Texnika va inson salomatligi
Hozirgi kunda axborot kommunikatsiya vositalari kun sayin rivojlanib, yangi – yangi cho‘qqilarni egallab borayotgani sir emas. Deyarli har bir inson uyali telefon, kompyuter, televizor shu kabi elektr jihozlariga ega. Ulardan biz ko‘pgina o‘zimizga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni olamiz. Ular kundalik turmushimizning bir bo‘lagiga aylanib qolgan. Bu jihozlarni ijobiy taraflarini o‘ylab harid qilamiz, lekin salbiy tomonlari haqida o‘ylamasak kerak.
Bizni nurlanishlar qamrab olganligidan habarimiz ham bo‘lmasa kerak. Uyali aloqa abonentlari qisman bu masalada tajribalari bor. Kompyuterda ham surunkali ishlaganlar bu masalada tushunchaga ega. Umuman olib qaraganda barcha maishiy texnikalar nurlanish manbai bo‘lib hizmat qiladi, desak adashmagan bo‘lamiz, lekin ularning ta’sir doirasi, quvvati, nurlanish koeffsienti va shu kabi omillarga bog‘liq bo‘lganlidan ular inson tanasiga turlicha ta’sir o‘tkazadi. Quyida biz so‘z yuritadigan nurlanish elektromagnit maydon asosida vujudga keladi. Elektromagnit maydonning asosiy manbalari bo‘lib elektr uzatkich liniyalari, elektr o‘tkazgich, maishiy elektr asboblar, shaxsiy kompyuterlar, tele va radio uzatuvchi stansiyalar, sun’iy yo‘ldosh va uyali aloqa xizmati, elektrotransport, radar qurilmalari hisoblanadi. Quyida sanab o‘tilgan elektromagnit manbaini hosil qiluvchi vositalardan bugungi kunda ko‘p foydalanilayotganlari ko‘rib o‘tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |