Tiberiy Grakxning agrar loyihasi qisman amalga oshirildi va natijada o’n
minglab dehqonlar er olishga muvaffaq bo’ldilar. Tiberiy Grakx ataylab
o’ldirilgandan keyin, uning ishini ukasi Gay Grakx davom ettirdi. Dehqonlarga er
berish qaytadan bosh-landi hamda shaharlik kambag’allarga davlat xazinasidan
past bahoda don sotish to’g’risida qonun qabul qilindi. Grakxlarning islohoti
mayda dehqon er egaligi mavqeini kuchaytirish va aholi kambag’allashuvining
oldini olishga qaratilgan edi. Islohot ancha muvaffaqiyatli bo’ldi va hatto Gay
Grakx o’limidan keyin ham konservatorlar muhtojlarni er bilan ta’minlash
to’g’risidagi qonunni bekor qila olmadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: