8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik
-MAVZU. IX-XII ASRLARDAGI O’RTA OSIYO
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
такой
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qur’oni Karimda
- «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misol
3-MAVZU. IX-XII ASRLARDAGI O’RTA OSIYO
MUTAFAKKIRLARINING IQTISODIY G’OYALARI 3.1. O’rta asr davridagi iqtisodiy qarashlarning o’ziga xosligi. Arab mamlakatlaridagi iqtisodiy g’oyalar O’rta asr davriga (feodalizm) kelib iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ancha to’g’ri aks ettirgan iqtisodiy g’oya va nazariyalar shakllandi va rivojlandi. Ular o’sha davrdagi ijtimoiy, iqti-sodiy rivojlanishidan kelib chiqqan holda o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Bunday xususiyatlardan biri, eng avvalo, iqtisodiy g’oya va nazariyalarda diniy qarashlarning ustunligidir. O’sha davrda xo’jalik hayotidagi diniy-axloqiy me’yorlar, ularning bozor iqtisodiy munosabatlari va ijtimoiy tizimda demokratik ta-moyillarning o’rnatilishiga to’sqinlik qilishi yangi iqtisodiy g’oya, nazariyalarning din “pardasiga o’rab” berilishiga sabab bo’lgan. O’rta asr natural xo’jalik turi yoki feodalizm Sharqdagi bir qator mamlakatlarda III – VIII va Evropadagi mamlakatlarda V – XI asrlarda o’rnatildi. Ushbu davrning boshidayoq siyosiy hokimiyat va iqtisodiy qudrat oqsuyaklar va cherkov xodimlarining qo’lida bo’lgan, ular goh ochiq, goh yashirin tarzda tovarli iqtisodiyot ko’lamining va sudxo’rlikning kengayish moyilligini qoralagan. Arab mamlakatlarida feodal munosabatlarning shakllanishi, ijtimoiy- iqtisodiy hayot sharoitini to’g’ri aks ettiruvchi iqtisodiy qarashlarning kelib chiqishi yangi islom dinining paydo bo’lishi bilan bevosita bog’liq. Ana shunday iqtisodiy fikr va ko’rsatmalar islom dinining muqaddas kitobi – Qur’oni Karimda (arabcha – qiroat, ya’ni o’qish) keng tarzda o’z aksini top-gan. Islom dinida Qur’oni Karim Alloh tomonidan payg’ambari-miz Muhammad alayhissalomga vahiy qilingan deyiladi. Qur’oni Karimdagi iqtisodiy fikr va ko’rsatmalar o’zining to’g’ri va faolligi bilan ajralib turadi. Qur’oni Karimdagi iqtisodiy ko’rsatmalar. Qur’oni Karim-dagi asosiy g’oyalardan biri musulmonlarning qardoshligi bo’lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdilar. Unda dehqon, hunarmandlar mehnati, umuman halol mehnat ulug’lanadi, barcha boylik shu asosda paydo bo’lishi uqtiriladi. Bu muqaddas kitobda savdoga katta ahamiyat beriladi, sudxo’rlik (sudxo’rlik foizi) qoralanadi, xususiy mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat va hatto hasad qilish katta gunoh deb ko’rsatiladi. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va to’g’rilikka buyuriladi va yolg’on ishlatish, o’g’rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Qur’oni Karimda qarz olish va berish, merosni taqsimlash, etim-esirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish, o’zaro yordam berish haqidagi g’oyalar hamda soliq turlari va miqdori to’g’risidagi tushunchalar katta ahamiyat kasb etadi. Oyati karima va hadisi shariflarda turli kasblarni egallash, ayniqsa, dehqonchilik, qo’ychivonlik bilan shug’ullanish, mehnat qilish zarurligi marhamat qilingan. Islom aqidasida isrofgarchilikka qarshi kurash, «Englar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar», degan ko’rsat-malar asosida olib boriladi (bu hozirgi davrda eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi), «Daryo bo’yida tahorat qilsan-giz ham suvni isrof qilmanglar» kabi qoidalar aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti va ekologiyasi uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Ibn Xoldunning iqtisodiy qarashlari. Iqtisodiy fikrlar-ning rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xoldunning (1332–1405) hissasi benihoya katta. U Tunisda zodagonlar oilasida tug’ilgan. Uning asosiy asari «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misol- Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling