Natijalarni 5 dan 1 gacha bo‘lgan shkalada baholash (5 eng yuqori baho) bo‘yicha tavsiyalar:
5: ishtirokchilar tavsiya etilgan mavzu yuzasidan jonli munozara olib bordi.
Munozara jarayonida ular tavsiya etilgan nashrning materiallarini faol tahlil qildi. Ular maqsadli auditoriya va OAV ishlab chiqaruvchilarining funksiya va rollarini yaxshi anglaydi, shu bilan birga medianing partisipativ tabiatini e’tiborga olishni o‘rganib oldi.
4: munozara jonli bo‘lib, bevosita mavzuga daxldor. Ishtirokchilar tavsiya etilgan nashrning materiallarini, maqsadli auditoriya va OAV ishlab chiqaruvchilarining funksiya va rollarini tahlil qildi, ammo medianing partisipativ tabiatiga kame’tibor qaratdi.
3: ishtirokchilar mavzuni yuzaki muhokama qildi. Ular tavsiya etilgan nashrni yuzaki tahlil qildi. Maqsadli auditoriya va OAV ishlab chiqaruvchilarining funksiya va rollarini yetarlicha tushuna olmadi. Medianing partisipativ tabiati haqida tasavvurlari to‘liq emas. Yoshlar hayotida medianing rolini muhokama qilish yuzaki.
2: munozara passiv tarzda o‘tdi, ishtirokchilar bahs mavzusini yaxshi tushunmadi.
Tavsiya etilgan nashr materiallari tahlili cheklangan. Muhokama natijalari yuzaki.
1: ishtirokchilar mavzuni deyarli muhokama qilmadi, topshiriqlarni bajarishda ishtirok etmadi, medianing yoshlar hayotidagi rolini anglamadi.
Nazorat savollari
1. Bugungi kunda yoshlar mediadan qay darajada foydalanmoqda?
2. Media va axborot savodxonligi mediakontentlarni yaratishdagi ahamiyati qanday?
3. Media bilan munosabat haqida fikringizni bayon qiling?
4. Mediasavoxonlikni shakllantirishda OAVning o‘rni qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |