Oliya instituti


Download 23.1 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi23.1 Kb.
#265509
Bog'liq
IMOMOV FIRDAVS 50K-2.docx YAKUNIY



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Toshkent moliya instituti
“Moliya” kafedrasi

“Moliya” fanidan


YAKUNIY NAZORAT

.

Bajardi: MM 50k-2 guruh talabasi

IMOMOV FIRDAVS ALISHER O’G’LI
10-variant


  1. Bozor indekslari va indekslash strategiyasi.

  2. Pensiya fondlari ˗ moliyaviy vositachi sifatida.

3.“Zamonaviy moliya” (fani)ni o’rganish sabablari

.
1. Bozor indekslari va indekslash strategiyasi
Qimmatli qogʼozlar kursini umumlashtirib koʼrsatishga imkon beruvchi

mezonning mavjudligi qoʼl keladigan koʼplab holatlar mavjud. Misol uchun,

aktsiyadorlarga investitsiyalarining joriy narxini baholab beradigan

indicator 196 yoki oʼz investitsiyalari rentabelligini baholash imkoniyatini

beradigan qandaydir etalon197iy kriteriy198 kerak boʼladi. 7.3.1-jadvalda

eng muhim milliy fond birjalarida muomalada boʼlgan, qimmatli qogʼozlar

uchun foydalaniladigan, odatda moliyaviy nashrlarda birinchi navbatda

eʼlon qilinadigan asosiy fond indekslari roʼyxati keltirilgan.

Investitsiya qilingan kapital daromadlilik dinamikasini maʼlum bir

birja (fond) indeksiga bogʼlash maqsadiga asoslangan investitsiya

strategiyasiga indeksatsiyalash deyiladi. Uning asosida quyidagi oddiy

haqiqat yotadi: birgalashib oʼz kapitalini qimmatli qogʼozlarga qoʼygan barcha

investorlar butun fond birjasi daromadliligidan koʼproq rentabellikka

erisha olmaydilar.

Indeksatsiyalash strategiyasini qoʼllagan holda, menejer oʼz investitsiya

fondida investitsiya tarkibiy tuzilmasini qayta tashkil etishga urinadi. Investorning xarajatlar darajasi nuqtai nazaridan indekslashtirish strategiyasining ustunligi (afzalligi). 1926 yildan buyon АQSh

fond bozori investorlar uchun investitsiya qilingan kapitalga yillik

oʼrtacha daromadlilikni 12% miqdorida taʼminlab kelmoqda. Biroq bu

raqamlar quyidagi koʼrinishda namoyon boʼladigan xarajatlarni hisobga

olmaydi:fond xarajatlari (fond boshqaruvchisiga toʼlov, fond toʼgʼrisida

axborot tarqatish uchun yigʼimlar va joriy xarajatlar);

qimmatli qogʼozlar portfeli bilan operatsiyalar boʼyicha xarajatlar

(amalga oshirilgan bitim uchun broker xizmatlari toʼlovi va boshqa

tijoriy xarajatlar).Keng tarqalgan aktsiyalarga mablagʼlarni qoʼygan fondda fondxarajatliligining oʼrtacha yillik koeffitsenti (fond xarajatlarining

investitsiyalar umumiy summasiga nisbati koʼrsatkichi) 1,4%ga teng.
2.Pensiya fondlari ˗ moliyaviy vositachi sifatida.

Pensiyani rejalashtirish dasturlarida (pensiya rejalarida) ishtirok

etish fuqaroning shaxsiy jamgʼarmasi va mamlakatda ijtimoiy taʼminot

dasturida koʼzda tutilgan pensiya imtiyozlari bilan bir qatorda pensiyaga

chiqqan odamga pensiyaga chiqishdan oldingi daromadlarni oʼrnini bosadigan

yangi daromad manbai boʼlib xizmat qiladi. Pensiyani rejalashtirish

dasturlari ish beruvchi, kasaba uyushmasi yoki xodimning oʼzi tomonidan

moliyalashtiriladi.

Pensiya dasturlari ikki turga boʼlinadi: belgilangan badallarga

asoslangan pensiya dasturi, yoki jamgʼarma (jamgʼariladigan, jamgʼarish)

pensiya dasturi (defined-contribution pension plan) va belgilangan imtiyozlarga

asoslangan pensiya dasturlari, yoki ragʼbatlantirish pensiya dasturi (definedbenefit pension plan). Jamgʼarma (jamgʼariladigan, jamgʼarish) pensiya dasturi boʼyicha xodim hisob raqamiga ega boʼlib, shu hisob raqamiga xodimning ish beruvchisi va, odatda, xodimning oʼzi muntazam ravishda badal toʼlab boradilar. Pensiyaga chiqqandan keyin xodim oʼz pensiya jamgʼarmasida toʼplagan mablagʼiga teng summaga ega boʼladi.

Ragʼbatlantirish pensiya dasturi xodimning pensiya imtiyozlari muayyan

formula asosida hamda ishlagan yillari sonini, shuningdek, koʼp hollarda

uning ish haqi yoki maoshini inobatga olgan holda belgilanadi. Eng odatiy

formulaga koʼra xodim ishlagan har bir yil uchun u pensiyaga chiqqan

davridagi oʼrtacha ish haqidan 1% hisoblanishi koʼzda tutilgan.

Belgilangan imtiyozlar asosida pensiya dasturini moliyalashtiradigan

tashkilot (pensiya dasturi xomiysi), yoki tashkilot yollagan sugʼurta

kompaniyasi oʼzini sugʼurta qilgan kishiga boʼlajak toʼlovlarni kafolatlaydi

va shu tariqa investitsion riskni butunlay istisno qiladi. Baʼzi

mamlakatlarda, masalan Germaniya, Yaponiya va АQShda homiylarning

qarilik nafaqasi toʼlanishi borasidagi kafolatlari maʼlum darajada

davlat va yarim davlat tashkilotlari tomonidan qoʼllab-quvvatlanadi.

3.“Zamonaviy moliya” (fani)ni o’rganish sabablari


Zamonaviy “Аmaliy moliya” – oʼziga xos ilmiy-amaliy fan. Unda,

afsuski, hanuzgacha amaliyotimizda yetarli darajada eʼtibor berib kelinmayotgan, qadriga yetilmayotgan vaqt va noaniqlik sharoitida defitsit28 pul

mablagʼlarining taqsimlanish masalalari oʼrganiladi. Bu oʼrinda, “vaqt” va

“noaniqlik sharoitida” deb nomlangan soʼz va soʼz birikmasiga jiddiy



eʼtibor berishingizni soʼraymiz. Аmaliy moliya ilmida bular shunchaki

soʼzlar yoki soʼz birikmalari emas. Аjablanarlisi shundaki, aynan ular shu

ilmning taqdiri va qadr-qimmatini belgilab beradi. Аslida faqat shugina

emas, balki har birimizning taqdirimiz va qadr-qimmatimizni belgilab

berishda vaqt va noaniqlik sharoiti hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Shu bois quyidagi savollarga eʼtibor bering: faoliyatimiz davomida

vaqt va noaniqlik sharoitini hisobga olayapmizmi? Ularning hisobga

olinish yoki hisobga olinmaslik darajalari qanday? Tegishli qarorlar, shu

jumladan, moliyaviy qarorlar qabul qilayotganimizda ham bu omillarga qay

darajada eʼtibor berayapmiz? Eʼtibor berayapmizmi oʼzi? Yoki ...? Ular

diqqat-markazimizda turibdimi? Yuqoridagi holatlarda aynan shu

omillarning yetarli darajada hisobga olinmayotganligi qanday natijalarga

olib kelmoqda? Ularning oqibati nima boʼlmoqda? Natijada “barmoq

tishlab”, oʼyga tolib qolmayapmizmi? Kech boʼlganligini, “poezd ketib

qolgan”ligini sezib, afsus-nadomat chekmayapmizmi? Аyrim hollarda “oyogʼi

kuygan tovuq”dek bezovta boʼlmayapmizmi? Boshimizni har toshga

urmayapmizmi? Hech narsani oʼzgartiraolmasa-da, oʼz-oʼzimizga “Qani endi ...?”

degan savolni qayta-qayta bermayapmizmi? Jumladan, ana shunday holatlarga tushmaslik uchun ham (tushishni istamasligimiz – aniq) “Аmaliy moliya” “sir”laridan ogoh boʼlmoq lozim.

Bizni yuqoridagi vaziyatlardan qutqarishga koʼmak beruvchi “Аmaliy

moliya” (fani) quyidagi uch analitik “ustun” ustida vujudga keladi:

vaqt omilini hisobga olgan holda (davrlar oʼrtasidagi muqobil

variantlar tahlili) pul mablagʼlaridan foydalanishni optimallashtirish (oqilonalashtirish); aktivlar qiymatini baholash;i portfelь nazariyasini ham oʼz ichiga oluvchi riskiy29 boshqaruv.

Yuqorida qayd etilganlarni, oʼziga xos tarzda, “Аmaliy moliya”ning

mustahkam poydevori deb ham atash mumkin. Bu har bir asosiy element

(“ustun”)larning yadrosi qator tub (fundamentalь) qonunlar va

printsiplardan iboratdirki, ular yuqoridagilarning har birida

qoʼllaniladi.
Download 23.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling