8-mavzu: Fan texnika taraqqiyoti va ekologiya Reja: Tabiat va jamiyat tizimi


Ilmiy texnik taraqqiyot va ekologiya2


Download 56 Kb.
bet2/17
Sana10.11.2021
Hajmi56 Kb.
#173134
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
8-Mavzu

Ilmiy texnik taraqqiyot va ekologiya2.

Ilmiy texnika taraqqiyotini faqat fan va texnika yutuqlari majmui tarzida tushunish yaramaydi. Chunki bunday tushunish jamiyatning rivojlanish jamiyatning rivojlanish mezonlarini hisobga olmagan holda bo‘ladi. Bu tabiat va jamiyat va uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar salbiy oqibatlar fan va texnikaning ijobiy natijalardan ortib ketsa, u holda ijtimoiy tabiiy taraqqiyot muvozanati buziladi. A.Tolstoy “Nimani farovonlik deb atash mumkin?” degan savolga javob berib qo‘yidagilarni yozgan edi: Yo‘l xizmatini yaxshilash, kitoblar nashr etib tarkatish, ko‘chalarni charag‘on qilish, kambag‘al, beva-bechoralar, qariyalarg‘a xizmat qiladigan uylarni kupaytirishmi yoki tabiatning ibtidoiy boyliklari- urmon, balik, yovvoyi kushlar, jismoniy rivojlanish, axlokiy soflik yoki boshqa narsalarmi? Insoniyat hayotning barcha tomonlariga extirossiz munosabatda bo‘lgan inson hayotining bir tomonlama taraqqiyoti xamisha uning boshqa tomondan tanazzuli hisobiga bo‘lishini kuzatishi mumkin. Bu fikrlar aytilganda ham atom bombasi kashf etilmagan va qo‘llab ko‘rilmagan edi. Demak, insoniyat o‘z taraqqiyoti yo‘lida xech qanday ziddiyatlarsiz kamolot sari to‘g‘ri ketavermas ekan.

Ekologik tanazzulning sinfiy ijtimoiy sabablari mavjudligi insoniyat taraqqiyoti an’anaviy modellar asosida etavermasligi kerak, degan xulosa chiqarishga imkon beradi. Ammo tabiat va insoniyatning ko‘pgina qismi taraqqiyot evaziga qurbon bo‘lishi mumkinligining tasdiqlanganiga hali unchalik ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Bombalar tashlanishi, urushda texnik vositalarning qo‘llanishi, texnika bilan bog‘lik fojialar, AES halokati va boshqalarni eslab ko‘raylik. Taraqqiyot evaziga qurbon bo‘lishi nafaqat ma’naviy xo‘rlik, balki ma’nosiz va foydasiz yashash demakdir. Insoniyat bugungi kunda taraqqiyot yo‘lidan ketayotgani haqida da’vo qilar ekan, ammo, aslida bu taraqqiyot unga hali o‘zi o‘ylagandek farvonlik, tinchlik, baxt keltirganicha yo‘q, aksincha, uni global tanazzul holatiga tobora yaqinlashtirmoqda. Bu muammoni oshkora muxokama etmaslik, hal etishga harakat qilmaslik halokat yo‘lini tanlash demakdir. Moddiy farovonlik yoki taraqqiyot evaziga tabiatni qurbon etishning oqibati boshi berk ko‘chaga kirib qolish bilan barobar.

Bu esa, moddiy farovonlikka emas, balki iqtisodii tanazzulga va insonning ahloqiy jixatdan buzilishiga, shaxs yaxlitligining parchalanishiga olib keladi. XX asrda insoniyat ma’lum bir o‘sishlarni kurdi. Ijtimoiy hayotda majburiylik, zo‘rlik va xuemdorlik asta-sekinlik bilan bulsa-da, o‘rnini erkinlik va o‘z-o‘zini an6glash holatiga bushatib bermoqda. Ammo ekologik tanazzul ijtimoiy taraqqiyot tushunchasi ma’nosi yanada to‘ldirilishi tug‘rirogi, u ijtimoiy tabiiy taraqqiet tushunchasi bilan almashtirilishi kerak.

Ijtimoiy tabiiy taraqqiyot tushunchasida inson va tabiatning birgalikdagi tarakkiyoti nazarda tutiladi. Evolyusiyaning tabiiy-ilmiy konsepsiyasini inson va tabiatning o‘zaro munosabatlariga ham qo‘llash o‘rinlidir.

Ijtimoiy tabiiy taraqqiyotning tarkibiy qismiga qo‘yidagilar kiradi:

1) ilmiy-texnikaviy taraqqiyot;

2) iqtisodiy taraqqiyot (ishlab chiqarish ko‘satqichlarining o‘sishi ma’nosida);

3) shaxs taraqqiyoti (insoniy sifatlarning rivojlanishi doirasida);

4) tabiiy taraqqiyoti (insonni o‘rab turgan atrof-muxit holatini nazarda tutgan holda.)

Buyuk olim V.I.Vernadskiy tabiiy muxitning rivojlanishi va insonning er tabiati (biosfera) ga ta’sirining ilmiy-nazariy g‘oyasini ishlab chiqqan edi. U birinchi bo‘lib tirik moddaning “sayyoraviy-samoviy hodisa” ekani haqida gapirib, uning geologik kuch, “faol moddiyat” tarzidagi mohiyatini ochib beradi. Olim fikricha, Erni o‘zgartiruvchi bosh omil, bu-hayotning o‘zidir. Bundan tashqari, u insoniyatga sayyora biosferadagi qudratli, butun vaqt davomida ortib boruvchi o‘ziga xos alohida unsur (element) tarzida karaydi. SHuningdek «aql qatlami» (noosfera)ga o‘tishning muqarrarligi, ya’ni insonning tabiatga ta’sirini boshqarish mumkinligini oldindian ko‘ra bilgan. Olim bora-bora inson tabiatning «tayyor» mahsulotlariga bog‘lik bo‘lmagan jonzotga aylanishi g‘oyasini ilgar suradi3.

Insoniyat sekin-astalik bilan aql qatlamiga kiradi, to‘g‘rirog‘i, uning o‘zi «aqlga aylanib ketadi». Ehtimol, aql tomonidan yaratilgan hozirgi hayvonot bog‘lari aql qatlami-noosferada yashaydigan dastlabki erliklardan kelajak uchun sovg‘adir. Inson yaratgan «aql qatlami» ya’ni biosferadagi jarayonlarning aqlan boshqarilishi biosfera taqdrining yangi tarmog‘i aynan inson tufayligina tabiat uzining kelgusi taraqqiyotining omiliga ega bo‘ladi. Insonsiz tabiatning etarli darajada taraqqiy etishi mumkin emas.

Inson asta sekinlik bilan nafaqat o‘zi yashayotgan erning rivojiga, balki butun Koinot miqyosidagi xayotga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bugungi kunda katta quvvat manbay, tegishli moddalar, axborotlar to‘plangan. Akl kuchi, fan, texnika sayyoramizda uzluksiz ravishda insoniyatga xizmat qilmoqda. Lekin afsuski, har qanday texnika, har qaysi fan Erning o‘z-o‘zini tiklash quvvati va imkoniyatini uning o‘zichalik amalga oshira olmaydi. Gap shundaki, inson akli erishgan muvaffaqiyatlaridan oqilona foydalana bilish ekologik muammoni hal etishda muhimdir. Inson aklining tabiat va jamiyatga ta’sirining kuchayishi uning tabiiy jarayonlarga aralashuvi oqibati, o‘z avlodlari xayoti uchun, insoniyat kelajagi uchun mas’ulligini yanada keskin qilib qo‘yadi. Aql qatlami deyilganda ham inson aqli bilan o‘zgartiriladigan va boshqariladigan zaminiy-sayyoraviy hamda samoviy bo‘shlik tushuniladi. Bu aql insoniyatning har tomonlama rivojlanib, kamol topishini kafolatlaydi. SHuning uchun ham insoniyat ko‘plab muhim bioqatlama jarayonlarining tabiiy kechishini ta’minlashni, ularni nazorat qilib, «sozlash»ni o‘z zimmasiga oladi. Agar, akl va texnika kuchida ularga zarur bo‘ladigan donishmandlik, yuksak ahloqiy, ekologik ong rivoji namoyon bulsagina Erning biosfera «aql qatlami noosferaga » aylana oladi. Buning uchun esa inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitini butunlay o‘zgartirish, uyg‘unlikning tanasi uchun ijtimoiy-iqtisodiy zamin yaratish kerak. O‘shandagina uzluksiz rivojlanish uchun kafolat yuzaga keladi. Ammo chukur ekologik ong ayni shu kunlarda juda zarurdir.

Ekologik ongsiz bioqatlamning aql kuchi jilovlanmagan kuch-qudrat misoli goh u yoqqa, goh bu yoqqa «sang‘ib» qoladi. Ekologik ong sohibi bo‘lmish inson esa ishonch ila oldinga zintiladi. Ekologik ong harakatning barqarorligi va yo‘nalganligini, aql kuchi xarakat sur’atini, hammasi birgalikda esa taraqqiyot tezligini ta’minlaydi.




Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling