8. Mavzu: Ko’rish va eshitish analizatorlarning faoliyati, kasalliklari va ularning buzilishini oldini olish


Download 34.93 Kb.
bet2/6
Sana05.01.2022
Hajmi34.93 Kb.
#205650
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ko’rish va eshitish analizatorlarning faoliyati, kasalliklari va ularning buzilishini oldini olish

Eshitish analizatori ko’zdan keyingi tashqi dunyo haqida eng ko’p axborot beradigan sezgi a’zosi hisoblanadi, yana u odamda nutqning shakillanishi va o’sishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bolada tovush eshitmaslik holati nutqning rivojlanmasligiga olib keladi.

Odamda eshitish a’zosi uch qismdan, yani tashqi, o’rta va ichki quloqdan tashkil topgan bo’lib, tashqi quloq, quloq suprasi, hamda eshitish yo’lidan iborat. U tovushni yeg’ib beruvchi qismi hisoblanadi[3].

Tashki va o’rta quloqni bir-biridan nog’ora pardasi ajratib turadi. Unga o’rta quloqdagi suyakchalar (bolg’acha, sandon, o’zangi) birlashgan bo’lib ular tovushga mos ravishda tebranma harakat qiladi va hosil bo’lgan to’lqinlarni kuchaytirgan holda ichki quloqqa o’tqazadi.

Ichki quloq suyakli va uning ichidagi pardali labirintlardan iborat, ularning orasida, perelimfa, pardali labirint ichida esa endolimfa suyuqliklar bo’ladi. Ushbu suyuqliklar tovush ta’sirida nog’ora pardasi tebranishlarini o’rta quloqdagi suyaqchalar tebratma harakatiga ko’ra qabul qiladi va ularni nerv impulьslariga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eshitish analizatori uchun adekvat qitiqlagich bu tovush to’lqinlaridir. Turli tovushlar ma’lum chastota va kuchda bir-biridan farqlanadi. Odam eshita oladigan eng baland tovush 20 000 grts. ekg, past tovush esa 11-12 grts-ga teng[4].

Shovqun-suron ayniqsa yosh bolalar va o’smirlarga kuchli salbiy ta’sir qiladi. Shu bois voyaga yetmagan bolalarning traktor, mashinalar ishlab turgan joylarda uzoq turib qolishi, ba’zan mexnat qilishi (bunday holatlar qishloq xo’jalik ishlari bilan shug’ullanishda uchrab turadi) eshitish analizatori faoliyati va uning buzilishi bois kelib chiqadigan hastaliklar nuqtai nazardan juda no’maqbul hisoblanadi.

Eshitish analizatorining yosh xususiyatlari. Bola qancha yosh bo’lsa shunchalik eshitish o’tkirligi pasroq bo’ladi va eshitish analizatori tezroq charchab qolish xususiyatiga egadir.

Talabalar analizatolarning yosh xususiyatlari va gigiyenasi mavzusini o’rganish natijasida qo’yidagi bilim va malakalarga ega bo’lishi zarur:



  • analizatorlar faoliyatini yosh xususiyatlari to’g’risida ma’lumotga;

  • turli hil analizatorning funktsialari to’g’risida bilimlarga;

  • ko’rish organlari gigiyenasi to’g’risida;

  • eshitish organlari gigiyenasi to’g’risida;

  • bolalarda yaqindan ko’rmaslik to’g’risida;

  • qo’rish va eshitish organlarining kasalliklarini oldini olish to’g’risida.

Ko’rish analizatorning gigiyenasi qo’yidagi yosh hususiyatlarga bog’liqdir:

  • bola qancha yosh bo’lsa shunchalik ko’z o’tkirligi va ta’surotlarga sezuvchanligi pastroq bo’ladi;

  • akkomadatsiyani ya’ni predmetlarni turli xil masofalardan ko’rishni amalga oshirish imqoniyatlari susroq bo’ladi;

  • ko’rish analizatorda tezroq toliqish vujudga keladi.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki ko’rish analizatorining gigiyenasi deganimizda, ko’rish analizatorlar faoliyatini optimal ravishda amalga oshirish, uchun kerakli normalar, shart sharoitlar va talablarni amalga oshirish zarur:

- tabiiy va sun’iy yorug’lik normalariga rioya qilish;

- bolani bo’yiga qarab jixozlarni to’g’ri tanlash (ko’rish masofasi 30-35 sm.ga teng bo’lishi kerak;

- teleko’rsatuvlarni ko’rish muddatini normalarga qarab ta’minlash;



- uzliksiz ravishda yozish 6-7-yoshdagi bolalar uchun 5-7daqiqa; uzliksiz o’qish 6-7 yoshdagilarga 10 daqiqa va mashg’ulot jarayonida tez-tez ko’zga dam berish lozim.


Download 34.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling