8-mavzu: jon meynard keyns ta`limoti va keynschilik


Konfutsiy  (m.av.  551  –  479  y.)


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.94 Mb.
#214375
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   97
Bog'liq
такой

Konfutsiy  (m.av.  551  –  479  y.) alohida o’rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari   uning 
shogirdlari  yozib  qoldirgan  «Lun  Yuy»  («Suhbat  va  mulohaza»)  to’plamida  aks 
ettirilgan.  Uning  fikricha,  mehnat  ham  kishilarning,  ham  davlatning  boyligini 
ko’paytiradi.  Konfutsiy  «buyuk  jamoa  mulki»  (dehqon-lar  jamoasi  mulki)    va 
xususiy  egalik  (quldorlar  mulki)ni  farq-laydi,  ikkinchisini  ko’proq  qo’llaydi.  Bu 
erda u xususiy mulkni   xo’jalik  yuritishda  ustun qo’yadi.  Konfutsiy   aqliy mehnat 
bilan  jismoniy  mehnat  farqini  ko’rsatib,  aqliy  mehnat  bilan  «yuqori»  tabaqali 
kishilar, jismoniy mehnat bilan  esa, asosiy  qismi qullardan  iborat bo’lgan  «oddiy» 
kishilar shug’ullanadi, deb qayd qilib o’tadi. 
Konfutsiy   ta’limotiga   ko’ra,   bilimdon   hukmdor   –   u   «xalqning   otasi», 
«to’g’ri amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsim-lashning   kafolati. Uning 
tasdiqlashicha,  Alloh  va  tabiat  tomo-nidan  jamiyat  toifalarga  ajratilgan,  shu  bilan 
birga  u  har  bir  odamni  ma’naviy  yuksalishga  da’vat  etgan,  kattalarga  bo’lgan 
hurmat  qoidalari  to’g’risida,  farzandlik  burchi  to’g’risida,  aka-ukalar  o’rtasidagi 
do’stlik  to’g’risida      qimmatli  fikrlarni  ilgari  surgan.  Konfutsiy  ta’limotidan  shu 
narsani  ko’rish  mumkinki,  agar  reglamentlashtirilgan  patriarxal  munosabatlarda 
ustalik bilan xo’jalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo’ladi». 
Xitoyda  miloddan  oldingi  IV–III  asrlarda  xitoylik  mual-liflar  birgalikda 
yozgan asar «Guan-tszi» g’oyalari keng  tarqalgan. Bu asarda ilgari surilgan  ba’zi 
masalalar,  garchi  ular  ziddiyatli  bo’lsa-da,  bugungi  kunda  ham  diqqatga  sazovor. 
Masalan,  asarda  oltin  marvarid  alohida  boylik  sifatida  ko’rilmaydi;  bunday  boylik 
deb,  eng  avvalo,  moddiy  ne’matlar  (tovar)  e’tirof  etiladi.  Asarda  ko’rsatilishicha, 
bir  tomondan,  «oltin  davlat  resurslarini  hisoblash  o’lchovi  hisoblanadi»,  ikkinchi 
tomondan, u  «xalq  ommasi  uchun  muomala  vositasi  bo’lib  xizmat  qiladi».  Asarda 
barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi to’g’risida aniq fikr yuritiladi va qaerda


nonning  narxi    tartiblanib  turilsa,  o’sha  erda  tinchlik,  osoyishtalik  bo’ladi,  deb 
qayd  etiladi.  Iqtisodiyotni  tartibga  solib  turish  uchun,  asar  mualliflari  davlatning 
don  zaxiralarini  tashkil  etishni,  er  egalariga  imtiyoz-li  kredit  berishni,  temir  va 
tuzga  bo’lgan  to’g’ri  soliqlarni  egri  soliqlar  bilan  almashtirish,  ya’ni  ulardan 
foydalanib  ishlab  chiqariladigan  tovarlarga  bo’lgan  soliqni  kengaytirishni  tavsiya 
etadilar.  «Guyan-tszi»  mualliflari  «davlatni  boy, xalqni  mam-nun»  holda  ko’rishni 
xohlaganlar.  Asarda  er  va  suvlarni  davlat  ixtiyoriga  o’tkazish,  ulardan  daromad 
olish  yo’lida  foydalanish,  baholarni  tartibga  solish  va  boshqa  hozirgi  kunda  ham 
e’tiborga molik iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan. 
 
 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling