8-mavzu. Elektron o‘lchash asboblari Reja: Elektron o‘lchash asboblarining umumiy xususiyatlari va qismlari


Download 45.93 Kb.
bet3/4
Sana16.03.2023
Hajmi45.93 Kb.
#1278969
1   2   3   4
Bog'liq
8-мавзу

4. Elektron nurli ossillograflar


Elektron nurli ossillograflar (ENO) dan elektr signallari shakllarini kuzatish va qayd etish, parametrlarini o‘lchash, vaqt va fazaviy parametrlarni aniqlash uchun foydalaniladi.
ENO ning asosiy metrologik va texnik xarakteristikalariga: signalni o‘tkazish kengligi; amplituda – chastota xarakteristikasining notekisligi; impuls signalni tasvirlash sifati, sezgirligi kiradi.
ENO ning struktura sxemasi 8.5 - rasmda keltirilgan. Juda tez o‘zgaradigan jarayonlarni o‘rganish uchun signal ossillografning kirishi (Y) ga beriladi va kuchaytirilib, vertikal og‘uvchi elektrodlarga uzatiladi. Yoyuvchi generatordan arrasimon signallar maxsus kuchaytirgich orqali gorizontal og‘uvchi elektrodlarga beriladi. Kuchaytirgich yordamida tasvirning masshtabi tanlanadi.
Elektron nurli trubka (ENТ) – ossillograflarning o‘lchash qismi bo‘lib, unda o‘rganilayotgan signal ko‘zga ko‘rinadigan tasvirga aylantiriladi. ENТ konussimon yoki to‘g‘ri burchakli ballon bo‘lib, ichidagi havo butunlay so‘rib olinadi. Ekran qismi lyuminofor qatlami bilan qoplangan bo‘lib, elektron oqimi ta’sirida yorishadi.



5 - rasm. Elektron nurli ossillograflarning struktura sxemasi. KVy – Y kirish kuchlanish bo‘lgichi; KVx – X kirish kuchlanish bo‘lgichi; G – generator; Ky – Y kirish kuchaytirgichi; Kx – X kirish kuchaytirgichi; ENT – elektron nurli trubka. 1– cho‘g‘lanish tolasi; 2–katod; 3–modulyator; 4–fokuslovchi elektrod; 5–anod; 6– gorizontal elektrodlar; 7–vertikal elektrodlar; 8–ikkinchi anod.


Elektron nurlari ikki juft plastinalar (elektrodlar 6 va 7) yordamida boshqariladi (5 - rasm).


Ekrandagi nur holatini o‘zgarishining shu o‘zgarishni yuzaga keltirgan elektrodlardagi kuchlanish o‘zgarishiga nisbati ENТ ning sezgirligi deb ataladi S h/U. Zamonaviy ENO da sezgirlik 0,1 mm/V gacha yetadi. ENТ ning muhim parametrlaridan biri – elektron nurlarga ta’sir to‘xtagandan keyin ekrandagi tasvir yoritilganligining 1 foiz kamayishiga ketgan vaqt oralig‘idir. ENO da bu vaqt 0,01 sekunddan 0,1 sekundgacha bo‘lishi mumkin.

Download 45.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling