8-mavzu: kredit munosabatlarini muvofiqlashtirishning huquqiy asoslari


Kredit shartnomasi tushunchasi va uning asosiy belgilari


Download 0.77 Mb.
bet3/7
Sana24.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1061823
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8 MAVZUKREDIT MUNOSABATLARINI MUVOFIQLASHTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI

2. Kredit shartnomasi tushunchasi va uning asosiy belgilari.

  • «Kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi taraf — (qarz oluvchi)ga shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlarda pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi. Kredit shartnomasi bank amaliyotida bank ssudasi (qarzi) shartnomasi deb ham yuritiladi.
  • Kredit shartnomasi haq barobariga, qaytarilishi sharti bilan, oldindan kafolatlanish yo‘li bilan, maqsadli shaklda tuziladi. U bir tomonlama, real tuziladi. Tomonlar kelishuviga ko‘ra yoki qonunda bevosita ko‘rsatilgan hollarda bu shartnoma tekin (foiz olinmasdan) tuzilishi ham mumkinligi qonunda ko‘zda tutilgan.
  • Fuqarolik kodeksining 745-moddasiga ko‘ra kredit shartnomasi yozma tuzilishi shart. ©zma shartnomaga rioya qilmaslik uning xaqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi. Ko‘pchilik hollarda har ikkala tomon imzolaydigan yagona hujjat shaklidagi shartnoma tuziladi. Ammo ayrim hollarda qarz oluvchi bu xaqda yozma ariza va o‘z iltimosini asoslovchi hujjatlar (texnik-iqtisodiy asoslar, biznes reja) bilan murojaat Qilishi mumkin. Bank ariza va taqdim etgan xujjatlarni, kredit olish shartlarini, qarz oluvchining to‘lov qobiliyati, kredit olinayottan loyiha tavakkalchiligi olinadigan foyda hajmi, kredit kafolatlari va boshqa holatlarni hisobga olgan holda kredit berish yoki iltimosni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

3.Kredit m unosabatlarini tashkil etishda kredit shartnomaning xususiyatlari va ahamiyati

  • Kredit shartnomasida tomonlarning nomlanishi, shartnomaning amal qilish muddati, kredit bitimining predmeti va shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, bu majburiyatlarni bajarilishining huquqiy kafolatlari ko‘rsatilgan bo‘ladi.
  • Kredit shartnomasi, odatda, yozma shaklda tuziladi va kerakli shaxslar tomonidan imzolanadi. Yozma shaklda tuzilmagan kredit shartnomasi haqiqiy hisoblanmaydi. Fuqarolik kodeksining 744-moddasiga asosan kredit shartnomasiga ko‘ra, bir taraf – bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mabalg‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling