8-mavzu. Foyda va ishlab chiqarish rentabelligi Reja
Foyda va uning shakllanish manbalari, taqsimlash tartibi hamda ko‘paytirish yo‘llari
Download 85.59 Kb.
|
8-mavzu
2. Foyda va uning shakllanish manbalari, taqsimlash tartibi hamda ko‘paytirish yo‘llari
Foyda muhim iqtisodiy kategoriya (toifa) bo‘lib, har bir tijorat tashkilotining asosiy maqsadi hisoblanadi. Iqtisodiy kategorriya sifatida foydamoddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadni aks ettiradi. Foydaning asosiy qismiga korxonalar ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotish orqali ega bo‘ladilar. Zamonaviy xo‘jalik yuritish sharoitlarida foydaning asosiy vazifasi korxona faoliyati samaradorligini aks ettirishda deb belgilanadi. Bunga foyda miqdori, korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan mahsulot tannarxi shaklidagi individual xarajatlar, mahsulot bahosi shaklidagi ijtimoiy zaruriy xarajatlarni o‘z ichiga olishi lozimligini sabab qilib ko‘rsatish mumkin. Foyda olishning asosiy manbalari quyidagilar: birinchi manba korxonaning mahsulotning u yoki bu turini ishlab chiqarishdagi monopoliya holati yoki mahsulotning nodirligi hisobiga shakllanadi. Bu manbaning saqlanishi mahsulotni doimiy ravishda yangilab borishni ko‘zda tutadi; ikkinchi manba ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq. Undan foydalanish samaradorligi bozor kon’yunkturasini bilish hamda ishlab chiqarishning rivojlanishini, doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi bozor kon’yunkturasiga moslashtirish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Foyda miqdori korxonaning mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash (doimiy ravishda talab darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotni tanlash); mahsulotlarini sotish va xizmat ko‘rsatish uchun raqobatbardosh sharoitlarni yaratish (baho, etkazib berish muddati, xaridorlarga xizmat ko‘rsatish, sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish va hokazo); ishlab chiqarish hajmi (ishlab chiqarish hajmi qanchalik katta bo‘lsa, daromad miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi); ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish tuzilmasi bilan bog‘liq bo‘ladi; uchinchi manba korxonaning innovatsion faoliyatidan kelib chiqadi. Undan foydalanish doimiy ravishda texnologiyalarni takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilash, uning raqobatbardoshligini ta’minlash, mahsulot sotish hajmi va foyda miqdorini oshirishni anglatadi. Foydani taqsimlash tamoyillari quyidagilardan iborat bo‘ladi: korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijasida oladigan foydasi davlat va korxona o‘rtasida xo‘jalik sub’ekti sifatida taqsimlanadi; foydaning davlatga to‘lanuvchi bir qismi soliq va yig‘imlar ko‘rinishida byudjetga kelib tushadi. Soliqlar tarkibi va foizi, ularni hisoblash tartibi va byudjetga to‘lanuvchi boshqa to‘lovlar qonunchilik tomonidan belgilanadi; soliqlar to‘langandan so‘ng korxona tasarrufida qoluvchi foyda miqdori, uning ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijalarini yaxshilashdan manfaatdorligini kamaytirmasligi lozim. Korxonada foydani taqsimlash va undan foydalanish tartibi uning Nizomida belgilab qo‘yiladi hamda vakolatli iqtisodiy xizmat xodimlari tomonidan tayyorlanib, korxona rahbariyati tomonidan tasdiqlanuvchi qoidalar yordamida aniqlanadi. orxonada foydani oshirishning asosiy yo‘llari. Har bir korxonada foydani oshirish bo‘yicha rejali chora-tadbirlar ko‘zda tutilishi kerak. Umuman olganda, bunday chora-tadbirlar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini oshirish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish; ortiqcha asbob-uskunalar yoki boshqa mulkni sotib yuborish yoki ijaraga berish; moddiy resurslar, ishlab chiqarish quvvatlari va maydonlari, ishchi kuchi va ish vaqtidan unumliroq foydalanish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish; ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish; mahsulot bozorini kengaytirish va hokazolar. Foyda korxona faoliyatining muhim iqtisodiy ko‘rsatkichi bo‘lsada, uning samaradorligini to‘la tavsiflab bermaydi. Korxona faoliyati samaradorligini aniqlash uchun natijalarni (foydani) xarajatlar yoki bu natijalarga erishish uchun sarflangan resurslar bilan solishtirish lozim. Download 85.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling