8-mavzu: kredit munosabatlarini muvofiqlashtirishning huquqiy asoslari


Download 0.77 Mb.
bet4/7
Sana24.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1061823
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8 MAVZUKREDIT MUNOSABATLARINI MUVOFIQLASHTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Kredit shartnomasi:

  • Kredit shartnomasi:
    • ikki taraflama shartnomadir, ya’ni har ikki taraf tegishli huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi;
    • haq evaziga tuziladigan shartnomadir, ya’ni qarzdor kreditorga kredit olganligi uchun foiz, marja, komissiya ko‘rinishida haq to‘lashi lozim;
    • konsensual shartnomadir, ya’ni u kredit shartnomasi taraflar tomonidan imzolanishi bilanoq tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi, biroq berilgan kreditga foizlar shartnoma tuzilgan kundan emas, balki haqiqatda kredit mablag‘laridan foydalanilgan davr uchun to‘lanadi;
    • xo‘jalik shartnomasidir, chunki kredit shartnomasi asosan tadbirkorlik faoliyatiga mansub sohalarda tuziladi.

Kreditning maqsadi.

  • Kreditning maqsadi.
  • Tijorat banki uchun kreditning qanday maqsadlarga so‘ralayotganligi muhim hisoblanadi. Shartnomada kreditning qaysi maqsad uchun ishlatilishi ko‘rsatiladi va bu korxonalarning biznes rejasida o‘z aksini topishi lozim. Biznes rejada ko‘rsatilgan maqsad bo‘yicha kredit summasi o‘tkazilib beriladi va korxonaning keyingi faoliyati ham bank tomonidan kreditning shartnomada ko‘rsatilgan maqsadlarga yo‘naltirilishi nazorat qilib boriladi.
  • Kredit summasi.
  • Kredit shartnomasida kreditning summasi mijozning garovga qo‘ygan mulkining 120 foizi miqdorida yoki kafolatlangan summa miqdorida belgilanib ko‘rsatiladi. Tijorat banki mijoz arizasida ko‘rsatilgan summani har tomonlama asoslab berishi kerak. Odatda, mijozlar o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada baholab keladilar. Tijorat banklari kerakli hollarda kreditlanayotgan obyektni to‘la o‘rganib chiqish uchun mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
  • Kreditning foiz stavkasi.
  • Hozirgi kunda ko‘pgina tijorat banklari qayta moliyalash stavkasini va jalb qilgan resurslarining bahosini hisobga olgan holda o‘zlarining kredit siyosatiga muvofiq mustaqil foiz stavkalarini o‘rnatadi.
  • Kreditni qaytarish muddati.
  • Shartnomaga asosan kreditdan foydalanish muddati kelganda, kredit olgan korxona muddatida kreditni qaytarmasa, muddati o‘tgan qarz hisob raqamiga chiqariladi. Har oyning birinchi kuniga har oy uchun olinadigan foiz summasini o‘z vaqtida to‘lab bormasa, muddati o‘tgan foiz hisoblanib boriladi. Kredit uchun olinadigan foiz bir necha marta muddati o‘tgan foiz hisob raqamiga chiqsa, bank kreditni muddatidan oldin yopishga farmoyish beradi. Barcha ssuda operatsiyalari shu hisob raqam orqali olib boriladi. Kredit summasi bankning o‘z mablag‘lari hisobidan vakillik hisob raqami orqali to‘lab beriladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling