal qiladi
mablag‘lardanmaqsadli foydalanadi va moliyaviy resurslarni

Davlatning maqsadli fondlariningdavlat tomonidan jamiyat extiyojlarini va mustaqil kompleks ravishda xarajat kilish uchun jalb etilgan mablag‘larni qayta taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlardir.
3-rasm. Davlatning maqsadli fondlarining afzalliklari.
ko‘paytirish imkonini yaratadi
Professor L.A. Drobozinaning fikricha, Davlatning maqsadli fondlari jamiyatdagi ayrim xarajatlarni moliyalashtirish va komleks ravishda tezkor mustaqillik asosida mablag‘larni sarflash, davlat orqali jalb qilinadigan moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash va foydalanish usulidir. Bunday fondlar vaqtinchalik tusga ega bo‘ladi. Davlat tomonidan belgilangan tadbirlarning bajarilishi va ularni moliyalashtirishning to‘xtatilishi sababli fondlar ham o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Shundan kelib chiqib, fondlarning miqdori doimo o‘zgarib boradi: ba‘zilari tugatiladi, ba‘zilari tashkil etiladi
Davlat maqsadli fondlari - Davlat byudjeti tarkibida jamlantiriladigan fondlar bo‘lib, ularning har biri uchun mablag‘lar manbalari, har bir manbadan mablag‘ tushish normalari va shartlari, shuningdek, shu mablag‘lardan foydalanilishi mumkin bo‘lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
O‗zbekiston Respublikasining jamlangan (konsolidatsiyalashgan) budjeti
tarkibiga quyidagilar kiradi:
  • davlat budjeti;
  • davlat maqsadli jamg‗armalarining budjetlari;
  • O‗zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‗armasi mablag‗lari. O‗zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti O‗zbekiston

  • Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlari bo‗yicha tahliliy
    maqsadlar uchun hamda budjet tizimi budjetlarining (budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‗armalari bundan mustasno) barcha tushumlari va xarajatlarini hamda O‗zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‗armasi mablag‗larini, ular o‗rtasidagi transfertlarni hisobga olmagan holda hisobga olib borish uchun tuziladi.

Byudjetdan tashqari jamg‘armalar quyidagi vazifalarni amalga oshirishi belgilab qo‘yilgan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat xizmatini
rivojlantirish agentligi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlarbilan muloqot qilish bo‘yicha ―El-yurt umidi‖ jamg‘armasi:
xorijdagi nufuzli ilmiy-tadqiqot, ta‘lim va tibbiyot muassasalarida,
iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlarida, ayniqsa, eng yangi materiallar va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish va qo‗llash sohalarida ishlayotgan, qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga ega vatandoshlarimiz bilan aloqalar o‗rnatish;
davlat organlarining kadrlar bo‗yicha xizmatlari tomonidan foydalanilishi va onlayn tarzda izlash amalga oshirilishi mumkin bo‗lgan jahon mamlakatlari va mutaxassisliklar bo‗yicha kataloglashtirilgan qimmatli ilmiy va amaliy tajribaga
ega vatandoshlarning elektron reyestri (ma‘lumotlar bazasi)ni yaratish va yuritish;
xorijiy olimlar, o‗qituvchilar, muhandislar va boshqa mutaxassislar, shu jumladan vatandoshlarni ta‘lim, sog‗liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalariga, ayniqsa, yangi, istiqbolli tarmoqlarga jalb etish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish, dolzarb muammolarini hal etish, ularning salohiyatidan samarali foydalanishni ta‘minlash bo‗yicha takliflar ishlab chiqish va tadbirlarni amalga oshirish;
ta‘lim, sog‗liqni saqlash va iqtisodiyot sohalarida ishlayotgan vatandoshlar
orasida O‗zbekistonning ijobiy qiyofasini shakllantirish, O‗zbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirish masalalari
umumlashtirish va tegishli materiallarni tayyorlash va
bo‗yicha ularning g‗oya va fikrlarini to‗plash, tashkilotlarga yetkazish, shuningdek, to‗plangan tarqatishning samarali tizimini yaratish;
xorijda O‗zbekistonning ijobiy imidjini shakllantirish va qo‗llab- quvvatlashda, shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning nufuzli ta‘lim va ilmiy markazlari bilan aloqalarni yo‗lga qo‗yish va hamkorlikni rivojlantirishda vatandoshlar salohiyatidan faol foydalanish;
rivojlangan mamlakatlarning yetakchi ta‘lim va ilmiy muassasalarida magistratura va doktorantura hamda malaka oshirish va stajirovka dasturlari bo‗yicha ta‘lim, sog‗liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalaridagi istiqbolli mutaxassislar, shu jumladan pedagoglar va ilmiy kadrlarni tanlab olish va
ta‘lim olishini tashkil etish;
nufuzli xorijiy ta‘lim va ilmiy muassasalarda istiqbolli mutaxassislarni o‗qishini monitoring qilish, ularning O‗zbekistonda munosib ishga joylashishiga ko‗maklashish, ushbu mutaxassislarning mehnat faoliyatini monitoring qilish, ularning kasbiy jihatdan o‗sishiga va mansab pillapoyalarida ko‗tarilishiga ko‗maklashish;
mamlakatimizdagi hamda xorijiy ekspertlarning, shu jumladan vatanadoshlarimizning O‗zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarning borishiga oid tahliliy materiallari chop etiladigan jurnallar, ilmiy to‗plamlarni tayyorlash va keng tarqatish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda kadrlarni xorijda tayyorlash va xorijiy mutaxassislarni jalb etish borasidagi ishlar holatini monitoring qilish hamda ushbu tizimni takomillashtirish bo‗yicha takliflar ishlab chiqish;
ta‘lim, sog‗liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalarida xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning davlat tuzilmalari va nodavlat tashkilotlari bilan aloqalarni yo‗lga qo‗yish, ularni hamkorlik va rivojlanish bo‗yicha loyihalarni amalga oshirishga jalb etish.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Huzuridagi davlat va jamiyat extiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘arma:

  • Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun uer uchastkalarining olib qo‘yilishi
    munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni (keying o‘rinlarda yetkazilgan zarar deb ataladi) qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini o‘zida jamlaydi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi:

  • Davlat tomonidan kafolatlangan pensiya ta‘minoti tizimida boshqaruv
    tuzilmasini takomillashtirish, daromadlariga mo‘ljallangan majburiy badal, yeg‘im va ajratmalarni to‘liq yeg‘ilishini ta‘minlash, shuningdek, aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish uchun moliyalashtirish chora-tadbirlarini o‘z vaqtida to‘liqligicha ta‘minlashga erishish.
  • O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi:

  • Ishsizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan davlat kafolatlarini amalga oshirish, bandlikka ko‘maklashish markazlari ta‘minotini moliyalashtirish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, tijorat banklarida kredit liniyalarini ochish yo‘li bilan ish o‘rinlarini saqlab qolish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish uchun kreditlar berish hamda fuqarolarni ishga joylashtirish, mehnat, aholini ish bilan ta‘minskash va ijtimoiy muhozfaza qilish masalalari bo‘yicha me‘yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, sotsiologik kuzatuvlar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni mablag‘ bilan ta‘minlash.
  • O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

  • huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab- quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi:
    xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zo‗ravonlik, majburiy mehnat va kamsitishdan jabrlangan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, og‗ir moliyaviy ahvolga tushgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, tirikchilik uchun mablag‗siz qolgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek,
    ularga moddiy yordam ko‗rsatish;
    mehnat migratsiyasida bo‗lgan davrda jarohatlanish, baxtsiz hodisa sababli tibbiy xizmat ko‗rsatish talab etilgan fuqarolarga, ko‗rsatilgan tibbiy xizmatlar haqini mehnat migranti hisobidan to‗lash imkoniyati bo‗lmagan hollarda to‗langan

mablag‗lar ushbu fuqarolar tomonidan keyinchalik qoplab berilishi sharti bilan, tibbiy xizmat ko‗rsatish;
ishga joylashgan davlatning tegishli muassasalari tomonidan tasdiqlangan
hollarda respublikadan tashqarida mehnat migratsiyasida bo‗lgan davrda vafot etgan fuqarolarning jasadlarini, shuningdek, xorijdagi mehnat faoliyati vaqtida mehnat qobiliyatini yo‗qotishga olib kelgan shikastlanish yoki jiddiy jarohatlangan fuqarolarni olib kelish;
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga tashkillashtirilgan tarzda ilgari yuborilgan va ishga joylashgan mamlakatning qonun hujjatlarini buzish oqibatida ushbu mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan (deportatsiya qilingan) fuqarolarni, to‗langan mablag‗lar ushbu fuqarolar hisobidan keyinchalik qoplab berilishi sharti bilan, shuningdek, kelishilgan mehnat sharoitlari chet ellik ish beruvchilar tomonidan ta‘minlab berilmagan fuqarolarni qaytarish;
respublika hududlarida xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldingi moslashtirish, kasbiy tayyorlash, xorijiy tillarga o‗qitish va bilim darajasi yuzasidan test sinovlari o‗tkazish, fuqarolarning kasbiy malakasini tasdiqlash markazlarini tashkil etish hamda jihozlash;
xorijda Agentlikning vakolatxonalarini tashkil etish va jihozlash;
norasmiy mehnat migratsiyasining oldini olishga qaratilgan, fuqarolarni xorijda ishga tashkillashtirilgan tarzda joylashtirish tizimini takomillashtirish masalalari bo‗yicha axborot-ma‘rifiy tadbirlarni o‗tkazish.
  • O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi:

  • Jamg‘arma belgilangan tartibda ishsiz deb topilgan, shuningdek, aholi
    bandligiga ko‘maklashish markazlarida ish izlovchilar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yo‘naltirilgan fuqarolarning ishtirokini molioyalashtirish uchun tashkil etilgan. Jamoat ishlariga jalb qilingan shaxsning mehnatiga to‘lanadigan haq eng kam oylik ish haqining besh baravaridan oshmasligi kerak.
  • O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agntligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi:

  • bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni
    moliyalashtirish, shuningdek ularning moliyaviy faolligini qo‘llab-quvvatlash;
    Agentlikning markaziy apparati ta‘minoti va unga idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, Agentlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirish;
    Agentlik markaziy apparatining xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish.
  • O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilik rivojlantirish agentligining Uzum yetishturuvchilar va vino tayyorlovchilarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi:

uzumchilik va vinochilikni
rivojlantirish bo‗yicha loyihalarni mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarning
moliyalashtirish, shuningdek, alkogolli moliyaviy faolligini qo‗llab-quvvatlash;
Agentlikning markaziy apparati
ta‘minoti va unga idoraviy mansub
tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, Agentlik faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlarni moliyalashtirish;
Agentlik markaziy apparatining xodimlarini moddiy rag‗batlantirish va
ijtimoiy himoya qilish.
  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi:

  • Tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga amaliy ko‘maklashish va uning
    moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda soha uchun amalga oshiriladigan barcha sarf xarajatlarni moliyalashtirish.
  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi:

  • Jamg‗arma nogironligi bo‗lgan shaxslarning ahvolini yaxshilash, tibbiy-
    ijtimoiy yordam berish va reabilitatsiya sifatini oshirish, protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga va texnologik yangilashga ko‗maklashish maqsadida tashkil etiladi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi huzuridagi byudjetdan

  • tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi:
    Umumta‘lim maktablari o‗quvchilarini darsliklar va o‗quv-metodik qo‗llanmalar bilan ta‘minlashga qaratilgan budjet va homiylik mablag‗lari, xalqaro moliya institutlari kreditlari va grantlari, darsliklar uchun belgilangan ijara to‗lovlarini jamlaydi, ushbu mablag‗larni samarali boshqarishni tashkil etish;
    umumta‘lim maktablari kutubxona jamg‗armalari uchun darsliklar va o‗quv-
    metodik qo‗llanmalarni xarid qilish va yetkazib berish, shu jumladan o‗quvchilarni ijara tizimi asosida darsliklar bilan ta‘minlashni moliyalashtirish;
    nashriyotlar, bosmaxonalar va kitob savdosi tashkilotlariga darsliklarni ochiq
    savdosini rivojlantirishida qisqa muddatli maqsadli ssudalar ajratish orqali yordam ko‗rsatish;
    Jamg‗arma moliyalari kirimlari, ularni maqsadli va samarali foydalanilishi
    ustidan monitoring va nazoratni amalga oshirish hisoblanadi.
  • Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi:

  • Xususiy tadbirkorlik faoliyatini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari va kafolatlarini yanada mustahkamlash, ularni davlat tomonidan qo‗llab- quvvatlashning yangi vositalarini yaratish, tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, shu asosda yangi ish o‗rinlarini tashkil
    etishni rag‗batlantirish va respublika bank-moliya tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida jamg‘arma tashkil etilgan.
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi:

  • xalqaro standartlarga muvofiq va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini hisobga olgan holda aloqa,

televideniye va radioeshittirish sohasida telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishni;
Internet tarmog‗ining milliy segmentini shakllantirishni, turli yo‗nalishdagi
zamonaviy mahalliy axborot resurslarini, shu jumladan aholining, ayniqsa yosh avlodning axborotga bo‗lgan va intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun tarmoq resurslarini shakllantirishni;
davlat axborot resurslari va ma‘lumotlar bazasini shakllantirish, saqlash va
ulardan foydalanishning yagona tizimini ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borishni;
ma‘lumotlar uzatish tarmoqlarini va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor loyihalarni amalga oshirishni, normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy-tadqiqot ishlari va dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek ushbu sohada loyihalarni tayyorlash uchun tadqiqotlar o‗tkazishni;
aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, respublikaning butun hududida ma‘lumotlarni uzatish milliy va xalqaro axborot tarmoqlaridan yuqori tezlikda foydalanish sohasida xizmatlarning yangi turlarini ishlab chiqish va joriy etishni;
aloqa, kompyuter va tarmoqli texnologiyalar, dasturlashtirish va elektron
ma‘lumotlar bazasini yaratish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishni, shuningdek kompyuter va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga asoslangan o‗qitish tizimini.
  • O‘zbekiston Respublikasi Turizimni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi:

  • turizm sohasining va turistik industriyaning rivojlantirilishini qo‗llab-
    quvvatlashga, turistik bozorlarda O‗zbekiston Respublikasining turistik mahsulotlarini hamda turizm sohasidagi milliy tanitish belgisini targ‗ib qilish uchun fond mablag‘lari yo‗naltiriladi.
  • O‘zbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi ―yoshlar-kelajagimiz‖ jamg‘armasi:

  • Jamg‘armaning asosiy vazifasi etib:
    • tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan (bunda, bank marjasi 2 foizni tashkil etadi) imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berish;
    • tadbirkorlik subyektlariga Davlat dasturi doirasida beriladigan tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha, ammo 1 mlrd. so‗mdan oshmaydigan

    • miqdorda Jamg‗arma kafilligini berish;
      Bunda, Jamg‗arma tomonidan taqdim etiladigan kafilliklarning umumiy miqdori Jamg‗arma mablag‗larining 25 foizidan oshmasligi kerak.
      v) Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik subyektlari
      loyihalarida ular qiymatining 50 foizidan ko‗p bo‗lmagan miqdorda ishtirok etish, keyinchalik Jamg‗arma ulushini 5 yil davomida realizatsiya qilish;
      g) tegishli ko‗nikmalarga ega, band bo‗lmagan yoshlar yashaydigan uy
      xo‗jaliklari uchun 20 tagacha parranda va quyon bolasi, 5 ta mayda va 2 ta yirik

qoramol sotib olish, ularning qiymatini kelishilgan muddatlarda qaytargan holda ularni boqish va keyinchalik realizatsiya qilishda ko‗maklashish;
  • Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi:

  • Jamoat fondining asosiy vazifalari:
    xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bo‘lgan ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish;
    xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashda ko‘maklashish.
  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

  • huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi:
    Jamg‘arma o‘z faoliyati natijasida kelib tushgan pul mablag‘larini mujassam etadi va jamg‘armaning asosiy vazifasi yeg‘ilgan pul mablag‘arini davlat byudjetiga belgilangan qismini o‘tkazish, Agentlik ichki va tashqi xarajatlari uchun maqsadli foydalanish hamda bir qismini tegishli sohalarni rivojlantirish yo‘lida tashkil etilgan tashkilotlarva nazorat organlari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun sarflash.
  • ―O‘zbekbaliqsanoat‖ uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish

  • jamg‘armasi:
    Tashkil etilishidan maqsad:
    baliqchilik tarmog‗ida ilmiy-tadqiqot va seleksiya-naslchilik ishlarini amalga oshirish;
    tabiiy suv havzalarida baliq zaxiralarini ko‗paytirish maqsadida
    baliqlantirish ishlarini amalga oshirish;
    baliqlarni oziqlantirish uchun ozuqalarning zamonaviy retsepturasi va uslubiy qo‗llanmalarini ishlab chiqish;
    baliqchilik tarmog‗ida zamonaviy intensiv va innovatsion texnologiyalarni
    keng joriy etish va moddiy texnika bazasini rivojlantirish;
    baliqlar kasalliklarini oldini olish va davolashga qaratilgan chora- tadbirlarni amalga oshirish;
    baliqchilik tarmog‗ini rivojlantirish bo‗yicha investitsiya loyihalari
    shakllantirilishini moliyalashtirish.

    Download 119.79 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling