Asad Plast kompaniyasi asosan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan shugʻullanadi. Ularni deyarli barcha ishchi qurilmalari uch fazali matorlardan iborat
Download 483 Kb.
|
ASAD PLAST
ASAD PLAST Asad Plast kompaniyasi asosan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan shugʻullanadi. Ularni deyarli barcha ishchi qurilmalari uch fazali matorlardan iborat. Ularda biz koʻrgan va ishlagan matorlardan sinxron va asinxron matorlar ishlatiladi. Bu kompaniya asosan polimer mahsulotlarni ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan shugʻullanadi. Ular oʻz mahsulotlarining sifati bilan Oʻzbekistonda va chet eldagi raqobatbardosh kompaniyalar mahsulotlari bilan bemalol bahslasha oladi. Uning mahsulotlarini koʻplab qurilish kompaniyalari, Angren TES , Talimarjon TES , Navoiy TES va Taxiatosh TES lar sotib oladi va uning mahsulotlaridan keng koʻlamda foydalanadi. Asinxron elektr dvigatel — dvigatel rejimida ishlaydigan asinxron mashina; elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi. Ish tarzi stator chulgʻamlari boʻylab uch fazali oʻzgaruvchan tok oʻtganda vujudga keladigan aylanuvchi magnit maydonining stator maydoni rotor chulgʻamlarida hosil qiladigan tok bilan oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Aylanish tezligini tok chastotasi, qutblar soni va sirpanishga taʼsir etib oʻzgartirish mumkin. Tok chastotasini oʻzgartirish energiya iyerofini cheklagan holda tezlikni ravon oʻzgartirishga imkon beradi. Shuning uchun chastota boʻyicha boshqariluvchi Asinxron elektr dvigatelni yaratish asosiy muammolardan biriga aylangan. Asinxron elektr dvigatel elektr yuritmalarda asosiy dvigatel sifatida ishlatiladi. Quvvati bir necha Vt dan oʻnlab MVt gacha boʻladi. Asinxron dvigatellar "Arago-Lens diski" xodisasi asosida ishlaydi. Elektr dvigatel — elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi mashina. Isteʼmol qiladigan tok turiga koʻra, oʻzgarmas tok va oʻzgaruvchan tok Elektr dvigatellariga boʻlinadi. Oʻzgarmas tok E. dlarida valning aylanishlar chastotasi (soni)ni ravon rostlab turish mumkin. Shuning uchun valning aylanishlar chastotasini teztez oʻzgartirib turish lozim boʻlgan hollarda shunday dvigatellar ishlatiladi. Oʻzgarmas tok E.d, uch xil sxemali: parallel uygʻonishli, ketmaket uygʻonishli va aradash uygonishli qilib ishlab chiqarildi (rasmga q.). Oʻzgaruvchan tok Elektr dvigatel jumlasiga asinxron elektr dvigatel, sinxron va kollektorli dvigatellar (qarang Kollektorli mashina) kiradi. Asinxron Elektr dvigatel eng koʻp ishlatiladi. Sinxron Elektr dvigatelda valning aylanishlar chastotasi isteʼmol qilinadigan tokning chastotasiga qatiy bogʻliq boʻladi. Bunday dvigatellar eng quvvatli elektr yuritmalarda ishlatiladi. Elektr dvigatellar ochiq, berk va germetik turlarga boʻlinadi. Portlashga xavfsiz Elektr dvigatellar ham bor. Bunday dvigatelning ichida gaz portlaganda alanga tashqariga chiqmaydi. Elektr dvigatellar uyroʻzgʻorda, sanoat va transportda keng miqyosda ishlatiladi. Asinxron elektr mashina — Rotorining aylanish chastotasi stat-rinint magnit maydoni aylanish chas-totasiga mos kelmaydigan oʻzgaruvchan tok elektr mashinasi. Asosiy qismlari: staninaga oʻrnatilgan poʻlat oʻzak va oʻzakka oʻralgan chulgʻamlardan iborat stator hamda oʻqqa oʻrnatilgan va ariqchalariga chulgʻamlar joylashtirilgan poʻlat oʻzakdan iborat rotor. Rotor oʻzagi ham, stator oʻzagi ham poʻlat plastinalardan yigʻiladi. Chulgʻamlarning bir-biriga oʻzaro ulanishi va manbadan tok bilan taʼminlanishi usuliga koʻra stator bir, ikki, uch va koʻp fazali qilib tayyorlanishi mumkin. Uch va koʻp fazali chulgʻamlar oʻzaro yulduzcha, uchburchak va koʻpburchak shaklida ulanadi. Chulgʻamlarining tayyorlanishiga koʻra, rotor qisqa tutashtirilgan va fazarotorli xillarga boʻlinadi. Stator bilan rotor orasidagi havo tirqishi iloji boricha kichik (0,025 mm gacha) qilinadi. Asinxron elektr mashina rotorining aylanish chastotasi stator magnit maydonining aylanish chastotasiga bogʻliq boʻladi va isteʼmol qilinadigan tok chastotasi hamda mashinaning juft qutblar soni bilan aniqlanadi. Sirpanish (siljish) qiymatiga qarab, Asinxron elektr mashinani asinxron elektr dvigatel va asinxron generator sifatida ishlatish mumkin. Sinxron mashina — aylanish tezligi (n) oʻzgarmas boʻlib, stator toʻkining chastotasi nisbat orqali bogʻliq boʻlgan oʻzgaruvchan toʻk mashinasi sinxron mashina deb ataladi. Statorning oʻzagi o'zaro izolatsiyalangan elektrotehnik poʻlat yaproqchalardan yegʻilgan boʻlib, silindrsimon yahlit korpusning ichki qismidagi pazlarga uch fazali oʻzgaruvchan toʻk choʻlgʻamlari joylashtiriladi. Sinxron mashinalar elektr generatorlari, dvigetellari va reaktiv quvvat kompensatorlari sifatida ishlatiladi. Barcha elektr mashinalari kabi ular ham qaytuvchanlik husuiyatlariga ega. Sinxron mashinalar, asosan, barcha elektr stansiyalarida quvvati 800 kVa (kilovatt) va undan ortiq boʻlgan generatorlar oʻrnatilgan. Gidravlik elektr stansiyalaridagi generatorlarning quvvati birmuncha kam boʻlib, 500 — 600 kVa ni tashkil etadi. Atom elektr stansiyalarida esa bitta blokning quvvati 1.5 ming MVA(Megavoltamper — transformator elektr toki kuch birligi)ga yetadi. Mashina oʻqiga mahkamlangan kontakt halqalariga rotor choʻlgʻamining ikki uchi mahkamlangan boʻlib, halqalar sirtida qoʻzgʻalmas toʻk oʻlchovi choʻtkalar sirpanadi. Rotor uchun doimiy tok manbai sifatida quvvati uncha katta boʻlmagan oʻzgarmas tok generatori — uygʻotgich ishlatiladi. Odatda, uygʻotgichning quvvati sinxron mashina quvvatining(1-3)% ini tashkil etadi. Ayrim hollarda sinxron generator hosil qilgan tokni toʻgʻirlash yoʻli bilan doimiy toʻk hosil qilinadi. Sinxron elektr motor - barqaror holatda , [1] milning aylanishi moslama oqimining chastotasi bilan sinxronlashtiriladigan AC vosita ; aylanish davri AC davrlarining to'liq soniga teng. Sinxronlash mexanizmlar magnit maydoni hosil qiluvchi vosita statorida chiziq oqimining tebranishi bilan vaqt o'tishi bilan ko'p fazali AC elektromagnitlarini o'z ichiga oladi. Doimiy magnit yoki elektromagnitlangan rotor stator maydonida bir xil tezlikda aylanadi va buning natijasida har qanday AC vositasini sinxronlashning aylanadigan magnit maydonini beradi. Sinxron vosita, faqat rotor va statorlarda mustaqil ravishda harakatlanadigan ko'p fazali AC elektromagnitlari bilan ta'minlangan bo'lsa, faqat ikki marta oziqlangan hisoblanadi. Sinxronlashtiruvchi vosita va indüksiyon motori eng ko'p ishlatiladigan AC vosita turlari hisoblanadi. Ikkala turning orasidagi farq sinxron vositaning chiziq chastotasiga qulflangan tezlikda aylanishidir. Sinxron vosita rotorning magnit maydonini ishlab chiqarish uchun joriy indüksiyona tayanmaydi. Buning aksincha, indüksiyon vosita " qaymoq " talab qiladi, rotor, rotor sarımında oqimi vujudga keltirish uchun, AC oqim o'zgarishlarga nisbatan bir oz sekin qaytishi kerak. Sinxronlashtirilgan soatlarda , vositalar, taymerlar va aniq mexanizmlarda aniq tezlikda ishlaydigan nozik servomekanizmlarda taymerlar kabi vaqtni qo'llashda kichik sinxron vositalar qo'llaniladi; tezlikni aniqligi katta o'zaro bog'liq bo'lgan grid tizimlarida ehtiyotkorlik bilan boshqariladigan elektr chizig'ining chastotasi . Download 483 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling