8-mavzu. Mahsulot, tovar


Kredit 6410 «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» (hisoblangan aktsiz soli-i va QQS so`mmasiga) Debet


Download 31.32 Kb.
bet3/7
Sana26.01.2023
Hajmi31.32 Kb.
#1124884
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-mavzu. Mahsulot, tovar (ish, xizmat) lar va ularni sotish hiso (1) (1)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Debet
Kredit 6410 «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» (hisoblangan aktsiz soli-i va QQS so`mmasiga)
Debet 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar» (mahsulot sotishdan tushadigan sof tushumga).
Mahsulot xaridorga yuklab jo’natilganda aks ettirilgan tushum, ya’ni daromad so`mmasi ayrim hollarda qayta ko’rib chiqiladi hamda tuzatishlar kiritiladi. Bunday tuzatishlar ishlab chiqaruvchi tomonidan sotish bo’yicha chegirmalar berilganda yoki xaridor tomonidan Mahsulotlar qaytarilganda amalga oshiriladi. Mahsulotlar shartnoma shartlari bajarilmaganligi, ya’ni ularning sifati talabga javob bermaganligi, kelishilgan Mahsulot turlari jo’natilmagan bo’lsa yoki boshqa shunga o’xshash hollarda qaytariladi. Buning natijasida sotishdan tushum kamayishi aks ettirilishi lozim. Tushumni aks ettiruvchi 9010-schyotda mazkur jarayonni aks ettirish to’liq ochib berish tamoyiliga to’-ri kelmaydi. To’liq ochib berish tamoyiliga binoan sotishning umumiy hajmi, sotish bo’yicha berilgan chegirmalar hamda Mahsulotlarning xaridorlardan qaytarilish hollari hisob tizimida to’liq aks ettirilishi lozim. SHunga binoan sotishni aks ettiruvchi schyotga qarama qarshi ishlatiluvchi kontr schyotlar ishlatiladi. SHartnomalar bo’yicha berilgan chegirmalar 9050-»Savdo chegirmalari» schyotining debetida), qaytarilgan Mahsulot yoki tovarlar esa 9040 –»Qaytarilgan tovarlar (Mahsulotlar)» schyotining debetida aks ettiriladi:

  1. Debet 9050-»Savdo chegirmalari»

Kredit 4010 Olinadigan schyotlar

  1. Debet 9040 –»Qaytarilgan tovarlar (Mahsulotlar)»

Kredit 6960 «Da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar»

  1. Xaridorga so`mmalar qaytarilganda:

Debet 6960 «Da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar»
Kredit 5110 Hisob-kitob schyoti
Hisobot davri oxirida sotish bo’yicha ma’lumotlar umumlashtirilib, ularni moliyaviy natijalarni aniqlash maqsadida 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga olib borish kerak:


    1. Download 31.32 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling