8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash Reja


Download 0.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/45
Sana19.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1620799
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 8-15-ma\'ruzalar



8-mavzu: Mashina va apparatlarning xavfsiz ishlashini ta’minlash 
Reja: 
1. Paxta va to„qimachilik sanoatida texnologik jarayonlarning jadallashishi
mashina qismlarining ish tezliklari, mashina va dastgohlarning ish 
unumdorligini oshishi, ularning xavfsizligini ham taqazo qilishi. 
2. Mashina va dastgohlarning xavfsizligini ta‟minlashni ularni loyihalash 
jarayonidan boshlab amalga oshirilishi. 
3. Birorta yangi mashina yoki dastgoh xavfsizligi ta‟minlanmagan bo„lsa, 
foydalanishga ruxsat berilmasligi. 
 
Mashina va dastgohlar xavfsizligini ta’minlashni ularni loyihalash 
jarayonida hisobga olinishi. Mehnat sharoitlarini yaxshilash, xavfsiz texnologik 
jarayonlarni, xavfsiz mashina va uskunalarni yaratish, paxta, to„qimachilik va 
yengil sanoat korxonalarini loyihalash davridayoq hisobga olinishi kerak. 
Loyihalash davrida yo„l qo„yilgan xatolarni ekspluatatsiya qilish davrida tuzatib 
bo„lmaydi. 
Paxta, to„qimachilik va yengil sanoati korxonalarida ishlatiladigan mashina 
va dastgohlarga qo„yiladigan asosiy talablar ularning ishchilar uchun xavfsizligi, 
pishiq va mustahkamligi hamda ishlatishning osonligi bilan belgilanadi. Ularning 
xavfsizligi standartlar tizimlari bilan belgilanadi. 
Mashina va dastgohlar xavfsizligini ta‟minlash uchun loyihalash jarayonida 
uning qanday ish bajarishini hisobga olgan holda, ish bajaruvchi qismlarini 
joylashtirishning ixcham usullarini topish, unga shakl berish va muxofaza qilish 
qurilmalarini joylashtirish bilan birga olib borish zarur. Dastgohga o„rnatilgan 
muxofaza vositalari uning asosiy qismi bilan uygunlashib ketishi kerak. Shuni 
hisobga olish kerakki, muxofaza vositalari iloji boricha ko„proq masalalarni 
yechishga xizmat qilsin. 
Masalan, mashina yoki dastgohga o„rnatilgan xavfsizlikni ta‟minlash 
qopqoqlari faqatgina xavfli joylar to„sig„i bo„lib qolmasdan, balki shovqinni 
kamaytiruvchi vosita bo„lib ham xizmat qilsin. Bunga misol tariqasida asboblarni 
charxlash qurilmasini ko„rsatish mumkin. Bunda charxning xavfsizligini 
ta‟minlovchi qurilma bir vaqtning o„zida shamol yordamida charx qirindilarini 
chiqarib yuborishga mo„ljallangan mahalliy shamollatish vazifasini ham bajaradi. 
Xavflilik darajasi yuqori bo„lgan jihozlar, masalan, bosim ostida 
ishlatiladigan 
qozonlar, 
kompressorlar, 
nasoslar 
va 
boshqalardan 
foydalanayotganda sanoatda xavfsizlikni ta‟minlash nazoratining maxsus 
talablarini bajarish shart. 


Ma‟lumki, sanoat korxonalaridagi mashina va dastgohlar elektr tokining 
asosiy iste‟molchilari hisoblanadi. Bu esa, ularning elektr toki ta‟sirini yo„qotuvchi 
elektr xavfsizligi masalalarini ham nazarda tutish kerakligini taqozo qiladi. 
Shuningdek, sex uchastkalarida o„rnatilgan dastgohlar elektromagnit to„lqinlari, 
radioaktiv moddalar ta‟sirida bo„lishi mumkin, albatta, bulardan saqlanish chora-
tadbirlari ko„rilishi o„z-o„zidan ma‟lum. Bu zararli va xavfli holatlarda havo 
muhitini zararlantiruvchi va ifloslovchi bug„lar, changlar va gazlarni hisobga olish 
kerak bo‟ladi. 
Mashina va dastgohlarning xavfsizligi ularga ishlatiladigan materiallarning 
mustahkamligiga ko„p jihatdan bog„liq bo„ladi. Shuning uchun ham bunday 
dastgohlarni tayyorlashda ularning ishchi organlariga ishlatiladigan material 
mustahkamligiga alohida ahamiyat beriladi. 
Chunki, dastgohlarning mustahkamligi ularni tashkil qilgan qismlar 
mustahkamligiga bog„liq bo„ladi. Masalan, har qanday mexanizmning 
mustahkamligini uning biriktiruvchi qismlarining mustahkamligisiz tasavvur qilib 
bo„lmaydi (masalan, gayka, bolt va boshqalar).
Bundan 
tashqari, 
dastgohlarning 
tashqi 
tomonidan 
zararlanib, 
mustahkamligini yo„qotib qo„yishi mumkin bo„lgan omillarni hisobga olish kerak 
(masalan, o„z vaqtida moylash, bo„yoq ko„chib ketishi natijasida zanglash va hok.). 

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling