1.2. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanini o’rganish uslublari.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi quyidagi bir qator progressiv uslublarga
asoslanadi:
har qanday tadqiqotning asosi uslubi sifatidagi dialektika, induktsiya
va deduktsiya, analiz va sintez;
o’tmishdagi iqtisodiy qarashlarni o’rganishda abstrakt va konkretlikni
ajratish;
iqtisodiy nazariya va amaliyot o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik-ning tahlili,
iqtisodiy ta’limotlardagi umumiylik, yagona va alohidalikni aniqlash.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o’rganishda umumiylik, yago-na va alohidalik
uslubini tovar tahlili misolida ko’rish mumkin:
umumiylik – tovar iste’mol qiymat va almashuv qiymatga ega ekanligi;
yagona – tovar konkret foydalikka ega ekanligi;
alohidalik – tovar ne’matlarning maxsus ko’rinishi ekanligi.
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani boshqa iqtisodiy fan-lar, ayniqsa,
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani bilan bevosita bog’liq. “Iqtisodiyot nazariyasi”da,
asosan, eng muhim iqtisodiy katego-riyalarning so’nggi davr uchun tahlili beriladi.
“Iqtisodiy ta’li-motlar tarixi” fani kishilik jamiyati taraqqiyotining turli
bosqichlarida ilgari surilgan iqtisodiy qarash, g’oya, nazariya va ta’limotlarni,
ularning o’ziga xos xususiyatlarini va umumiy tomonlarini tarixiy nuqtai nazardan
tadqiq
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |