8-mavzu: Matematik konkurs, bellashuvlar va mashg`ulotlarni tayyorlash va o‘tkazish metodikasi
Matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkiliy formalari
Download 18.38 Kb.
|
8-maruza
Matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkiliy formalari. Matematikadan sinfdan tashqari ish, aslida, sinfdagi mashg’ulotlarda vujudga keladi. Boshlang’ich sinf darsliklarida berilgan qiyin masalalar, aslini aytganda sinfdan tashqari mashg’ulotlarga doir mashqlardir. Ammo bu mashqlarning bir qismi sinfda hamma o’quvchilar oldida yechilishi mumkin va zarur (bu mashqlarni har bir o’quvchi yecha bilishi talab qilinmasa ham). Xuddi shu mashqlar yoki shularga o’xshash mashqlar sinfdagi va sinfdan tashqari ishlarning mazmun va formalarini bir-biriga bog’laydi.
O’quvchilar bilan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlar o’z nomi bilan uni hamma uchun majburiy bo’lgan darsdan tashqari vaqtda o’tkazilishini nazarda tutadi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy formalari: to’garak mashg’ulotlari, konkurslar, masalalar yechish, kechalar va yig’ilishlar, matematik devoriy gazetalar va hokazolardir. Boshlang’ich sinflarda o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlar kuchli ta’sir o’tkazuvchi pedagogik vosita ekanini aytmay o’tib bo’lmaydi. Bu vosita foyda keltirishi mumkin, ammo ishga e’tiborsiz qaraydigan o’qituvchining qo’lida bu ish o’quvchilarni matematika bilan shug’ullanishdan bezdirib, ularga qarshi ishga aylanishi va sog’liqlariga zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shu sababli har bir o’quvchini quyida berilgan mashqlarning hammasini yechishga majbur qilishning zarurati yo’q. Bolalar nechta masalani yecha olishsa, shuncha masalani yechishsin. Har bir o’quvchining va butun sinfning sekin-asta matematik jihatdan kamol topishiga shuning o’zi yetarlidir. «Kenguru» tanlovi oddiy matematik olimpiadalardan juda farq qiladi. Avstraliyalik matematik Piter Xollora uni 20 asrning 80-yillari boshlarida, eng oddiy maktab o‘quvchilariga matemetika qanchalik quvnoq va qiziqarli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish maqsadida yaratgan. Shu sababli tanlov dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlarida maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarning qalbini zabt etgan. Tanlovda ishtirok etish uchun matematikani mukammal bilish lozim emas. 2-11 sinfdagi har bir o‘quvchi tanlov ishtirokchisiga aylanishi mumkin. «Kenguru» tanlovi har bir ishtirokchiga kuch va bilimlarini sinab ko‘rish imkoniyatini beradi. Unda g‘oliblar va mag‘lublar yo‘q, aksincha bu yerda tanlovsevar, sarguzashtlarni intiqlik bilan kutadigan, noaniqlik va yangiliklarga tik qaraydigan va albatta umumjahon «Kenguru» birlashmasi muxlislari qatoriga qo‘shilishga tayyor yosh bilim egalari to‘planadilar. Tanlov topshiriqlariga kelsak, ular har bir o‘quvchi, hatto matematikani yoqtirmaydigan, hatto undan qo‘rqadigan kishi ham o‘zi uchun qiziqarli va qulay bo‘lgan savollarni topa olishiga mo‘ljallab tuzilgan. Ularni yechish uchun barcha formulalarni yoddan bilishdan ko‘ra, tasavvurga ega bo‘lish va fikrlay ola bilish qobiliyati muhimroq. Mazkur tanlovning asosiy maqsadi bolalarning matematikaga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish, ularning o‘z qobiliyatlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdir. Tanlov shiori – «Matematika hamma uchun!». Download 18.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling