8-mavzu: Hakamlik sudlari. Hakamlik sudlari tomonidan hal etiladigan nizolar. Hakamlik muhokamasi taraflari. Reja
Hakamlik sudlari tomonidan hal etiladigan nizolar
Download 18.92 Kb.
|
8-mavzu Hakamlik sudlari. Hakamlik sudlari tomonidan hal etiladigan nizolar. Hakamlik muhokamasi taraflari.
Hakamlik sudlari tomonidan hal etiladigan nizolar
Fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolar Tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy nizolar 1) agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiyasi tuzilmagan bo‘lsa; 2) ular mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat’i nazar, ishga tiklash to‘g‘risida, mehnat shartnomasini bekor qilish vaqti va asoslari ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risida, majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lashga doir bo‘lsa; 3) ular xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning to‘lanishi haqida bo‘lsa; 4) ular mehnat vazifalarini bajarayotganda xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni (shu jumladan, ma’naviy zararni) yoki uning mol-mulkiga yetkazilgan zararning ish beruvchi tomonidan to‘lanishi haqida bo‘lsa; 5) ular ushbu Kodeks 78-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishga qabul qilish rad etilganligi haqida bo‘lsa; 6) ular ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan oldindan kelishib hal etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqqan bo‘lsa. Qonunda nazarda tutilgan boshqa nizolar deganda, qonun bilan boshqa organlar vakolatiga kiritilgan nizolar tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi bilan belgilangan nizolar bo‘lishi mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 293-moddasiga asosan alohida tartibda yuritiladigan quyidagi nizolar bevosita fuqarolik sudlariga taalluqlidir: 1) yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi; 2) bolani farzandlikka olish (bundan buyon matnda farzandlikka olish deb yuritiladi) haqidagi; 3) fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi; 4) fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi; 5) shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi; 6) shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi; 7) voyaga yetmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) to‘g‘risidagi; 8) mol-mulkni (ashyoni) egasiz deb topish haqidagi; 9) taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda ular bo‘yicha huquqlarni tiklash (chaqirib ish yuritish) to‘g‘risidagi; 10) yo‘qolgan sud ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 25-moddasiga asosan bevosita iqtisodiy sudlari vakolatiga taalluqli ishlar quyidagilar: 1) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tartibda olgan fuqarolar, shuningdek korporativ nizolar bo‘yicha ishlar ko‘rilayotganda taraflar bo‘lgan fuqarolar o‘rtasidagi fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan nizolarga doir ishlar; 2) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning huquqlari yuzaga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor bo‘lishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash (bundan buyon matnda yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash deb yuritiladi) to‘g‘risidagi ishlar; 3) bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar; 4) hakamlik muhokamasi bilan bog‘liq ishlar; 5) IPKning 30-moddasida ko‘rsatilgan korporativ nizolar bo‘yicha ishlar, bundan mehnatga oid nizolar mustasno; 6) chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijro etishga qaratish to‘g‘risidagi ishlar. Yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan fuqarolar ishtirokidagi nizolarga doir ishlar ham agar tegishli talablar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqsa, sudga taalluqli bo‘ladi. Qonun bilan sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sud o‘ziga taalluqli ishlarni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari, shuningdek chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ko‘radi. O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari iqtisodiy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan taqdirda barcha talablar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ko‘rilishi lozim. O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida ko‘rsatilgan ishlar nizo yuzaga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi yuridik yoki jismoniy shaxslar bo‘lishidan qat‘i nazar, sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 26-moddasiga asosan iqtisodiy sud tomonidan quyidagi nizolar hal etiladi: 1) tuzilishi majburiyligi qonunda nazarda tutilgan shartnomani tuzishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘g‘risidagi; 2) shartnoma taraflari tomonidan ko‘rib chiqilishi sudga o‘tkazilishi kelishilgan shartnomani tuzishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqidagi; 3) shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi; 4) bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi; 5) majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi to‘g‘risidagi; 6) mulk huquqini tan olish haqidagi; 7) mulkdor yoki mulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan molmulkni boshqa shaxsning g‘ayriqonuniy egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi; 8) intellektual faoliyat obyektlari va fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga mulkiy huquqlari buzilganligi haqidagi; 9) mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda buzilganligi to‘g‘risidagi; 10) zararning o‘rnini qoplash haqidagi; 11) ishchanlik obro‘sini himoya qilish to‘g‘risidagi; 12) undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish haqidagi; 13) agar qonunda jarimalarni so‘zsiz (akseptsiz) tartibda undirish nazarda tutilmagan bo‘lsa, nazorat qiluvchi organlar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolardan jarimalar undirish to‘g‘risidagi; 14) nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlari talablarini buzgan holda so‘zsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablag‘larini budjetdan qaytarish haqidagi nizolarni hal etadi. Sud qonun bilan o‘zining vakolatiga kiritilgan boshqa nizolarni ham hal qiladi. Download 18.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling