- Tayyorladi: “Bank ishi” kafedrasi dotsenti v.b., PhD. D.Ch.Murodova
8-MAVZU: KREDIT MUNOSABATLARINI MUVOFIQLASHTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI - 1. Kredit munosabatlarining sub’ektlari va ular o‘rtasida shartnomalarning zarurligi
- 2. Kredit shartnomasi tushunchasi va uning asosiy belgilari
- 3.Kredit munosabatlarini tashkil etishda kredit shartnomaning xususiyatlari va ahamiyati
1. Kredit munosabatlarining sub’ektlari va ular o‘rtasida shartnomalarning zarurligi - Qarz oluvchi – o‘ziga tegishli bo‘lmagan mablag‘ni vaqtincha ishlatib, uni belgilangan muddatda qaytarib berish va u bo‘yicha foiz to‘lash majburiyatini oluvchi tomondir.
- Kreditlash obyekti – bu qarzga olingan summa va uning qaysi obyekt-tovar-moddiy boyliklar, xarajatlar va hokazolarga yo‘naltirilganligini anglatadibo‘yicha foiz to‘lash majburiyatini oluvchi tomondir.
- Kreditlash subyekti- qarz oluvchi bo‘lib mulkchilik turidan qat’iy nazar, bank ishonchini qozongan, ma’lum moddiy va huquqiy kafolatlarga ega foiz to‘lash va kreditni o‘z vaqtida qaytarishga rozi bo‘lgan subyektlar bo‘lishi mumkin.
- Kreditlash subyektlariga yanada aniqroq yondashadigan bo‘lsak, ularni quyidagilarga bo‘lish mumkin:
- davlat korxona va tashkilotlari;
- xususiy mulkchilikka asoslangan korxona va tashkilotlar;
- kichik biznes, xususiy tadbirkorlik subyektlari, kooperativlar;
- ishlab chiqarish subyektlari va savdo tashkilotlari;
- oilaviy tadbirkorlik, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar, fermerlar, mikrofirmalar, birlashmalar;
- boshqa banklar;
- boshqa xo‘jaliklar, xususan, hukumat korxonalari, qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
- Qarzga berilgan qiymat yo‘nalishi
Do'stlaringiz bilan baham: |