8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
такой
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xrematistika
Ekonomika – Aristotel tushunchasi bo’yicha – bu, eng avvalo,
dehqonchilikdagi kishilarning hamda hunarmandchilik va mayda savdo bilan band bo’lganlarning asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsadi – insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi, shuning uchun unga davlat g’amxo’rlik qilishi kerak. Xrematistika – bu yirik savdo yo’li bilan boylik orttirish mahoratidir. Aristotelning qayd qilib o’tishicha, bunday boylik orttirish maqsadiga erishishning cheki bo’lmaydi. Bunday maqsad – boylik va pul topishdir. (Shu boisdan uning chegarasi yo’q). Ekonomikadan farqli ravishda, xrematistika zarur hisoblanmay-di va tabiat qonunlariga zid deb ko’rsatiladi. Shunday kelib chiq-qan holda, Aristotelning xitob qilishicha, «ekonomika maqtovga sazovor, xrematistika esa – tanbehga». Qadimgi grek mutafakkirlarining ekonomika va xrematisti-kaga bo’lgan bunday munosabati, uning natural xo’jalik mavqeda bo’lganligini yaqqol ko’rsatib turibdi. Aristotel o’zining ekonomika va xrematistika kontseptsiyasi doirasida quldorik davlat tuzilishini ideallashtirib, xo’jalik hayotining eng muhim unsurlarini sun’iy ravishda «soddalash-tirdi». Masalan, Aristotel fikri bo’yicha, «haqiqatan ham nar-salar shu qadar turli-tumanki, ularni tenglashtirib (taqqoslab) bo’lmaydi». Shunga ko’ra xulosa qilinadi: «5 qo’ndoq = 1 uyga», chunki ularni taqqoslash faqat go’yoki pul tufayli amalga oshi-rilishi «kundalik hayotda» ancha qulay. Tovar sifatidagi pulning o’zi esa, olimning fikricha, stixiyali ravishda emas, balki odamlar o’rtasidagi kelishuv natijasida kelib chiqqan va uni (pulni) «iste’molga yaroqsiz» qilib qo’yish «bizning ixtiyorimizda». Aristotelning ekonomika va xrematistika kontseptsiyasi «kam-chiligiga» ayirboshlashning ikkiyoqlama tavsifini ham kiritish mumkin. Bu erda gap shundaki, bir joyda ayirboshlash ehtiyojni qondirishda asosiy akt sifatida ko’riladi va tovarning iste’mol qiymatini iqtisodiyot sohasining kategoriyasi sifatida talqin qilish imkonini beradi, ikkinchi bir joyda – aksincha, ayir-boshlash boylik orttirish sifatida qaraladi va tovarning alma-shuv qiymatini xrematistika sohasining kategoriyasi deyishga asos bo’la oladi. Nihoyat, shu kontseptsiya nuqtai nazardan Aristotel savdo shakllari evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini biryoq-lama tahlil qilib, o’zining yirik savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy munosabatda ekanligini namoyon etdi. Xususan, to’g’ridan-to’g’ri tovar ayirboshlash va pul vositasi orqali tovar ayir-boshlash kabi savdoning dastlabki shakllarini u ekonomika soha-siga kiritadi, savdo kapitalining harakatini, ya’ni tovar ayirboshlash jarayonida dastlabki avanslangan pulni ko’payishini xrematistika sohasiga kiritadi. Xuddi shunga o’xshash, Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiq qiladi va pulning qiymat o’lchovi va muomala vositasi tarzida aks ettilishini – ekonomika soha-siga, pulning foydani ko’paytirish vositasi sifatida ishlatili-shini esa xrematistika sohasiga kiritadi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling