8. Mavzu: Ko’rish va eshitish analizatorlarning faoliyati, kasalliklari va ularning buzilishini oldini olish


Download 34.93 Kb.
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi34.93 Kb.
#205650
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ko’rish va eshitish analizatorlarning faoliyati, kasalliklari va ularning buzilishini oldini olish


8. Mavzu: Ko’rish va eshitish analizatorlarning faoliyati, kasalliklari va ularning buzilishini oldini olish

Kalit so’zlar: Ko’rish, eshitish, analizatorlar faoliyati, kasalliklar, ilk yoshdagi bolalar, maktabgacha yoshdagi bolalar, pediatriya, gigiyena, fan, predmet, salomatlik,tarbiya.

Reja

  1. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning analizator faoliyatining hususiyatlari

  2. Ko’rish analizator vazifasilari, kasalliklar va ularni oldini olish

  3. Eshitish analizator vazifasilari, kasalliklar va ularni oldini olish

  4. Rangli ko`rish tizimi bilan tanishtirish.

  5. Analizatorlarning gigiyenasi

Analizatorlarning o’ziga xos xususiyatlari qo’yidagilar:

  1. Muhit ta’sirotlarini qabul qilishga moslashgan bo’lib turli ta’sirotlarni qabul qilishda bir-biridan farq qiladi (ko’z retseptorlari yorug’lik nurlarini, quloq retseptorlari, tovush to’lqinlari va boshqalar).

  2. Analizatorlarning bir-biri bilan bog’likligi va bir-birini o’rnini bosishi imqoniyatiga egaligi. Agar odamni ko’zi ko’rmasa uni eshitish tizimi yaxshi rivojlangan bo’ladi.

  3. Ta’sirlovchi kuchiga moslashish imqoniyatiga egaligi.

  4. Haddan tashqari kuchli ta’sirotga boshqa analizatorning javob berish imqoniyatiga egaligi.

Inson tashqi dunyo haqidagi axbortni 90%dan ortig’ini ko’rish analizatori orqali qabul qilinadi. Ko’rish analizatorning pereferik qismi-ko’zdir. Ko’z asosan 3 qavatdan tashkil topib, unda tashqi oqsil yoki sklera, o’rta-tomirli va ichki - to’r kavatlar farq qiladi.

Ko’zni tuzilishi. Rangdor qavat ko’z rangini belgilaydi va uning o’rtasida ko’z qorachig’i mavjud bo’lib, shu joyda joylashgan muskullar yordamida o’z ko’lamini o’zgartiradi va buning oqibatida ko’z ichiga tushadigan yorug’lik ko’payib hamda kamayib turadi. Yangi tug’ilgan bolalarda qorachiq ancha tor, 12-13 yoshlarga kelib esa uning yorug’likka nisbatan reaktsiasi katta odamlarnikiga tenglashadi. Shox va rangdor qavatlar hamda rangdor qavat va gavxar orasida tegishli ravishda birlamchi va ikkqilamchi ko’z kameralari bo’lib, ulardagi suyuqlik qon tomirlari bo’lmagan gavxar va shox qavatni oziq moddalar bilan ta’millab turadi. Gavxarning orqa tomonida tiniq yelimsimon suyuqlik bo’lib, u shishasimon tana deyiladi[1].

Turli masofalarda joylashgan predmetlarni aniq ko’rish, uning tasvirini to’r qavatga tushirish bilan bog’liq va bunda ko’z gavxari hal kiluvchi ishni bajaradi. Yani ko’zdan uzoq narsani ko’rishda qavariq xolga keladi va shu bilan o’sha narsaning tasviri to’r qavatga tushadi. Ko’zning bu xususiyati akkomadatsiya deyiladi.

Predmetlar aksini to’r qavatga tushmasligi (uning oldiga yoki orqasiga tushishi) yakindan va uzoqdan ko’rish holatlariga olib keladi[2].

Yakindan ko’rish holatida predmetlardan ko’zga tushgan yorug’lik nurlari kesishib, ularning aksi to’r kavatning oldiga tushadi. Bunday odamlar faqat yakin masofalardan yaxshi kuradi xolos, shuning uchun ular televizorga yaqin o’tirishga harakat qiladi. Kitob o’qishda uni ko’zga ancha yaqin keltiradi va boshqalar. Yaqindan ko’radigan ko’zni me’yoriy holatiga keltirishda akkomadatsiya yordam bermaydi. Bu holatni tuzatish uchun ikki tomonni botiq ko’zoynaklar taqish kerak, bundan ko’zoynak ko’z optik qavatida kuchli sinadigan nurlarning tegishli darajada yoyilishga olib keladi.


Download 34.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling