1. Vaziyatga huquqiy baho bering


Download 23.01 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi23.01 Kb.
#1501130
  1   2   3
Bog'liq
msiy kazus


3-KAZUS
Arizachi “DRUZYA” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari D.Do‘stov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga ariza bilan murojaat qilib, arizasida Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G.Chaqqonovning 2023-yil 6-yanvar kunidagi “Soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha” qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. Arizachi “DRUZYA” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari D.Do‘stov sud majlisining joyi, kuni va vaqti to‘g‘risida tegishli tartibda xabardor qilingan bo‘lsada, sud majlisiga kelmadi va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rilishi to‘g‘risida arz qilmadi. Shuningdek, sud majlisi vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilingan javobgar Buxoro viloyat DSB vakili sud majlisida ishtirok etmadi va ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rish to‘g‘risida xabardor qilmadi. Sud ma’muriy ish hujjatlarini o‘rganib chiqib, hal qiluv qarorini qabul qildi hamda taraflarga hal qiluv qarorining nusxalarini jo‘natdi.
1.Vaziyatga huquqiy baho bering.
2.Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering.
3.Taraflarning sud majlisiga kelmaslik asoslari va oqibatlarini shaxsiy fikr va qonun hujjatlari asosida tahlil qiling.
4.Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini tayyorlang.
Javob:
Bizga berilgan ushbu muammoli vaziyatga huquqiy baho berishda O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Oliy sud plenum qarorlari va nazariy darsliklar asosida batafsil javob berib o’tamiz.
Birinchidan, bizga ma’lum bo’lgan yuqoridagi ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib beradigan bo’lsak. Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeksning 26-34-moddalarida sudga taalluqlilik va tegishlilik masalalari yoritib o’tilgan. Javob berishdan oldin sudga taalluqlilik va tegishlilik tushunchalarining o’zi nima ekanligiga to’xtalib o’tamiz. Sudga taalluqlilik bu- kodeksning 26-modasida keltirib o’tilganidek: Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno ekanligi qayd etib qo’yilgan. Ya’ni misol uchun aytadigan bo’lsak, biror bir fuqaroning ma’muriy huquq doirasidagi (ma’muriy javobgarlik emas) manfaatdor shaxsning huquq va manfaatlarini buzadigan ma’muriy organning chiqargan hujjati ustidan norozi bo’lib uni haqiqy emas deb toppish yoki qonunga xilof deb topishni so’rab murojaat qila oladi. Ma’muriy sudga taalluqli ishlar kodeksning 27-moddasiga asosan 7ta holat keltirib o’tilgan, shu holatlar va boshqa qonund belgilab qo’yilgan holatlar yuzasidangina ma’muriy sudga ariza shaklida murojaat qilishi mumkin. Ushbu protssesda faqatgina ma’muriy organ javobgar bo’ladi. Bizga berilgan holat yuzasidan ish ma’muriy sudga taalluqlimi degan svolga to’xtalib o’tadigan bo’lsak. Yuqorida aytib o’tganimidek ma’muriy organning chiqargan hujjati manfaatdor shaxs (adresat) va uchinchi shaxslarning huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan bo’lsa ariza shaklida murojaat qilishi mumkin. Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G.Chaqqonovning 2023-yil 6-yanvar kunidagi “Soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha” qarori Arizachi “DRUZYA” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari D.Do‘stovning huquq va manfaatlarini buzuvchi deb hisoblab ariza bilan murojaat qilgan. Ushbu vaziyat yuzasidan jamiyati rahbari D.Do‘stovning qilgan murojaati sudga taalluqli hisoblanadi. Chunki, Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeksning 27-moddasi, 1-qism, 2-bandiga asosan ya’ni: mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar ma’muriy sudlar tomonidan ko’rib chiqlishi belgilab qo’yilgan va ushbu vaziyat yuzasidan jamiyati rahbari D.Do‘stovning qilgan murojaati sudga taalluqli hisoblanadi. Endigi navbatda sudga tegishlilik maslasiga to’xtalib o’tadigan bo’lsak. Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeksning 28-moddasida sudag tegishlilik masalasi yoritib o’tilgan. Unga ko’ra, Sudga taalluqli ishlar tumanlararo ma’muriy sudlar tomonidan ko‘riladi, bundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar mustasno degan asosiy norma mavjud. Ya’ni, ma’muriy sudga adresat yoki uchinchi shaxslar tomonidan ariza bilan murojaat qilganda sudlovga tegishlilik qoidasi qo’llaniladi, qaysi sud instansiyasi tomonidan ko’rilishi desak adashmagan bo’lamiz. Yanada soddaroq qilib sudlovga tegishlilik tushunchasini ta’riflab o’tadigan bo’lsak, sudga ariza kelib tushganda agarda ariza ma’muriy sudga taalluqli bo’lsa qaysi sud instansiyasi tomonidan ko’rilishiga sudlovga tegishlilik tushunchasi ishlatiladi. Bizga berilgan keys yuzasidan sudlovga tegishlilik masalasiga to’xtalib o’tadigan bo’lsak. Jamiyati rahbari D.Do‘stov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga, Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G.Chaqqonovning 2023-yil 6-yanvar kunidagi “Soliq to‘lovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha” qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘rab ariza bilan murojaat qilganligi sudlovga tegishlilik qoidalariga zid hisoblanadi. Chunki jamiyat rahbari D.Do‘stov o’zining buzilgan huquq va manfaatlari yuzasidan dastlab o’zi yashab turgan tumanlararo ma’muriy sudga murojaat qilishi kerak edi. Chunki Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeksning 28-moddaning 2-qismi (Investitsiya nizolari bo‘yicha yirik investorning, raqobat to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha tomonlarning xohishiga ko‘ra ushbu toifadagi ishlar) 30-modda 1-qism 1va 2-bandiga oid ( 1.idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi; 2.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish haqidagi ishlar) O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1-instansiya sifatida sudlov hay’atida ko’rib chiqilishi mumkin. Bundan kelib chiqib shuni ayta olamizki, jamiyat rahbari D.Do‘stov o’zining buzilgan huquq va manfaatlari yuzasidan dastlab o’zi yashab turgan tumanlararo ma’muriy sudga murojaat qilishi kerak, Oliy sudga murojaat qilgani sudlovga tegishlilik tartibini buzgan.

Download 23.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling