Yelimlash mustahkamligini aniqlash.
Ishdan maqsad: Yelim tayyorlashni o’rganish va uning mustahkamligi xossalarini kuzatish.
«Polimer yelimini tayyorlash va turli xil materiallarni» mavzusi bo`yicha laboratoriya ishi ma`ruza bo`limlari bo`yicha olingan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, shuningdek ularining alohida xossalarini o`rganish maqsadida bajariladi.
Xom-ashyo: «Polimer yelimini tayyorlash va turli xil materiallarni» mavzusi bo`yicha laboratoriya ishi laboratoriyada mavjud bo`lgan uskunalar yordamida bajariladi:
− elektron tarozi MWP-600
−Atsetonformaldegid smolasi (АЦФ-65);
− mikroto`ldirgichlar (Sement, TES toshqoli, barxan qumi);
− NaOH ishqori.
Ishni bajarish. Polimer yelimini tayyorlash. Polimer sement yelimini tayyorlash oldindan dozalab olingan materiallarni sferik qozonchaga solib quyidagi ketma-ketlikda qo`lda kurakcha yordamida sinchiklab aralashtirilib tayyorlanadi. Avval suv bilan ASF smolasi alohida aralashtiriladi. Keyin alohida sement bilan mikroto`ldirgich aralashtiriladi, so`ng unga ASF qo`shilgan suvni asta-sekinlik bilan oz-ozdan qo`shib sinchiklab aralashtiriladi va polimersement
yelimi ishlatishga tayyor. Mikroto`ldirgich qo`shilmagan polimar yelimi faqatgina ASF smolasi bilan NaOH ishqorini aralashtirib tayyorlanadi.
Talabalar yelim tayyor bo`lgandan so`ng oldindan tayyorlangan namunalarni yelimlashadilar. Bunda birinchi uchtadan namunani mikroto`ldirgichsiz tayyorlangan yelim bilan, keyin mikroto`ldirgichli yelim bilan yelimlashadilar. Shundan so`ng mikroto`ldirgichli yelim bilan yelimlangan namunalar 28 sutka, mikroto`ldirgichsiz yelim bilan yelimlangan namunalar esa 24 soat xona xaroratida saqlanadi.
Laboratoriya ishi bo`yicha natijalar va xulosalar. Talabalar o`qituvchining ko`rsatmasiga binoan olingan natijalarni yozma ravishda laboratoriya daftariga rasmiylashtiradilar. Shundan so`ng bajarilgan laboratoriya ishi bo`yicha xulosalar chiqariladi. Bajarilgan laboratoriya ishi o`qituvchiga hisobot uchun taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |