1. Vaziyatga huquqiy baho bering


Download 23.01 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi23.01 Kb.
#1501130
1   2   3
Bog'liq
msiy kazus

Ikkinchidan, Taraflarning sud majlisiga kelmaslik asoslari va oqibatlarini shaxsiy fikrimiz va qonun hujjatlari asosida tahlil qiladigan bo’lsak. Avvalambor ushbu vaziyatga huquqiy baho berishdan oldin sud majlisida ishtirok etadigan taraflar kimlar degan masalaga oydinlik kiritib olsak mubolag’a bo’lmaydi. Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeksning 40-moddasiga asosan taraflar kimlar bo’la olishi belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra, Arizachi va javobgar ma’muriy sud ishlarini yuritishdagi taraflardir, ular o‘zlarining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida talab taqdim etayotgan yoki manfaatlarini ko‘zlab talab taqdim etilgan fuqarolar va yuridik shaxslar arizachilardir, ariza (shikoyat) talabi qaratilgan ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari javobgarlardir, taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadi degan tushuncha mustahkamlab qo’yilgan. Ushbu vaziyatda arizachi ­- jamiyat rahbari D.Do‘stov, javobgar esa - Buxoro viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari G.Chaqqonov hisoblanadi. Endigi navbatda, taraflarning sud majlisiga kelmaslik asoslari va oqibatlari haqida batafsil to’xtalib o’tadigan bo’lsak. Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risidagi kodeksning 148-moddasida, ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikr, qo‘shimcha dalillar taqdim etilmaganligi, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudga kelmaganligi oqibatlari keltirib o’tilgan. Unga ko’ra, Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza (shikoyat) yuzasidan taqdim etishni taklif qilgan yozma fikr yoki qo‘shimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni mavjud materiallar bo‘yicha ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan arizachi sud majlisiga kelmasa, arizachining ishni uning yo‘qligida ko‘rish to‘g‘risidagi arizasi bo‘lgan taqdirda, arz qilingan talab uning yo‘qligida hal qilinishi mumkin.
Ish muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar, uchinchi shaxslar sud majlisiga kelmasa, ish ularning yo‘qligida ko‘rilishi mumkin. Yuqoridagi vaziyatda ikkala taraf ham arizachi (jamiyat rahbari D.Do‘stov) va javobgar (G.Chaqqonov) ham sud majlisiga kelmagan. Agarda sudga kelolmay qolganlik sababini ikkala taraf ham iltimosnoma shaklida kiritganda edi ishni ko’rish keying qoldirilar edi. Ushbu vaziyatda ikkala taraf ham sud tomonidan sud majlisi bo’lib o’tadigan kuni, joyi, vaqti, manzili haqida ogohlantirilganligiga qaramasdan sud majlisi bo’ladigan kun sudga kelmagan. Kodeksning 149-modda 1-qism 3-bandida sud muhokamasini keying qoldirish asoslari keltirib o’tilgan unga ko’ra, sud protsessi ishtirokchilaridan birortasi, agar sud ishni uning ishtirokisiz ko‘rish mumkin emas deb hisoblasa, kelmagan taqdirda sud ishni keying qoldirishi kerakligi belgilab qo’yilgan. Demak biz bundan bilishimiz mumkinki, agarda sud taraflar ishtirokini ish yuritish uchun lozim va taraflar kerak deb topsa sud ish yuritishi keying qoldirilishi va ish hujjatlarini o’rganib chiqib hal qiluv qarori qabul qilmasdan sud ish yurituvini keyinga qoldirishi kerak edi. Agarda sud tomonidan ushbu ma’muriy ish yuzasidan taraflat ishni ko’rib chiqishda ishtirok etishi lozim deb topmasa sudning o’zi tomonidan ko’rib chqilishi kerak.

Download 23.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling