8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   97
Bog'liq
такой

 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1-MAVZU. IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI FANINING PREDMETI, 
USLUBI VA QADIMGI DUNYoDAGI IQTISODIY TA’LIMOTLAR 
 
1.1.    Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining predmeti va uslubi 


“Iqtisodiy  ta’limotlar  tarixi”  fani  iqtisodiy  fanlar  tizimida  alohida  o’rin 
tutadi.  U  mustaqil  fan  sifatida  iqtisodchi  mutaxassislarni  tayyorlashda,  ularning 
iqtisodiy bilim, malakasini oshirishda katta rol o’ynaydi. 
“Iqtisodiy  ta’limotlar  tarixi”  fanining  o’rganish  predmeti  –  iqtisodiy 
jarayonlarga  bo’lgan  iqtisodiy  qarashlar  evolyutsiyasi,  iqtisodiy  g’oya  va 
nazariyalarning  shakllanish,  rivojlanish  qonuniyatlari  va  ularning  almashinuvining 
tarixiy   jarayoni   hisoblanadi.   Iqtisodiy   ta’limotlarning   vujudga   kelishi   va 
rivojlanishi  tahlili  yozuv  ixtiro  qilingan  quldorlik  davrdan  boshlab  ijtimoiy 
taraqqiyotning  barcha  tarixiy  jarayonlarini,  barcha  tarixiy  davrlarni  o’z  ichiga 
oladi. 
Iqtisodiy  ta’limotlar  bilan  jamiyat  iqtisodiyoti  bevosita  bog’liq.  Jamiyatning 
rivojlanishida   uning   ahamiyati    juda   katta.    Iqtisodiy   ta’limotlar   iqtisodiy 
jarayonlarni  to’g’ri  aks  ettirish,  ularga  faol  ta’sir  ko’rsatish  orqali  ijtimoiy 
taraqqiyotning  tezlashishiga  ta’sir  ko’rsatadi.  Hammaga  ma’lumki,  ko’pchilik 
kontseptsiyalar  (masalan,  yangi  klassik  yoki  keynschilik)  davlatlarning  iqtisodiy 
dasturlari asosi hisoblanib kelindi. 
Iqtisodiy    ta’limotlar    tarixiy    rivojlanish    jarayoniga    muvofiq    tarzda 
o’rganiladi.  Shu  bilan  birga,  bir  narsani  qayd  qilib  o’tish  kerakki,  iqtisodiy 
ta’limotlar  tarixi  zamonaviylikka  yo’naltirilgan.  Bu  ko’rib  chiqilayotgan 
muammolarning    hozirgi    kundagi    dolzarbligi    bilan    ifodalanadi.    O’tgan    davr 
iqtisodiy  ta’limotlari  tahlili  ehtiyojlarni  to’la  qondira  olmaydi,  qolaversa,  bunday 
tahlillar  faqat  tarixiy  jarayonlarni  o’rganish  uchun  amalga  oshirilmaydi.  Albatta, 
bugungi  kunning  dolzarb  muammolarini  to’la  hal  etishda  o’tgan  davr 
iqtisodchilaridan  tayyor  javob  topish  qiyin,  ammo  o’tgan  donishmandlarning  fikr- 
mulohazalari  hozirda  va  kelajak  to’g’risida  to’g’ri  xulosa  chiqarish  va  yangi 
g’oyalarni  yaratish  uchun  imkon  beradi.  Zero,  tarixiy  tajriba  shu-nisi  bilan  ham 
qimmatlidir. Tarixiy o’tmishni bilish hozirgi davr  ibtidosini  yaxshiroq  tushunishga 
yordam beradi. 
“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini o’rgangach, iqtisodchi mutaxassislar, eng 
avvalo,  jahon  iqtisodiyoti  va  milliy  iqtisodiyot  rivojlanishining  ob’ektiv 
qonunlarining  mohiyatini  ochib  berish,  muqobil  xo’jalik  qarorlarini  asoslab  berish 
va  keyinchalik  ularni  amalga  oshirishda  ijobiy  yondashish  uchun  zarur  bo’lgan 
o’zlarining tadqiqot mahoratlarini oshiradilar. 
Demak, iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda zarur bo’lgan fanlarning biri 
sifatida, iqtisodiy ta’limotlar tarixini o’rganish, bir tomondan, ularda umuminsoniy


va professional madaniyatni shakllantirish maqsadida zarur bo’lsa, ikkinchi tomon- 
dan,  turli  davrlardagi  nazariy  maktab,  oqim  va  iqtisodiy  yo’nalish  vakillarining 
nazariy  meroslarini  yaqin  zamondagi  tariximizga  xos  bo’lgan  noto’g’ri  talqin 
qilishdan  holi  bo’lishda  sotsiologiya  va  politologiya  bilan  birga  yana  tarixiy 
iqtisodiy bilimlarni egallash uchun ham zarur. 
 
 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling