8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik
g) qiymat va bahoning shakllanishi
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
такой
g) qiymat va bahoning shakllanishi
A.Smit «sarfli» qiymat nazariyasiga asos soldi. U tovarning foydaliligi (iste’mol qiymati) bilan almashuv qiymatini bir- biriga qarshi qo’ydi va almashuv qiymatining shakllanishini tah-lil qilishda foydalilikni inkor etdi. Keyinchalik, bu nazariya-dan ikki qarama-qarshi yo’nalish hisoblangan – iqtisodiy libera-lizm va sotsializm vakillari o’zlarining tamoyillarini asos-lash uchun foydalandilar. A.Smit bozor bahosining beqarorligini talab va taklifdagi doimiy o’zgarishlarning natijasi ekanligini ko’rsatib o’tadi. Lekin boylikning «haqiqiy» qimmati doimo o’zgarib turishi mumkin emas. Shuning uchun A.Smit o’z oldiga tovarning «real», «tabiiy» bahosini, ya’ni uning qiymatini topish vazifasini qo’ydi. Bunda u bir vaqtning o’zida ikki har xil kontseptsiyadan foydalandi. Birinchisi – tovarning qiymati faqat unga sarflangan mehnat bilan aniqlanadi: qancha ko’p mehnat sarflansa, tovar shuncha qimmat bo’ladi (bu kontseptsiya D.Rikardo va K.Marks iqtiso -diy ta’limotlarining asosini tashkil etadi). Ammo ushbu qoida, A.Smitning fikricha, faqat jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida, «qoloq jamiyatlarda» qo’llaniladi. Lekin tsivilizatsiyalashgan jamiyatda tovar qiymatini aniqlashda kapital va er ham hisobga olinadi. Ikkinchi kontseptsiya ana shunday paydo bo’ladi, unga binoan tovar qiymatini yaratishda barcha ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital, er) qatnashadi. Shunga muvofiq, tovar qiymati mehnat sarflaridan, foyda va er rentasidan tashkil topadi, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Ushbu rasmda A.Smitning birinchi kontseptsiyasi «mehnat» so’zi yozilgan yaxlit strelka ko’rinishida aks ettirilgan. Bu qiymatni yaratishda mehnat yagona manba ekanligini ko’rsatdi. Mehnat bilan yaratilgan daromad taqsimlanish jarayonida ish haqi, foyda va rentaga bo’linadi. A.Smitning ikkinchi kontseptsiyasining asl ma’nosi «Kapital» va «Er» so’zlari yozilgan nuqtali chiziq (punktirli) strelka yordamida ifodalangan. Bu kontseptsiya mahsu-lot va daromadlarni yaratishda mehnat bilan birga kapital va erning ham ishtirok etishini bildiradi. A.Smit o’z qarashlarida bu ikkala kontseptsiyadan foydalandi (1-rasm). Ishlab chiqarish Taqsimot Kapital Foyda Mehnat Qiymat Ish haqi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling