8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik
A.Smitning ijtimoiy-iqtisodiy nazariyalari
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
такой
A.Smitning ijtimoiy-iqtisodiy nazariyalari
a) boylikni ko’paytirish omillari: mehnat taqsimoti, pul, kapital A.Smit o’z kitobida jamiyatning iqtisodiy rivojlanishini va uning farovonligini oshirishni markaziy o’ringa qo’yadi. Asar-ning boshida A.Smit boylikni chinakam yaratuvchi bu – “har bir xalqning yillik mehnati” deb ko’rsatib o’tadi. Demak, boylikning manbai – mehnat. A.Smit .bu fikrni rivojlantirib, mehnat taqsi-moti boylikni yaratishda asosiy omil hisoblanadi, degan xulosaga keladi. Chunki mehnat taqsimoti asosida uning unumdorligi osha-di. Muallif bu tezisni to’g’nog’ich ishlab chiqarish ustaxonasi miso-li yordamida asoslab beradi. Ustaxonada o’n kishi ishlaydi. Ular o’rtasida mehnat taqsimlangan: biri simni tortadi, ikkinchisi uni to’g’rilaydi, uchinchisi kesadi, to’rtinchisi uchini o’tkirlaydi va h. Bir kunda bu o’n kishi 48000 to’g’nog’ich, ya’ni har bir kishi 4800 donadan to’g’nog’ich ishlab chiqaradi. Agar ular bir – birlariga bog’liq bo’lmagan holda ishlaganlarida, ularning hech qaysisi bir kunda 20 dan ko’p to’g’nog’ich tayyorlay olmagan bo’lar edi. Demak, ixtisoslashuv tufayli mehnat unumdorligi 240 baravardan ko’proq oshgan. A.Smitning fikri bo’yicha, mehnat taqsimoti milliy mahsu-lot yaratish jarayonida odamlar o’rtasida hamkorlikni amalga oshirishning juda qulay shakli hisoblanadi. Ixtisoslashuv tu-fayli mehnat jarayonini amalga oshirishda kishilarning chaqqon-ligi ortadi; ular vaqtni tejaydilar, chunki doimo bir ish turidan boshqasiga o’tishga hojat bo’lmaydi; ular o’z faoliyatlarini tako- millashtirish, ixtiro qilish uchun katta imkoniyatlarga ega bo’la-dilar. Taraqqiyot va jamiyat farovonligining haqiqiy manbai «ta-biat in’omi» emas (fiziokratlar hisoblaganlaridek), balki aynan mehnat taqsimotidir. Shu bilan birga, ixtisoslashuvni chuqur-lashtirish imkoniyatlari cheklangan bo’ladi, negaki birinchidan, agar yaratilgan qo’shimcha mahsulot xarid qilinmasa, undagi mehnatni yanada taqsimlashga zarurat bo’lmaydi, ikkinchidan, korxonalarning ko’lami qancha kichik bo’lsa, mehnat taqsimoti uchun imkoniyatlar shuncha kam bo’ladi (foydalanayotgan kapital miq-doriga qarab). Ushbu nazariyadan, milliy boylikning ko’payishi jamiyatdagi ayrim sinflar faoliyati natijasi emas (merkantilistlarda – sav-dogarlar, fiziokratlarda – er egalari), balki mehnat taqsimotida qatnashayotgan barcha kishilar faoliyatining natija-sidir, degan xulosa kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, foyda yaratuvchi har qanday mehnat unumli mehnatdir. Ammo bu masala bo’yicha A.Smitda izchillik bo’lmagan. Birinchidan, u faqat moddiy narsalarni yaratish va o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan mehnatni unumli mehnat hisoblangan. O’qituvchilar, huquqshunoslar, harbiy-lar, ma’muriyat, yozuvchilar va shu kabilarning mehnati esa unumli hisoblanmagan. Ikkinchidan, A.Smit iqtisodiyotda qishloq xo’ja-ligi sohasining ustunligi g’oyasidan qutula olmagan. U, hunar-mandlar va savdogarlar mehnatini er egalari mehnatiga nisbatan kam unumli bo’ladi, deb tasdiqlaydi. Negaki er egalariga tabiat «yordam» beradi va «dehqonchilikka qo’yilgan kapital haqiqiy boylikka va daromadga ancha ko’p qiymat qo’shadi». Bunda A.Smit-ning ta’kidlashicha, iqtisodiyotning rivojlanib borishi bilan sanoat tovarlari bahosi pasayib borish moyilligiga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari bahosi esa o’sish moyilligiga ega. Shuning uchun, uning fikricha, qishloq xo’jaligiga qo’yilgan kapital ancha foydali hisoblanadi. Agar o’sha davrda Angliyada manufaktura sanoati rivojlana boshlaganini va hatto birinchi yuqori unumli fabrikalarning paydo bo’lganligini hisobga oladigan bo’lsak, A.Smitning bu xatosini tushunish yana ham qiyinlashadi. Uning unumli mehnat kontseptsiyasida izchillikning yo’qligi, ishlab chiqarish jarayoni-dagi kapital mavqeini etarlicha tushunmaganligi natijasidir. A.Smitning fiziokratik bid’atlari jamiyat o’z resurslarini, birinchi navbatda, qishloq xo’jaligiga, ikkinchi navbatda, sanoatga va faqat, uchinchi navbatda, savdoga yo’naltirishi kerakligini tas- diqlashida o’z ifodasini topadi. Bundan A.Smit sanoat to’nta-rilishining dastlabki uchqunlarini va kelajakda yirik sanoat ishlab chiqarishining hal qiluvchi ahamiyatini ko’ra olmagan, degan xulosa kelib chiqadi. A.Smit boylikni ko’paytirishda pulning o’rniga alohida urg’u berib o’tadi. Uning tasdiqlashicha, qimmatli metallarning, pul-ning maxsus ahamiyati to’g’risidagi merkantilistlarning fikri noto’g’ri. Agar pulni jamg’arish asosiy maqsad bo’lsa, unda pul harakatsiz qolib ketadi, bu esa ushbu pulga ishlab chiqarish yoki sotib olish mumkin bo’lgan mahsulotlarning kamayib ketishiga olib keladi. Pul jamiyat boyligini ko’paytirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. A.Smit kapitalni tahlil qilgach, ishlab chiqarishning o’sishi, manufaktura sanoatining yaratilishi kapital faoliyati natijasi ekanligini ko’rsatib beradi. U kapital deganda maxsus ishlab chiqarish fondlarini, ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarish-ning moddiy omillarini tushungan. A.Smit kapitalni asosiy va aylanma kapital turlariga ajratib ko’rsatadi. Muomalada bo’ladigan kapital aylanma kapital, muomalada amal qilmaydigan kapital asosiy kapital nomini olgan. A.Smit bo’yicha, asosiy kapital ham, aylanma kapital ham boylik yaratadi. Kapitalning o’sishi – millat boyligini ko’paytirishning uchinchi (mehnat taq-simoti va puldan foydalanish bilan birga) asosiy omili. Kapital qancha ko’p bo’lsa, ishchilarni boqish va ularni ixtisoslashtirish imkoniyati shuncha ko’p bo’ladi. Buning ustiga, kapitalning o’sishi ayrim vaziyatlarda boylikni ko’paytirishning yagona vositasi bo’lishi mumkin. Shuning uchun A.Smit tejamkorlikni qo’llab- quvvatlaydi. Uning yozishicha, «har bir isrofgar – jamiyat boyligining dushmani, har qanday tejamkor odam – jamiyatga muruvvat ko’rsatuvchidir». Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling