8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik
D.Rikardoning iqtisodiy ta’limoti
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
такой
5.2. D.Rikardoning iqtisodiy ta’limoti
David Rikardo (1772–1823) klassik iqtisodiy maktabining atoqli vakillaridan biri hisoblanadi. U Londonda badavlat birja makleri yahudiy Avraam Rikardo oilasida tug’ilgan. Oila-dagi o’n etti farzandning uchinchisi bo’lgan David yoshligida mun-tazam ta’lim olgan emas va u hech qachon kollej va universitetlar-da ham o’qimagan. Lekin u otasi yordamida tijorat sirlarini yaxshi o’rgangan va 16 yoshidayoq kontora va birjada otasiga yordamchi bo’lib ishlagan. D.Rikardo 21 yoshida otasi bilan aloqani uzishga majbur bo’ldi. Chunki otasi uning xristian dinidagi qiz bilan bo’ladigan nikohiga qarshi edi. Oradan 5– 6 yil o’tgach, D.Rikardo birjada o’ynab yirik boylik orttirdi. (bu davrga kelib uning oilasida uchinchi farzand tug’iladi, keyinchalik bu oila yana beshta farzand ko’radi). D.Rikardo 1810 yilga kelib London moliya dunyosidagi yirik shaxslarning biriga aylanadi. 1799 yili Bat kurortida D.Rikardo A.Smitning “Odamlar boyligi ...” asarini o’qib chiqqach, unda birinchi bor siyosiy iqti-sodga bo’lgan jiddiy qiziqish paydo bo’ladi. Shundan keyin u siyosiy iqtisod bilan shug’ullana boshladi va hammani qiziqtirgan savollarga javob berishga harakat qildi. Ko’pchilik tadqiqotchilarning guvohlik berishicha, D.Rikardo o’sha davrdagi iqtisodchi-olimlarning ko’pchiligi bilan ijodiy hamkorlikda bo’lgan. Ayniqsa, Jeyms Mill (Jon Styuart Mill-ning otasi) bilan D.Rikardo qalin do’st bo’lgan va unga qattiq ishongan. U D.Rikardoning dastlabki nashrlariga yordam bergan. P.Samuelsonning yozishicha “... Katta Mill deyarli tahlika ostida D.Rikardoni “Siyosiy iqtisod tamoyillari va soliq solish”ni (1817) yozishga majbur etdi va u Rikardoga shuxrat keltirdi”. Lekin D.Rikardoga A.Smitning ta’limotini va o’z zamondoshlari T.Maltus, J.B.Sey va boshqa “klassik maktab” iqtisodchilarining iqtisodiy qarashlarini “tushunishga” yordam bergan, har holda, J.Mill emas, balki uning iste’dodi va amaliy tajribasi hisoblanadi. Bunda uning asarlari, ayniqsa, “Siyosiy Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling