8-mavzu: kredit munosabatlarini muvofiqlashtirishning huquqiy asoslari


Kredit shartnomasining tarkibi odatda quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi


Download 0.77 Mb.
bet6/7
Sana24.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1061823
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8 MAVZUKREDIT MUNOSABATLARINI MUVOFIQLASHTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Kredit shartnomasining tarkibi odatda quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:

  • Kredit shartnomasining tarkibi odatda quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
  • kirish qism - umumiy holat – shartnoma predmeti – kredit berish maqsadi, shartlari - hisoblanish shartlari va tarkibi – tomonlarning huquq va majburiyatlari – boshqa shartlari – yuridik manzillari, rekvizitlari, tomonlar imzolari.
  • Har bir kredit shartnomasi shakliga ko‘ra quyidagi to‘rtta asosiy tamoyillarga asoslanadi:
  • mustahkam huquqiy asos;
  • shartnoma tuzish erkinligi;
  • tomonlarning o‘zaro manfaatdorligi;
  • shartnoma shartlarining kelishilganligi.

Kredit shartnomasining huquqiy asosini qonunlar, bank faoliyatiga oid boshqa yuridik va me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.

  • Kredit shartnomasining huquqiy asosini qonunlar, bank faoliyatiga oid boshqa yuridik va me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.
  • Kredit shartnomasini tuzish erkinligi mijozni ssuda olmoqchi bo‘lgan bankni tanlash erkinligida va bankning shu mijozga kredit berish masalasini yechish erkinligida o‘z aksini topadi. Ikkala tomon shartnomaviy munosabatlarga o‘z xohishlariga ko‘ra kiradilar. Tomonlarning bir-biridan o‘zaro manfaatdorligi kredit shartnomasi shartlarini kelishish imkoniyatini bildiradi. Har bir tomon ham o‘z manfaatlarini qondiruvchi optimal variantni topishga harakat qiladi.
  • Kredit shartnomasi tarkibini shakllantirishda, muhim va yordamchi shartlarning bor ekanligiga ahamiyat berish kerak. Muhim shartlar deganda, biz kredit shartnomasini tuzish imkoniyatini aniqlovchi shartlarni tushunamiz. Ularga tomonlarning nomi, shartnoma muddati, predmeti va summasi, ssudani berish va qaytarish tartibi, ssudadan foydalanish bahosining darajasi, kredit qaytarilishinng ta’minlanganligi, tomonlarning javobgarligi kiradi.

Qo‘shimcha shartlar kredit qaytarilishini ta’minlashga, qo‘shimcha garovni yaratishga qaratilgan bo‘ladi. Ular aniq bir qarzdorlar uchun qo‘llaniladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Qo‘shimcha shartlar kredit qaytarilishini ta’minlashga, qo‘shimcha garovni yaratishga qaratilgan bo‘ladi. Ular aniq bir qarzdorlar uchun qo‘llaniladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • qarzdorning aniq bir kreditga layoqatlilik darajasiga erishish majburiyati;
  • hisob va hisobotning zaruriy holati;
  • garovga qo‘yilgan mulkning saqlanganligi;
  • bank nazorat qoidalariga rioya qilishlik;
  • bank ruxsatisiz korxonani qayta tashkil etishning ta’qiqlanganligi v.b.
  • Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlarni hisobga olgan holda, kredit shartnomasining umumiy sxemasi quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
  • shartnoma maqsadi;
  • bank huquqlari;
  • qarz oluvchining huquqlari;
  • bank majburiyatlari;
  • qarz oluvchining majburiyatlari;
  • shartnomaning amal qilish muddati;
  • boshqa shartlar;
  • tomonlarning yuridik manzili va imzolari.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling