Buxgalteriya hisobining usullari va ularni tasnifi

Download 50.66 Kb.
Sana25.12.2022
Hajmi50.66 Kb.
#1066045
Bog'liq
akbar

Buxgalteriya hisobining usullari va ularni tasnifi

Reja:

  • Buxgalteriya hisobining usullari.
  • Buxgalteriya hisobining elementlari

Buxgalteriya hisobi o‘z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, oldidagi vazifalarni to‘la-to‘kis yechib berish uchun maxsus usullarni o‘z ichiga oladi va bu usullar yordamida buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida o‘rganiladi. Buxgalteriya hisobida, asosan, quyidagi usullardan foydalaniladi: — hujjatlashtirish; — inventarizatsiya; — baholash va kalkulatsiya; — ikki yoqlama yozuv va schotlar; — balans va hisobot. Hujjatlashtirish — bu buxgalteriya hisobida mablag‘lar harakatini belgilovchi, unga qonuniy kuch beruvchi jarayondir. Hujjatlashtirish yordamida amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini tartibga solish uchun asos yaratiladi. Hujjatlarga asosan mablag‘lar harakatini tasdiqlovchi huquqiy asos yaratadi. 

Inventarizatsiya —(yo‘qlama) qilish yordamida tegishli moddiy boyliklarning to‘liqligi nazorat qilinadi. Moddiy javobgar shaxs belgilangan muddatlarda korxona buxgalteriyasiga o‘z hisobotini topshiradi, unda hisobot davrida tovar va moddiy boyliklar holatidagi o‘zgarishlar o‘z ifodasini topadi. Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi natijalarini aniqlash me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solingandir. Baholash va kalkulatsiya — korxona va tashkilotlardagi mavjud mablag‘lar harakati buxgalteriya hisobida ifodalanadi, mahsulot ishlab chiqarishda sarf qilingan xarajatlar o‘rganiladi, baholash va kalkulatsiya alohida ahamiyatlidir. Mablag‘lar harakatini o‘rganish, asosan, pul o‘lchov birligida yuritilishini hisobga olgan holda baholash pul ifodasida yuritiladi. Ikki yoqlama yozuv va schotlar — buxgalteriya hisobining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalari tegishli schotlarda ikki yoqlama yozuv bilan ko‘rsatiladi. Har bir amalga oshiriladigan xo‘jalik operatsiyasidan birining ko‘payishi ikkinchisining ozayishiga olib keladi.

Korxona mablag‘larining holatini o‘rganishda u yoki bu mablag‘ga bo‘lgan talabni aniqlashda schot ko‘rsatkichlari asos uchun o‘rganiladi. Amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini tegishli schotlarda ikki yoqlama yozuv bilan rasmiylashtirish hujjatlarga asoslangan holda olib boriladi. Buxgalteriya hisobi schotlarini yuritishdan asosiy maqsad, hujjatlardan kerakli joyda umumlashtirilgan ma’lumotlarni tayyor holda olish mumkin. O‘z navbatida, schotlar ikki guruhga, ya’ni xo‘jalik mablag‘larining joylanishini ko‘rsatuvchi schotlarga va xo‘jalik mablag‘larining manbalarini hisobga oluvchi schotlarga bo‘linadi. Balans va hisobot. Korxona va tashkilotlar mulk shaklidan qat’i nazar, mavjud asosiy va aylanma mablag‘lari holatini doimo nazorat qilib borishlari kerak. Buxgalteriya balansida xo‘jalik mablag‘lari joylanishi va tashkil topish manbalari ma’lum muddatga pul ifodasida ko‘rsatiladi. Xo‘jalik mablag‘lari balansda aks ettirish nuqtayi nazaridan ikkiga bo‘linadi: 1. Xo‘jalik mablag‘larining joylanishini ko‘rsatuvchi tomon (balansning «aktiv» tomoni). 2. Xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish manbalarini ko‘rsatuvchi tomon (balansning «passiv» tomoni).

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling