8-Mavzu: korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor sharti
Download 139.5 Kb.
|
8 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
8-Mavzu: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH – FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR SHARTI 1.Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi. Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar 2.O’zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuni (2017 yil 3-yanvar) 3.Korrupsiyaga qarshi kurashda fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirok etishi
Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur etkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan. 2010 yilda O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti Korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘ining Istambul harakat dasturiga qo‘shildi. So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmlarini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlashga doir bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. 2.Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilqindi. Har bir qonun yaxshilikni ko‘zlab, ezgu maqsadda qabul qilinadi. Ayrim qonunlar o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra davlat va jamiyat taqdiri, xalq kelajagi, har birimizga daxldor bo‘ladi. Milliy parlamentimiz tomonidan qabul qilinib, 3 yanvar 2017 yil Prezidentimiz tomonidan imzolangan «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun ana shunday tarixiy ahamiyatga ega hujjatlardan biridir. 6 bob va 34 moddadan iborat ushbu qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar va me’yorlar belgilangan. Download 139.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling