8-mavzu. Davlatning mintaqaviy siyosati va hududlar rivojlanishining istiqbollari
mintaqalar kompleks muammolarini o’rganish
Download 29.34 Kb.
|
8-mavzu. Davlatning mintaqaviy siyosati va hududlar rivojlanishi
mintaqalar kompleks muammolarini o’rganish ilmiy yo’nalishi shakllangan.
Hozirgi bozor munosabatlariga o’tish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash davrida mintaqaviy siyosatning amaliy ahamiyati yanada kuchaymoqda. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi bo’yicha makroiqtisodiy barqarorlik 1996 yildan beri kuzatilmoqda; ba’zi viloyatlar, masalan, Andijon, Buxoro, Xorazm va boshqalar sanoati tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Ayni vaqtda iqtisodiy salohiyati katta bo’lgan hududlar (Farg’ona, Samarqand, Navoiy viloyatlari) bu barqarorlikka kechroq erishishdi. Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda Asaka va Samarqand avtomobilsozlik, qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodlari, ko’pgina viloyatlarda qurilgan to’qimachilik korxonalari va boshqalarning ahamiyati katta. Ammo, barcha qo’shma korxonalar ham samarali faoliyat ko’rsatishmayapti. Jumladan, mustaqillik yillarida barpo etilgan o’ndan ortiq to’qimachilik korxonalarining iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilash muhim masala hisoblanadi. Sanoatning boshqa tarmoqlaridagi vaziyat ham bir xil emas: chunonchi, Navoiy, Zarafshon, Olmaliq tog’-metallurgiya kombinatlarida mahsulot ishlab chiqarish samarali, Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi ham chet el sarmoyalari bilan qayta jihozlangandan so’ng mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. SHuningdek, Surxondaryoda Xo’jakon osh tuzi, Gulistonda farmatsevtika, SHo’rtan va Muborakda gaz- kimyo majmualari, qo’ng’irotda soda zavodi kabi qator yangi korxonalar qurilib, respublikaning turli rayonlarida joylashtirilmoqda. Qishloq xo’jalik sohasida ham strukturaviy (tarkibiy) o’zgarishlar sodir bo’lmoqda, paxta maydonlarini qisman qisqartirish asosida g’allachilikka katta e’tibor berilmoqda. Bu esa qishloq xo’jalik tarmoqlarini joylashtirishda o’zgartirishlarga olib kelmoqda. Ammo, eslatish lozimki, agrosohada hozircha qator muammolar mavjud; ba’zi yillari ob-havoning noqulay kelishi tufayli bug’doy, sholi, paxta hosilining kamayishi ham uchrab turadi. Uning ustiga, tuproqning ikkilamchi sho’rlanishi natijasida anchagina ekin maydonlari qishloq xo’jaligi oborotidan chiqib qolmoqda. Mazkur holat agrosanoat majmui, qayta ishlash sanoatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Transport sohasidagi o’zgarishlar ham mintaqaviy va yo’l mustaqilligini ta’minlash siyosati doirasida olib borilmoqda. Jumladan, /uzor-Boysun-qumqo’rg’on, Uchquduq-Nukus temir yo’llari hamda Angren-Pop avtomobil yo’llarining qurilishi va kengaytirilishi mamlakat xo’jaligining hududiy tarkibida ijobiy o’zgarishlarga olib keladi. Respublika rahbariyati ayniqsa qishloq joylarga katta e’tibor qaratmoqda-ki, bu ham bo’lsa mintaqaviy siyosatning o’ziga xos bir ko’rinishidir. Darhaqiqat, modomiki mamlakat iqtisodiyotining asosini qishloq xo’jaligi, aholisining 2/3 qismining ko’prog’i qishloqlarda Yashar ekan, bu joylarda jiddiy o’zgarishlarga erishmay turib strategik vazifalarni hal etib bo’lmaydi. SHuning uchun qishloq joylarga sanoatni olib kirish, qishloq infrastrukturasini rivojlantirish, mehnat resurslari bandligini va aholi turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish eng muhim muammolardan sanaladi. Albatta, bundan boshqa muammolar ham mavjud. CHunonchi, ilgarigi hududiy mehnat taqsimoti, gorizontal iqtisodiy aloqalar buzilganligi oqibatida ko’pgina og’ir sanoat korxonalari faoliyati yaxshi emas, mamlakat ishlab chiqarish salohiyatining anchagina qismi mujassamlashgan avvalgi yirik sanoat markazlarining (CHirchiq, Angren, Marg’ilon, Bekobod va b.) rivojlanishi sustroq. Ayni chog’da ichki mehnat taqsimoti keng ko’lamda yo’lga qo’yilmagan, ishlab chiqarishni noto’g’ri hududiy tashkil etilganligi sababli turli mintaqalarda ijtimoiy va ekologik muammolar biroz keskinlashgan. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mintaqaviy siyosat turli hududlarda turlicha olib boriladi: ba’zi iqtisodiy rivojlanishi to’xtab qolgan yoki sekinlashgan (masalan, Angren-Olmaliq sanoat rayoni) depressiv rayonlar xo’jaligi harakatga keltirilishi, aholisi zich agrosanoat rayonlarda (Farg’ona vodiysi) ish o’rinlarini ko’paytirish, ekologik tanglik vujudga kelgan Orol bo’yi kabi rayonlarda esa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni to’g’ri tashkil qilish talab qilinadi. SHunday qilib, mintaqaviy siyosatni amalga oshirish ishlab chiqarish kuchlarini u yoki bu hududda ustuvorroq rivojlantirish demakdir. Binobarin, mazkur siyosatning zaminida sanoat, qishloq xo’jaligi, aholiga xizmat ko’rsatish tarmoqlarini joylashtirish yotadi, chunki Download 29.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling