8-mavzu Media kontent yaratish va undan foydalanish. Media matnlarni yaratish Reja


Download 24.34 Kb.
bet3/4
Sana08.11.2023
Hajmi24.34 Kb.
#1754839
1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu Media kontent yaratish va undan foydalanish. Media matnlarni yaratish

Amaliy topshiriqlar
1. vazifa. Rejissor X. Nasimovning yoshlar haqidagi «Tubanlik» filmini ko‘rib chiqing.

Filmni ko‘rib bo‘lgach o‘z guruxingizda quyidagi savollarga javob toping:


Ushbu film yoshlarning ongiga va shaxsiy “men”i shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
U qanday hissiyotlarni uyg‘otadi?
Ushbu film qanday qadriyatlarni ilgari suradi?
Filmda zo‘ravonlikning roli qanday?
Qaysi yoshdagi tomoshabinlar ongining ushbu filmni qabul qilishga tayyorligini e’tiborga olgan holda ko‘rishi mumkin?
Filmda qanday gender qoliplarni ko‘rish mumkin?

Film bo‘yicha fikr mulohazalar boshqa guruxlar bilan muhokama qilinadi.




2. vazifa. Yoshlar maqsadli auditoriya sifatida
Mashg‘ulot maqsadi: ishtirokchilarni medialar yoshlarga maqsadli auditoriya sifatida murojaat etganda qanday usullardan foydalanishni tushunishga o‘rgatish.
Davomiyligi: taxminan 30 daqiqa.
Materiallar: qog‘oz, ruchka, yoshlar uchun mo‘ljallangan jurnal va gazetalar, kitoblar, Internetga ulangan kompyuter. Ushbu topshiriqni multimedia qurilmalaridan foydalanmay ham bajarish mumkin.
“Kontentning maqsadli auditoriyasi, foydalanuvchilari, uni ishlab chiqaruvchi hamkorlar” matnini o‘qing. Tinglovchilarni bir necha guruhga ajrating.
Ularning birinchisi yoshlar jurnalini, ikkinchisi yoshlar uchun mo‘ljallangan teleko‘rsatuvni, uchinchisi yoshlarga mo‘ljallangan kitobni o‘rganadi.
Har bir guruhga quyidagi savollarga javoblarni muhokama qilish paytida tegishli qaydlarni yozib borish uchun kotib saylashni so‘rang:
– Siz o‘rgangan mahsulot yoshlarning qanday auditoriyasi uchun mo‘ljallangan?
– U (mediaresurs) o‘zini qanday namoyon etgan?
– Unda qanday mavzu ko‘tarilgan?
– U qanchalik qiziqarli va nima uchun?
– U yoshlarning qanday timsollarini yaratgan?
Turli guruhlarning natijalarini solishtiring. Jurnal, kitob va teleko‘rsatuvlar orqali yoshlarga murojaat qilishda o‘xshashlik bormi? Barcha ishtirokchilarni mavzu muhokamasiga jalb etish juda muhim. Chunki bunda alohida olingan ishtirokchilarning emas, balki guruhlarning ishiga baho beriladi.

Download 24.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling