8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
такой
Adam Smit (1723–1790) Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida bojxona
amaldori oilasida dunyoga keldi. U Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim oldi, bu erda adabiyot, tarix, falsafa fanlari bilan birga fizika, matematikani ham o’rgandi. A.Smit 1748 yilda Edinburgda ommaviy lektsiyalar o’qiy boshladi, 1751 yilda Glazgo universitetining professori etib tayinlandi. Keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759 yilda o’qigan lektsiyalari asosida etikaning falsafiy muam-molariga bag’ishlangan o’zining birinchi «Axloqiy hissiyot nazariyasi» kitobini yaratdi. 1764 yili A.Smit hayotida keskin o’zgarish bo’ldi: u kafed-rani tark etdi va o’sha davrda ko’zga ko’ringan siyosiy arbob – gertsog Baklning o’g’li yosh lordning xorijga qiladigan sayohatida unga hamrohlik qilish to’g’risidagi taklifini qabul qildi. Bu sayohat-dan A.Smit katta moddiy manfaatdorlik ko’rar edi, ya’ni umrining oxirigacha unga har oyda 800 funt sterling kafolatlangan edi. Bu uning professorlik gonoraridan ancha ko’p bo’lgan. Sayohat chog’ida u Shvetsariyada Valter, Frantsiyada fiziokratlar F.Kene, A.Tyurgo, D.Alamber va boshqa atoqli olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar A.Smitning dunyoqarashini shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. 1766 yilda u o’z yurtiga qaytib keldi va «Odamlar boyli-gining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot» nomli asosiy asarini yozishga kirishdi. Bu asar 1776 yil martda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan oldin yaratilgan iqtisodiy bilimlar umumlashtirildi va umumiy nazariy tamoyil asosida iqtisodiy fan tizimiga aylandi. A.Smitning bu asari besh qismdan (kitobdan) iborat bo’lib, birinchi qismida qiymat va qo’shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida – kapital jamg’arilishi va uning funktsional shakllari, uchinchisida – kapitalizm rivojlanishining tarixiy shart-sharoitlari ko’rsatib berildi, to’rtinchisida – merkantilizm va fiziokratlar ta’limotiga bo’lgan o’zining munosabatlari aks etildi, beshinchi qismida davlat moliyasi savollari ko’rib chiqildi. Bu asar A.Smit hayot paytidayoq to’rt marta, uning o’limi-dan keyin asr oxirigacha yana uch marta qayta nashr etildi. U nafa-qat Angliyada, balki chet ellarda ham zo’r qiziqish uyg’otdi. A.Smit-ning bu buyuk asari dunyodagi barcha keyingi iqtisodiy ta’limot-larining rivojlanishiga va ko’pchilik davlatlarning iqtisodiy siyosatiga o’zining katta ta’sirini ko’rsatdi. A.Smit asarining nazariy qismining asosiy g’oyalarini ko’rib chiqamiz. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling