8-mavzu: Fan texnika taraqqiyoti va ekologiya Reja: Tabiat va jamiyat tizimi
Download 56 Kb.
|
8-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Texnika va inson salomatligi. 6. Ishlab chiqarishning atrof-muhitga ta’siri. Tayanch iboralar
8-MAVZU: Fan texnika taraqqiyoti va ekologiya Reja: 1. Tabiat va jamiyat tizimi. 2. Ilmiy texnik taraqqiyot va ekologiya. 3. Ekologik siyosat va ekologik iqtisodiy barqaror rivojlanish. 4. Ekologik muammolar va ularni hal etishda fanning ahamiyati. 5. Texnika va inson salomatligi. 6. Ishlab chiqarishning atrof-muhitga ta’siri. Tayanch iboralar: tabiat, jamiyat, atof muhit, ishlab chiqarish, tabiiy omillar, ekologiya siyosat, tabiiy resurslar, qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan resurslar, zamonaviy texnika va texnologiyalar, urbanizatsiya, antropogen ta’sir, ilmiy texnik taraqqiyot, inson ekologiyasi, moddiy forovonlik, ekologik tanazul, noosfera, moslashish, odam populyasiyasining salomatligi, biologik moddalar aylanishi. Inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar muammosi bugungi kunga kelib, nihoyatda kuchayib ketdi. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlar ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysungan holda boradi. Ushbu qonuniyatlarning buzilishi ekologik halokatga olib keladi. Fan va texnikaning rivojlanish jarayoni tabiiy muhitni tubdan o‘zgartib yubordi1. Mineral va yoqilg‘i resuslari kamayib, biosferaning ifloslanishi va buzilishi kuzatilmoqda. Ana shularning o‘rganuvchi yangi fan atrof muhit va inson salomatligi fani vujudga keldi. Insoniyatning rivojlanishi shunday davom etsa, ekologik halokat ro‘y berishiga olib keladi. Bunda bizni nimalar kutmoqda. Ekologik halokat ro‘y berishi muqarror. Ushbu savollarga shubhasiz atrof muhit va inson salomatligi fani javob berishi mumkin. Chunki uning ob’ekti jamiyat-tabiat-inson tizimi hisoblanadi. Predmeti esa ushbu tizimni rivojlanish qonuniyatlarini tadqiq qilishdan iborat. Atrof muhit va inson salomatligi fanining maqsadi aholi orasida ekologik dunyoqarash, shaxsni ekologik tarbiyalash orqali jamiyatda ekologik madaniyatni shakllantirishdir va inson salomatligini mustaqkamlashdir. Tabiyat bu moddiy jismlar realliklar majmuidan iborat bulib, ular jamiyat negizini tashkil etadi va o‘rab turadi. Jamiyat-odamlar ishlab chikarish, iqtisodiy-madaniy tashkilotlarning o‘zaro ta’sirlari murakkab tizimlardan iborat. Jamiyat bilan tabiatning o‘zaro ta’sirlari dastlab odamning shakllanishi jarayonida kelib chiqdi. Ular o‘rtasidagi munosabat dastlab oddiy, biologik moddalarning aylanishidan iborat edi. Odamning tabiatga qaramliligi juda yuqori darajada bo‘lib, unga ta’sir etish juda sezilarsiz bo‘lgan. Keyinchalik markaziy nerv sistemasining tez rivojlanishi natijasida odamning mehnati va ish faoliyati murakkablashib va takomillashib bordi. U asta-sekin tashki muhitdan to‘g‘ridan-tug‘ri bog‘lanishlari ozod bo‘la boshladi. Shu bilan birga tabiatga ta’siri kuchayib bordi. Tabiatning odamga ta’siri. Tabiat jamiyat rivojlanishining doimiy sharoiti bo‘lgan va bunda keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Bunda jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy munosabatlari o‘zgarishi kuzatilgan, hamda tabiatning roli ham o‘zgargan. Shuni ta’kidlash lozimki jamiyatning rivojlanishida tabiiy resurslar o‘z ahamiyatini saqlab qoldi. Tabiiy sharoit jamiyatning rivojlanishi tezlashtirishi yoki sekinlashishi mumkin. Ammo u xech qachon ijtimoiy munosabatlarni o‘zgarshi uchun sabab bo‘laolmaydi. Ba’zi bir olimlarning fikriga ko‘ra jamiyatning rivojlanishida geografik muhit muhim rol o‘ynaydi deb qaraladi. Ishlab chiqarish kuchlari rivojlanish bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ham mavjud. Jamiyatning tabiatga ta’siri. Odam o‘zining tarixiy rivojlanishining daslabki davrlarida tabiatning mahsuli sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Keyinchalik esa mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishi bilan ya’ni ijtimoiy omillar ta’sirida u ongli mavjudotga aylandi. U o‘z navbatida er yuzasida materiya harakatining yangi ijtimoiy shakli vujudga kelganidan dalolat berar edi. Insoniyat asta-sekin tabiatni o‘zgartiruvchi eng kuchli omilga aylandi. Hamda uning rivojlanishiga katta ta’sir etayapti. Tabiat bilan jamiyatning o‘zaro ta’siri yuqorida aytib o‘tilgandek dastlab biologik moddalar aylanishiga asoslangan bo‘lib, keyinchalik tarixiy rivojlanish natijasida birinchi o‘ringa ijtimoiy moddalarning aylanishi o‘tib oldi. Shunga binoan tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar harakteri ham o‘zgardi. Hozirgi qarashlarga ko‘ra ijtimoiy yoki antropogen moddalar aylanishi jamiyat hayotini ta’minlovchi murakkab jarayon hisoblanib, u tabiatdan o‘zlashtiriladigan moddalar va energiya xisobiga yashaydi. Faqat to‘xtovsiz ravishda tabiat bilan o‘rtasida sodir bo‘ladigan moddalar va energiya aylanishi hisobiga yashashi mumkin. Antropogen moddalar aylanishi sayyoramizdagi moddalar aylanishining bir qismi hisoblanadi. Bunda tabiat bilan jamiyatning o‘zaro ta’siri yotadi. Ushbu moddalar aylanishining bir tomoni jamiyat hisoblandi. Antropogen moddalar aylanishining xissasi sayyoramizda kundan-kunga ortib bormoqda. Uni yirik shaharlarda, sanoat markazlarida kuzatish mumkin. Bundan tashqari sayyoramizda moddalar aylanishiga, yangi sintetik materiallar, zaharli kimyoviy o‘g‘itlar qo‘shildi. Inson o‘z xo‘jalik faoliyatida, sayyoraviy moddalar aylanishidagi, mikdor va sifat jixatlari o‘zgarib bordi va tezlashtirildi. Inson erdagi muhim geologik kuchga aylandi. Jamiyat tomonidan tarixiy davrlarda moddalar va energiyaning o‘zlashtirilishi har bir kishi boshiga ortib boradi. Shuning asosida moddalar aylanishi jaddaligi ortib boradi. Natijada tabiatda mavjud bo‘lmagan xilma-xil moddalar yaratildi, tabiatga keraksiz moddalar va energiyalar ajralib chiqmokda. Hozirgi davrda ishlab chiqarish chiqindilarining ortishi tufayli tabiatda katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Natijada jamiyatning tabiatga salbiy ta’siri xavfli tus oldi. Uning sababi atrof-muhitning antropogen moddalar aylanishining ekologik nuqtan nazarida nihoyatda takomillashmaganligidir. Bu shundan iboratki, tabiiy resurslardan foydalanishning foydali ish koeffitsenti juda past. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra o‘rtacha FIKi 5-10% tashkil edi. Qolgan 90-95% inson tomonidan amalda isrof qilindi. Ko‘pincha ishlab chiqarish chiqindilari parchalanmaydi va dastlabki holatiga qaytmaydi. Aksincha, tabiiy ifloslanadi va uning hayoti yomonlashadi. Natijada bugungi kunda Ilmiy Texnik Taraqqiyot (ITT) insonni tabiatga global darajada ta’sir etishiga olib keldi.
Download 56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling