8-Mavzu: Ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va taxdidlar. Reja


Download 353.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana06.11.2023
Hajmi353.89 Kb.
#1750472
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4.1.-ma\'ruza

Upload yuklab qo'yish. Ma'lumotlarni (fayllarni) kompyuterdan tarmoqdagi 
yoki Internetdagi boshqa kompyuterga yoki serverga yuklab qo'yish. 
Download yuklab olish. Ma'lumotlarni (odatda faylni) tarmoqdagi yoki 
Internetdagi boshqa kompyuterlar va serverlardan o'z kompyuteriga yuklab olish. 
4. Tarmoq resurslari va ulardan umumiy foydalanish. Internet tarmogʽi 
Internet (Xalqaro tarmoq, World Wide Web) – hozirgi kungacha yaratilgan eng 
qulay aloqa va tadqiqot o’tkazish (ma’lumot qidirish va olish) vositasidir. Internetni 
dunyo bo’ylab bir-biri bilan maxsus til (IP, Internet protocol) orqali bog’langan 
kompyuter tarmoqlari majmuasi deb bilish lozim. Internetning yaratilishiga asos 
AQSH Mudofaa vazirligining Tadqiqotlar Agentligi (ARPA) loyihasi bo’lib, bir-biri 
bilan o’zaro bo’g’langantarmoqlar majmuini yaratishdan iborat edi. Bunday tarmoqda 
har bir bo’g’in alohida ishlay olish xususiyatiga ham ega bo’lishi lozim edi. Hozirda 
Internet aynan shunday talabga to’la javob bera oladi.  
Internetning qisqach rivojlanish tarixi: 
✓ 1960 yillar AQSHda ARPANET (Advanced Research Projects Agency - 
Network) loyihasi amalga oshirildi. 
✓ 1972 yilda elektron pochta xizmati ishga tushirildi. 
✓ 1989 yilga kelib ARPANETga ulangan kompyuterlar soni 100 000 taga 
yetdi. 
✓ 1989 yildan World Wide Web (WWW) standarti ish boshladi. Uning 
ixtirochisi Tim Berne’s Lee hisoblanadi. 
✓ 1990 yilda ARPANET tarmog’i kengaydi va Inter-Net-Network ko’rinishida 
Internet deb atala boshlandi. 


✓ 1993 yilga kelib Mosaic brauzeridan foydalanuvchilar soni 340% ga o’sdi. 
✓ Internet har xil yo’nalishda keskin o’sishda davom etmoqda. Hozirda hech 
kim yoki hech bir kompaniya yoki davlat uning egasi emas.  
Turli xil xizmatlarni bajaruvchi va har qanday mehnat faoliyatida bo’lgan 
kishilar (axborot texnologiyasi sohasi mutaxassislaridan tortib, to shifokor, o’qituvchi, 
maktab o’quvchilari, talabalar, hatto bog’cha yoshidagi bolalar, nafaqaxo’rlar, 
harbiylar, huquq-tartibot organi vakillari, artistlar va davlat xizmatchilari va h.k.) turli 
maqsadlarda foydalanishadi, xususan, axborot almashish va muloqat qilish (ijtimoiy 
tarmoqlar), ma’lumotlarni qidirish va olish, o’z mahsulotlari va xizmatlarini ommaga 
taklif etish, sotish, ilmiy izlanishlar olib borishda va h.k. Ayniqsa hozirda ommaviy 
axborot vositalari, jurnalistika sohasini Internetsiz tasavvur qilish qiyin. 

Download 353.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling