Savol: Bu tabiiy boylikni 2 soʻzda toping. Javob


Download 26.45 Kb.
bet1/3
Sana27.10.2023
Hajmi26.45 Kb.
#1726161
  1   2   3
Bog'liq
zakovat savollari Mahalla

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol

1-tur

1. Qirgʻiziston va Tojikiston hududlarida neft va gaz koʻp emas. Lekin bu mamlakatlarda bir muhim tabiiy boylikning Markaziy Osiyodagi 80% atrofidagi miqdori joylashgan.


Savol: Bu tabiiy boylikni 2 soʻzda toping.
Javob: Ichimlik suvi, chuchuk suv.
Izoh: Bu mamlakatlar hududida Pomir va Tyan-Shan togʻ tizmalari joylashgan. U yerdagi muzliklarda koʻp miqdorda zaxira ichimlik suvlari mavjud.

2. Norvegiyalik arxitektor va sayohatchi Tur Heyerdal Iroqqa kelganida an’anaviy daryo qayig‘ida safar qilishda yordam bera oladigan mutaxassis topa olmaydi. Heyerdalning fikricha, bunga sabab o‘sha paytda BIRINCHI hatto IKKINCHIDAN arzonlab ketgani edi.


Savol: BIRINCHI va IKKINCHI o‘rnidagi so‘zlarni yozib bering.
Javob: Benzin, shamol.
Qabul: Yoqilg‘i turining nomi va shamol javoblari.
Izoh: Heyerdal yelkan bilan ishlay oladigan mutaxassis topa olmagan. O‘sha paytda Iroqda neft konlari topilgan edi. Shu sabab benzin arzonlashib, daryoda yelkanli emas, motorli qayiqda yurish osonroq bo‘lgan.

3. 1950-yillarning boshlarida Boltiq harbiy okrugi havo mudofaasi qo‘mondoni polkovnik Shinkarenkoning buyrug‘i bilan Shvetsiya razvedka samolyoti urib tushirildi. Voqeani tahlil qilish jarayonida Sovet hukumati Shinkarenkoni sudga berish taklifi Stalinning “Xo‘sh, Shinkarenkoni qanday jazolashni xohlaysiz?” degan savolidan keyin bekor qilindi.


Savol: Biz savol matnida tushirib qoldirgan so‘zni defis ishtirokida yozib bering.
Javob: General-mayor.
Qabul: General-polkovnik, General-leytenant.
Izoh: Stalin nutqida Shinkarenkoning rutbasini polkovniklikdan general-mayorlikka ko‘targan edi. Lekin Stalin buni atay aytganmi yoki rutbani esidan chiqarib adashib aytganmi ma’lum emas, bu savoldan keyin Shinkarenkoni Stalin maqtadi deb o‘ylab uni jazolash haqidagi taklif muhokama qilib ham o‘tirilmaydi.

4. Uning tashqi ko‘rinishini bir jonivorning deyarli hamma narsani yeyishi va so‘ngra, so‘yilgach fermerga yaxshigina foyda keltirishi bilan izohlashadi.



Download 26.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling